Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“MY5” ijodkorlari yangi yil dasturi sirlarini oshkor qilishdi

Ikki kundan beri davom etayotgan yangi yil dasturi tasvirga olish jarayonlari “Mening yurtim” telekanali ijodkorlarini yanada ilhomlantirmoqda. darakchi muxbirlari garchi kecha fotoreportaj jarayonida yangi yil dasturining asosiy maqsadi haqida ma’lumot ololmagan bo‘lsa-da, bugun bunga erishdi.
Dastur rejisseri B.To‘raxonov hamda S.Sagadeyevalarning so‘zlariga ko‘ra, yangi yil dasturini suratga olishda har bir chiqish ikki nafar san’atkordan iborat bo‘ladi va ular san’atsevar xalqimiz ko‘nglidan joy egallagan retro qo‘shiqlarni ijro etishadi. Telekanal ijodiy guruhining bundan ko‘zlagan asosiy maqsadi – san’atimiz darg‘alari hamda yosh ijodkorlarni birlashtirish, ular orqali sevimli qo‘shiqlarni yana bir marta yodga olishdir.

Kuzatib boring!
1. Shahzoda va DI Piligrimning birgalikda sahnaga chiqishi yoshlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Ular maza qilib raqsga tushishdi.


2. O‘zbekiston xalq artisti Zulayhon Boyxonova va "Eldido" guruhi yigitlari bayram ishtirokchilarini hayron qoldirishdi.


3. Munisa Rizayeva hamda O‘zbekiston xalq artisti Mahmud Namozovlar ajoyib juftlik ekanliklari namoyon bo‘ldi.

4. "Ishonma": Dildora Niyozova hamda Alisher Ro‘zmetovlar kimga ishonmasliklarini ma’lum qilishdi.

5. Ilhom Farmonov va Jahongir Poziljonovlar sahnaga chiqish oldidan.

6. Oilaviy jutflik - Sharof Muqimov hamda Sevinch Mo‘minovalar sahnada yana bir marta bir-birlariga sevgi izhor qilishdi.

7. Umida Mirhamidova va Ziyoda.

Hali bu hammasi emas, aynan bizning saytda san’atimiz yulduzlarining tabriklari bilan doimiy ravishda tanishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 11550 | Рейтинг: 0| Рейтинг: NTT, yangi yil, Mening Yurtim, MY5
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 06:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное