Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Aktyor Akbarxo‘ja Rasulovning to‘yida Alisher Uzoqovni ko‘rishdi

Kun.uz manbasi o‘zbekistonlik taniqli yosh aktyor Akbarxo‘ja Rasulovning uylanayotgani haqida xabar qildi.
Saytga kuyovlik kiyimidagi Akbarxo‘ja Rasulovning yonida boshqa bir aktyor Alisher Uzoqov ham joy olgan surat ham kelib tushdi.
Qayd etish kerakki, o‘tgan haqtada ijtimoiy tarmoqlar orqali Alisher Uzoqovning vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Ma’lumot uchun, Akbarxo‘ja Rasulov 1986 yilning 28 sentyabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. U to‘rt farzand ichida kenja o‘g‘il hisoblanadi.
Dastlab, "Xo‘ja Nasriddin. O‘yin boshlandi" filmi (2006 y) orqali o‘zbek tomoshabini bilan yuzlashgan aktyor keyinchalik, "Yo‘qolgan odam", "Iblis devori", "Poyma-poy", "Kechikkan hayot", "Sevginator-2", "Hur qiz", "Jasur", "Afg‘on", "Xiyonat", "Jigarbandim", "Taqdirlar" kabi filmlardagi ishtiroki orqali mashhurlikka erishgan.
U shuningdek, rus va ukrain kinoijodkorlari tomonidan ishlangan filmlarda ham rollar ijro etib kelmoqda.


Manba:kun.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 16703 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: To‘y, aktyor, Akbarxo‘ja Rasulov, Alisher Uzoqov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
{PRINSSESA} Akbarxuja uylandilami fr
Baxtli buliwsin uy
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное