Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qish Sanatasi - Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Efir Sirlari - Soundtrack
. IRIS-soundtreck [New 2012]
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 2
. TisMarHan-soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
. So'nmas Sevgi - I Love You [soundtreck]
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Ko'sem - Beautiful (Turk serial)
. Dengiz hukumdori - Offical soundtreck
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Bolajonlar uchun yangi yil tomoshalari: qachon, qaerda va qanchadan?


Qish fasli kirib kelishi bilan Yangi yil bayramiga taraddudboshlanadi. Bu bayram ayniqsa bolalar uchun alohida ahamiyatga ega. Ota-onalar esa ta’tilga chiqqan bolajonlariga bayramona kayfiyat bag‘ishlash uchun ularni turli bayram tomoshalariga olib borishni istashadi. Ushbu sahifamiz aynan shunday ota-onalar va bolalar uchun qo‘llanma bo‘lsa ajabmas. Quyida poytaxtda tashkillashtirilayotgan ayrim bayram tomoshalari bilan tanishishingiz mumkin.

BOLALAR UChUN YaNGI ASAR

Spektakl 25 dekabrdan 10 yanvarga qadarnamoyish etiladi

O‘zbek Milliy akademik drama teatri ijodiy jamoasi uzoq yillardan buyon aynan Yangi yil bayrami uchun bolalar spektakli sahnalashtirib kelishadi...

Bu yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Abudullaev boshchiligidagi aktyorlar jamoasi bayram arafasida bolalar uchun “Kuch adolatda” spektaktlini sahnalashtirishmoqda.

Farhod Abdullaev: — Bayramga bag‘ishlab sahnalashtirilayotgan ushbu asarni Birinchi Prezidentimiz — Islom Karimovga bag‘ishladim. Ular yozgan kitoblarda va xalqimiz bilan bo‘lgan ko‘pgina uchrashuvlarda, haqiqiy kuch adolatda ekanini qayta-qayta ta’kidlaganlar. Shuning uchun men haqiqatdan ham “Kuch — adolat”da ekanini bolalarga voqealar davomida isbotamoqchiman.

Vaqti: 10:00, 12:00, 14:00

Chipta narxi: 10 000 so‘mdan 12 000 so‘mgacha.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: (0371) 244 17 51.

 

BIR VARAKAYIGA UCh TOMOShA

Tomoshalar 22 - 30 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston musiqali komediya (operetta) teatrining ijodiy jamoasi bolajonlarga “O‘yin tugadi” musiqiy hikoyasi, “Yangi yil nuri” retro konsert hamda “Salom, Yangi yil” musiqiy chiqishini taqdim etadi.

“O‘yin tugadi” (60 daqiqa)

Yangi yil arafasida Aziz va Yulduzning kompyuter o‘yinlari virtual maydoniga kirish istagi paydo bo‘ladi. Ammo unday olam mehmoni bo‘lgachu yerdagi to‘siqlarini ko‘rib, yaxshisi — yaqinlari bilan yangi yilni kutib olish ekanligini tushunib yetishadi.

AKTYoRLAR VA IJRO ETUVChILAR:

Aziz – S.Xalimov, I.Baronin, S.Saliev

Yulduz – M.Vostreykina, F. Safarova

Muz Maidan – V.Rudzinskaya, Z.Tupikova

Vitcher – B.Usmonov, N. Hanov

Altair – F.Safarov, B.Cho‘liev, D.To‘xtanazarov

Lara – D.Soerzdanova, N.Baratova

Chayonlar – A.Shayakubov, N.Nurmonov

Mario – S.Saliev, M.Volanskiy, S.Nurushev

San’atkorlarning epizodlari va raqs sahnalarida xor va balet teatri ishtirok etadi.

Vaqti: 11:00, 13:00, 15:00

 

“Yangi yil nuri” retro konsert (1 soat 30 daqiqa)

Ushbu konsert esa bolajonlarning mazza qilib raqs tushishlari va birgalikda qo‘shiq kuylashlariga imkon yaratadi.

“Salom, yangi yil” Yangi yil arenasida musiqiy chiqish (45 daqiqa)

Koschey bayramni buzish va barcha sovg‘alarni olish uchun qaror qabul qiladi. Qorqiz va ota Frost Koscheyga o‘z rejalarini bajarishga va uni to‘g‘ri yo‘naltirishga imkon bermaydi. Va uni dumaloq raqslar olib boradigan bayramga chaqiradi. U yangi yil qo‘shiqlarini kuylaydi va chiroqlar bilan nurni yoritadi. Bu tomoshalarning barchasibolalar yordam amalga oshiriladi.

AKTYoRLAR VA IJROChILAR:

Santa Klaus – M.Repezov, T.Mustafin

Qorqizbarbosh – Z.Hamdamova, D.Urunova

Koschey – A.Nuritdinov, M.Buxarova, T.Karimov

Raven – N.Egamberdiev, I.Aligonov

Chipta narxi – 18000 dan 30000 minggacha sotilmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 273-85-91, (71) 273-85-29

 

MING BIR KEChA

Tomoshalar 2018 yilning 25 dekabridan 2019 yilning 10 yanvarigacha bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston davlat drama teatri ham bolajonlarni xursand qilish niyatida. Teatr jamoasi “Ming bir kecha” musiqiy ertak tomoshasini aynan siz uchun tuhfa qilishadi.

Vaqti: 12:00, 14:00

Chipta narxi: 15000 dan 20000 minggacha

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 244-11-70, (94) 666-51-08

 

YaNGI YIL MO‘JIZALARI

Tomosha 2018 yilning 25 dekabridan boshlanib 2019 yilning 10 yanvarigacha davom etadi.

O‘zbekiston Davlat qo‘g‘irchoq teatrida ham ajoyib tantana o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bayram dasturi 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolajonlarga mo‘ljallangan. Toshosha ikki tilda — rus va o‘zbek tillarida ko‘rsatiladi.

Ma’lumot o‘rnida:

Kunning toq kunlari o‘zbekcha, qolgan juft kunlari esa ruscha taqdim etiladi.

Vaqti: 10:00, 12:00

Chipta narxi: 10000 so‘m.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 256-73-95

 

BAYRAMONA “KVEST”

Bayram 21 dekabrdan 10 yanvarigacha bo‘lib o‘tadi

Poytaxtimizning Amir Temur ko‘chasida joylashgan Toshkent Politexnika muzeyi bolajonlar uchun ajoyib tomosha uyushtirmoqda. Bayram davomida yayrab dam olishadi va aql charhlaydigan o‘yinlardan bahramand bo‘lish mumkin.

Bayram “kvest”ida 4 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar qatnashish imkoniyatiga ega.Kvest shartiga ko‘ra bolajonlar 2018 va 2019 raqamlarini izlashadi so‘ng turli hil aqlni charhlovchi savol-javoblarda qatnashadilar. Bayramda multifilm qahramonlari ham ishtirok etadilar va yangi yilni dastur rejasiga ko‘ra qutqarishga harakat qilishadi.

Tomosha vaqti: 12:00, 14:00

Chipta narxi: 25000 (sovg‘asiz), 200 ming so‘m (sovg‘ali)

3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kirish bepul. Ular uchun bolalr maydonchasida qiziqarli bayramona dasturlar o‘tkaziladi.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 232-34-30

 

“YaNGI YIL QO‘ShIQLARI”

Tomoshalar 27-30 dekabr, 2 -3 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi

Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bog‘i tashkilotchilari bolalarning qishki ta’til kunlarini maroqli o‘tkazish maqsadida, bog‘ning kichik sahnasida bayram dasturini sahnalashtirishni rejalashtirishgan...

Bir soat davom etadigan teatrlashtirilgan “Yangi yil qo‘shiqlari” konsert dasturida O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasining “Bulbulcha” bolalar ashula va raqs ansanbli hamda Respublika Yosh tomoshabinlar teatri aktyorlari ishtirok etadi.

Vaqti: 10:00, 12:30, 15:00 da bo‘lib o‘tadi.

Chipta narxi: 10 000 dan 15 000 so‘mgacha istirohat bog‘i kassalarida sotilmoqda.

Darvoqe, 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun kirish bepul.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (+99893) 588-26-08



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3998 | Рейтинг: 0| Рейтинг: qachon, qaerda, yangi yil, qancha, tomoshalar, Bolajon, Uchun
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 13:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное