Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Taqdir O'yini-Va Bank
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Pazanda - Sad Love
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Oppog'oy Zamonaviy talqinda-Белоснежка.2012 (soundtreck)
. Tabib-He yo Jin hikyo (soundtreck koreya)
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Kobuldagi fransuz restoranida terrorchi o‘zini portlatib yubordi

1 yanvar kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi Le Jardin nomli fransuzlar restorani oldida terrorchi-hudkush minib kelgan avtomobil portlashi tufayli 12 yoshli bola halok bo‘lib, 15 kishi jarohatlandi. CNN telekanali xabariga ko‘ra portlash tufayli restoran binosida yong‘in chiqqan.
Fox News telekanali esa portlashdan keyin otishma ovozlari eshitilganini aytgan.
Voqea joyiga huquq-tartibot organlari, o‘t o‘chirish xizmatlari va tibbiyot xodimlari yetib kelishgan. Shifokorlar jarohat olganlarni gospitallarga olib ketishgan.
Qayd etilishicha, bu restoran Afg‘onistondagi xorijliklar ko‘p to‘planadigan binolardan biri bo‘lib, u yerga mahalliy amaldorlar ham tez-tez tashrif buyurishadi.
Bu terakt uchun javobgarlikni "Tolibon" tashkiloti o‘z zimmasiga olgan. Bu tashkilot vakili Zabiullo Mujohid qancha xorijlik o‘ldirilgani haqidagi ma’lumotga egaligi haqida aytgan.
Mamlakat prezidenti Ashraf G‘ani bu teraktni qoralab chiqqan va uni "kechirib bo‘lmas harakat" sifatida baholagan.
2015 yilning dekabr oyi oxirida Kobuldagi aeroportda ham portlash amalga oshirilishi tufayli 1 kishi halok bo‘lgan va 33 kishi jarohatlangandi.
21 dekabr kuni AQShning Bag‘ramdagi aviabazasi yaqinida terrorchi o‘zini portlatishidan keyin 6 nafar amerikalik harbiy xizmatchi halok bo‘lgandi.
11 dekabr kuni jangarilar Kobuldagi Ispaniya elchixonasiga hujum qilishgan, bu hujumni bartaraf etish uchun bir necha soat davomida jang olib borilgandi. Bu hujum natijasida ispaniyalik zobitlardan biri va 5 nafar afg‘onistonlik harbiy halok bo‘lgan, jangarilarning yo‘qotishi esa 3 kishini tashkil etgandi.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4180 | Рейтинг: 1| Рейтинг: fransuz restorani, o‘zini portlatib yubordi, terrorchi, Kobul
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:06
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное