Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Taniqli xonandalardan biri uylandi





Xorazmlik taniqli xonandalardan biri, Sobirovlar sulolasining davomichisi Navro‘zbek Sobirov kecha, 19 sentabr kuni bo‘ydoqlik bilan xayrlashdi. Bu haqda xonanda Anvar Sobirov ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berdi.
 
Ma’lumotlarga qaraganda, to‘y Xorazmda bo‘lib o‘tgan. Sobirovning visol oqshomiga ayni damda Toshkentda ijod etib, istiqomat qilayotgan xorazmlik taniqli xonandalar – Anvar Sobirov, Feruza Jumaniyozova, Afsona tashrif buyurishgan. Bundan tashqari, xonandalar Ozoda Nursaidova va Shohruhxon ham Sobirovning to‘yida mehmon bo‘lishgan. To‘yga esa O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Og‘abek Sobirov bosh-qosh bo‘ldi.
 
Navro‘zbek Sobirovning qo‘shiqlari butun respublika bo‘ylab tarqalmagan yoki musiqiy telekanallarda kliplari dam-badam berib borilmasada, u Xorazmda juda mashhur. Xonandaning qo‘shiqlari 300dan ortgan. Darvoqe, u o‘tgan yili Urganchda ro‘y bergan mudhish voqea sabab ancha tilga tushgan edi. Gap shundaki, o‘tgan yili Urganchdagi “Yoshlar ko‘li” madaniyat va istirohat bog‘ida Navro‘zbek Sobirov konsert dasturini taqdim etgan. Tekin konsertga minglab muxlislar yig‘ilgan. Odamlar konsertni tomosha qilish uchun ko‘ldagi ko‘prik ustiga yopirilishgan. Oxir-oqibat ko‘prik panjaralari unga suyanib turgan odamlarning og‘irligini ko‘tarolmay payvandlangan joyidan ajralib ketgan. Natijada bir necha kishi jarohatlangan. 

 


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 12557 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Navro‘zbek Sobirov, To‘y, Anvar Sobirov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
aziz700 Navor sabirov, baxt tiliman, ijodlada omad, yaxshi xit qo'shiqlani kutib qalamiz To'yla Muborak))) :p
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:38
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное