Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. Qo'rqmas - soundtreck (music)
. Yoz Ifori - Soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Pazanda - The Sound of Love
. Saroy Javohiri-Soundtreck4
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck3
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Pazanda - Did You Forget (Soundtrack)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Kuz ertagi-Piano [soundtreck]
. Sevgi Iztirobi - Silinmi Hatralar
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Yulduzlar “MY5" haqida nima deydi

2014 yil 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan VI Ijtimoiy media-mahsulotlar milliy festivali yakunida 2014 yilning 12 noyabrida texnik sinov efirini boshlagan “Mening Yurtim” - “MY5" telekanalining keyingi 90 kun davomida efirga uzatilishi rejalashtirilgan dasturlar jadvali loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Sinov efirining ikkinchi bosqichida “Ozod yurt to‘lqinlari” MChJ muassislari qaroriga ko‘ra, teletomoshabinlarning media-kontent haqidagi fikr-mulohazalari hamda takliflari o‘rganilishi mo‘jallangan bo‘lib, ular asosida telekanal dasturlar jadvali shakllantirilishi ma’lum qilindi.

Taqdimotda ishtirok etgan xalqimizning sevimli san’atkorlari hamda o‘zbek estradasi yulduzlari yangi telekanal haqida quyidagi fikrlarni bildirishdi.

Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston xalq artisti – Men shaxsan o‘zim hamda barcha san’atkorlar nomidan “Mening yurtim” telekanali ijodkorlarini chin qalbimizdan tabriklaymiz. Sizlarga baland, bardavom parvozlar tilaymiz. Hamisha biz sizlar bilan birgamiz.
Gulchehra Sa’dullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist – Telekanalning sinov efirlarini kuzatdim va juda xursand bo‘ldim. Yangi nodavlat telekanalning ochilishi bilan barcha o‘zbek xalqini, barcha muxlislarni tabriklayman. Bu kanal menga tomoshabin sifatida juda ma’qul keldi. Bekorga “Mennig yurtim” deb nomlanmagan. Mening yurtim zamirida bizning yurtchalik go‘zal, jannatmakon maskan yo‘q degan ma’no bo‘lsa kerak. Kanal nomidagi beshga kelsak, hamma ishlar besh bo‘ladigan degan ma’noni bildiradi. Va bu kanal yetti yoshdan yetmish yoshgacha muxlislarga ma’qul bo‘ladi va umri uzoq bo‘ladi degan umiddaman. Chunki men bir muxlis sifatida bu kanalga besh ketdik.
Lutfulla Sa’dullaev, O‘zbekiston xalq artisti – “Mening yurtim” – men mana shu kanaldan umidim juda katta. Bu kanal uchun mening ham kelajakda o‘z rejalarim bor. Chunki Prezidentimiz bekorga 2015 yilni “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilmadilar. Men hali o‘zimni qari deb hisoblamayman, qachonki saksonga kirsam, shunday deyishim mumkin. Shuning uchun men bu kanaldan ko‘p narsa kutyapman. Va o‘sha kutayotgan narsalarimning hammasi bo‘ladi. Bu kanalning qariyb sakson foizini men taniyman, bilaman va ijodda uchrashganman. Shuning uchun ham bu kanal ijodklariga, rahbariyatdan tortib, to texnik xodimlargacha omad tilayman. Yuzlari yorug‘ bo‘lsin. Mamlakatimizning 30 millionlik aholisining sevimli kanaliga aylansin.
Mahmud Namozov, O‘zbekiston xalq artisti – Men bugungi kunda ommaviy axborot vositalariga davlatimiz tomonidan juda katta e’tibor qaratilayotganidan juda xursandman. Mana bir oy bo‘libdiki, sinov efiri bo‘layotgna bo‘lsa ham, yetti yoshdan yetmish yoshgacha qatlamni egallab oldi deb o‘ylayman. Mana shunaqa yaxshi bir kanal ochilganidan juda xursandman. Bu kanal bir oy davomida shunchalik ko‘p muxlislarga ega bo‘ldi va keyingi yillarda bundan ham ko‘proq muxlis orttirishiga ishonaman. Yana bir mana shunday rang-barang, xalqimizning kayfiyatini ko‘taradigan, ularga yoqadigan dasturlar tayyorlaydi deb ishonaman. 
Rayhon G‘aniyev, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist – Avvalo, sizlarni yangi telekanal ochilishi, yangi qadam bilan samimiy muborakbod etaman. Biz – barcha xonandalar to‘g‘risini aytish kerakki, intiqlik bilan kutdik, chunki mamlakatda yana bitta o‘z san’atimizni ko‘rsatish imkoniyatini beradigan kanalning paydo bo‘lishi juda muhim. Telekanal tashkilotchilariga rahmat aytaman. Albatta, yuqori sifatli musiqiy mahsulotlar hamda dasturlarni ko‘rishni istaymiz va men o‘ylaymanki, kanal auditoriyasi borgan sayin ortib boraveradi.
Manzura, xonanda – Aytish kerakki, ushbu telekanalning ochilishini biz, xonandalar uzoq kutdik. Sinov efiri davomida efirga uzatilgan ijtimoiy roliklar, musiqiy chiqishlar juda yuqori saviyada edi.


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 9968 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Mening Yurtim, Yulduzlar, MY5
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Sabrina1880 Salom. MY5 kanali bizada yuqku
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 00:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное