Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOK HABARLAR

To‘yga chiqayotganlarning lafzi qayda qoldi?

Artistlar va ayniqsa boshlovchilarning so‘nggi paytlar to‘y bilan bog‘liq lafzsizligi xaqida eshitmoqdamiz. Xammasiga sabab albatta “pul o‘lsin” masalasi.  
 -Tanishlar orqali gaplashilgan artist yoki boshlovchilarni albatta   narxini sal tushirib, moslashtirib o‘rtada turib aytamiz,  biroq oldindan yozdirib qo‘yilganiga qaramay va goxo “zaklad”ini xam olganiga qaramay  ishtirok etishi kerak bo‘lgan to‘ydan voz kechib, ayrim xollarda esa (naglo)  bemalol shartta “Xa o‘zingiz tushunasizku, sal ko‘proq beradigani chiqdi!” deb to‘ppa-to‘g‘ri tushuntirish xollari ko‘paymoqda. Aksariyat xollarda esa artistlar va boshlovchilarning birdaniga to‘ydan voz kechib “zaklad”ni qaytarishi zamirida aynan mana shu sabab yotadi. Albatta ko‘pchiligi boshqa baxona qiladiyu, aslida qimmatroq pul beradigani chiqsa, shartta undan avval va’da qilinganiga rad javobi berilmoqda-deb kuyunib gapiradi to‘yi ko‘p  va bu xolatdan ko‘p aziyat chekkan bir  xonanda.  
 Albatta bu borada  artist va boshlovchilarning tanlash xuquqi o‘zida, biroq lafzchi? O‘zingni tanishing oldidagi bu munosabatdan keyin san’at olamida rosti xam qanday yana do‘stlik bo‘lishi mumkin?
Bir-biri bilan   gaplashmaydigan xonanda  qizlarning ro‘yxati deyarli  xar mavsumda yangilanib turgan bir paytda erkak san’atkor va boshlovchilarda qanday unda  do‘stlik yo elementar munosabat bo‘larkin? Xurmatam bor buyoqda...
Qizlarniki-ku tushunarli “didi-didi” va “man qandoki”, “mandan qaytarvotti” mavzusi sabab bo‘lsa erkaklarda lafz yo‘qolishiga pul sabab bo‘lmoqda.
Boshqa tarafdan va eng asosiysi - to‘y qilayotganlar niyat qilgani xisobga olinmay, ularning istagi lavfsizlik qurboni bo‘lmoqda.  
 To‘yga kelishidan avval artistlar “zaklad” olgach, mabodo to‘y egalari fikrini o‘zgartirsa, “zaklad” kuygan xisoblanishini artistlar aytishadi.  Yoki to‘y kuni xattoki o‘sha “zaklad”i birrovga kelishiga to‘langan artistga navbat tegishida murakkab xolatlar bo‘lganida ayrim burnini uchida g‘azabi bo‘lgan  artistlar “Mana keldimmi? Keldim! Navbat yo‘q, men shoshyapman, uzr!” deb ketib qolish xolatlari xam yo‘q emas. Juda kam ammo bor xolatlar. Va bunda oldindan berilgan “zaklad” xam kuydi deb turib olisharkan. To‘y qilayotgan va pulga kuyayogan (shundoq xam to‘y tashvishlari bilan mingta muammodagi)  to‘y egalari artist ketidan yugurib yalinib, yolvorib qaytarish payida sarson bo‘lmoqda.  
Shuning uchun xurmatli to‘y qilayotganlar! To‘yingizga artist yoki boshlovchilarni taklif qilayotganingizda, oldindan “zaklad” berayotgan payti “Mabodo to‘yga biron sababdan kela olmasang , yoki pulni olib bo‘lib birozdan keyin  rad javobini bersang “zaklad”ni ikki barobar qaytarasan!” degan shartini qo‘ying.
O‘sha birrovga kelganida navbat talashish muammosi xam o‘zingda, etildingmi xizmatingni qilasanu ketasan, mabodo ketib qolsang “zaklad”ni ikki baravar to‘laysan-deb OLDINDAN kelishib oling!
Umuman, “zaklad”ni o‘zi to‘yga kelib, xizmat qilib ketganidan keyin berilsa xam bo‘lardi. Ja oshvotti bo‘lmasa ko‘pchiligi.  
Lafz xaqidagi maqolaning xullasi:  
Pul keladi, ketadi, Xudo xammani rizqini beradi, biroq ayni shu kamida xislati bordir? Ikki yo‘l tanlovi xikmati yodingizdadir?
Ko‘pi xamisha ko‘p, semirgan xam tezroq ozay deb xarakatga tushadi mana shu real ko‘rinishdagi nuqson xam ibratdir deyman-da!
Artistmi boshqami xammamiza odammizayu...
Pul o‘lsin...lafzchi? Bu narsa soxada emas xamma insonlarda bo‘lishi kerak bo‘lgan narsaku.  
Lafzi xalolning puli xam, oshi  xam xalol bo‘lsa kerak.
Manba:sayyod.com


Категория: SHOK HABARLAR
Просмотров: 14736 | Комментарии: 6 | Рейтинг: 1| Рейтинг: To‘y, Artist, sanatkor, boshlovchi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 6
Santaklavus Бу ерда у артисиларни айби ёк айб отасини пулига керилиб юрганларда улар пулни каердан келаётганидан бехабар холда узларича МЕН ТУЙИМГА пАЛОЧИНИ пАЛОНЧИ ДОЛЛАРГА ГАпЛАШДИМ ВА РАЛОНЧИ РЕСАРАНДА БУЛАДИ деб узларини узлари ейябди. буни курганлар У КИЛГАН НАРСАНИ МЕН УНДАН ХАМ ЯХШИ КИЛАМАН деб борини тикишябди.
Like | 0
adef Tog‘ri
Like | 0
Download o'zbelada 1 to'y qlish yildan yilga qiyinlashb ketvoti. Kamida 10 yil yg'insh kere qiz chqarish uchun! Yana ertasiga qarzgayam botb ketadi kamiga
Like | 0
2393bell 4000 mi 400mi
Like | 0
azizbek_turxonov tuppa tug'ri masalan jasur umirov 1ta tuyga 4000 dollarga kelyapti
Like | 0
Damir_95_ Tori
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:30
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное