Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Turkiyadagi to‘ylardan birida 12-14 yoshli bola o‘zini portlatib yubordi

Turkiya prezident Rajab Toyip Erdo‘g‘an 20 avgust kuni to‘yda o‘zini portlatib yuborgan xudkush 12-14 yoshli bola ekanligini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.
Portlash shanba kuni kechqurun to‘y bo‘layotgan xonadonda yuz bergan. To‘yga kelgan mehmonlar ko‘chaga chiqqan vaqtda hudkush o‘zini portlatib yuborgan. 
Turkiya prezidentining ma’lum qilishicha, hozircha xudkush o‘zini portlatganmi yoki boshqa bir odam portlovchi qurilmani ishga solgani noma’lumligini bildirgan.
Portlash oqibatidan 51 kishi halok bo‘lgan, 69 kishi yaralangan (ularning ichida 17 kishi og‘ir ahvolda kasalxonada yotibdi). 
Polisiyachilar voqea joyidan xudkush kamarining parchasini topishgan.
Hozircha birorta terrorchilik guruhi teraktni o‘z bo‘yniga olgani yo‘q. Ammo Erdo‘g‘an bu teraktning ortida “Islom davlati” terrorchilik guruhi turganligiga ishonch bildirdi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4828 | Рейтинг: 0| Рейтинг: o‘zini portlatib yubordi, To‘y, Turkiyada, 14 yoshli bola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное