Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

"To‘yxonalardagi videolar"...klipmi?

Dam olish kuni sabab bo‘ldi-yu, “Navo”ni tomosha qilishga vaqt topildi.
Kliplar... Asosan eski kliplar namoyish etildi. Aksariyati restoranlarning yaltiroq devorlari oldida qaqqayib og‘iz qimirlayotgan yulduzlar. Bularni klip emas, havaskor videochilarning ishi desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Tomoshabinlarga nimani ravo ko‘rishyapti? Artist zotini shundoq ham to‘y-hashamlarda, restoranlarda omma ko‘ryapti. Kliplar rivojlanmayapti. Negadir... shunday! Yomg‘irdan keyin zap bolalaydigan qo‘ziqorindek “paydo” bo‘layotganlar klip yarataman deb joni halak. Omadli chiqib qolayotganlari ham yo‘q emas. Biroq, yoshlar yaxshi klip yaratish bobida qaysi “katta” xonandadan o‘rnak olsin? Xalq artistlari klipda yangilik yaratish bobida ancha orqada bo‘lsa... Birovning cho‘ntagiga boqish emas-u, “birrov”ining narxi falon bo‘lib, tirikchiligi ancha ildamlagan san’atkorlar yangi klip yaratishni unutib qo‘ygandek... San’at uchun qayg‘urayotgan kim bor? Auuuu?
Tohir Usmonov degan yigitning klipi. Qo‘shiq muhabbat haqida. Klip bog‘cha bolalari uchun yaratilganmikan deb o‘ylab qoldim. Bir gala aktyorlar o‘ziga yarashmagan bachkana qiliqlar bilan videoni to‘ldirgan. Xonanda esa Elvis Presli imijida paydo bo‘ladi. Qo‘shiq matnidan nima kuylanyapti-yu, klipda qanday bo‘lmag‘ur lavhalar... Ustoz ko‘rmagan kuychidan bunday chala klip kutish tayin. Biroq, kulgu bo‘lish shartmi?
Navbatda Malika Egamberdiyevning klipi. Qaysidir to‘yxona. Mimikalarga burkanib, qo‘shiq kuylaydi, Malika. Bu qadar o‘xshamasa, Gulsanamga?! Qarindoshi, genidan o‘tgan-da, desak, bu noto‘g‘ri. Erta-yu kech Mamzoitovaning yonida yurganidan keyin mimikalar istasa-istamasa o‘tib qoladi desak, u ham haqiqatdan uzoq. Demak, shu qadar havaskorlikdan taqlid shakllangan. Sarson Egamberdiyev qachon o‘zini topadi? Ovozi, qiliqlari, soch turmagi, kiyinishi... Gulsanamni eslatadigan bu qo‘shiqchi asl san’atkor turganida, soxtasiga u qadar  e’tibor bo‘lmasligini anglab yetarmikan?
Shahlo Rustamova “paydo” bo‘ldi. Yana qaysidir bir restoran. Bir guruh raqqosa qizlarni xorazmchaga o‘ynatib, o‘zi ham xorazm milliy libosida qo‘shiq kuylaydi. Hamma o‘ziga yarashgan qo‘shiqni tanlasa-da! Nimalardir deb kuylashga intildi, u. Qani, xorazm lahjasining totli nolalari? Klip emas bu! Klipga yaqiniga yo‘lamaydigan nimadir bu!
Malika taqlid qiladigan “asl” qiyofa Gulsanamning yangi klipi. Tan olish kerak, rejissyor g‘oyasi butun. Klip falsafiylikni mujassam etgan. Klipdan bir suratni telefon orqali ushlab, ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdim. Kamina qatori uyida “Navo”ni kuzatayotgan bir tomoshabin o‘z fikrini tezda bildirishga ulgurdi. Uning fikricha, klip-ku yaxshi, biroq, bu mashhur qo‘shiqni xonanda remiks qilib, buzib aytgani chakki bo‘libdi!
Navbat Ozodbekka. Yana bir to‘yxona. 5 ta musiqachi, Yulduz Usmonova “Sharob” qo‘shig‘iga betakror raqs tushib, omma orasida nom qozongan Iroda “tovus” va yaltiroq naqshli devor oldida og‘iz ochayotgan Nazarbekov. To‘g‘ri, bu qo‘shiqchining pozitiv tomonlari ancha. O‘zbek milliy san’ati rivojidagi mehnatlarini uzoq gapirish mumkin. Biroq, “karvonboshi” san’atkorning klip yaratish borasida ancha uzoqda qolib ketgani achinarli. Nazarbekovning ijodini bundoq kuzatsa, “Meni kuchliroq sev”dek kuchli klipi boshqa yo‘q. Gonorari eng qimmat sanaladiganlardan biri bo‘lmish bu xonanda nega mukammal klip olishni istamaydi yo moliyaviy tomondan qiynalyapmikan? Nega u bu borada yoshlarga o‘rnak bo‘lolmaydi? Vaqt muammo desak, vaqti hammadan ko‘ra tig‘izroq Usmonova kliplari oynai jahon ko‘rmasa-da, “bo‘ladigan”, mazmunli kliplar yaratishda anchayin faol. Nazarbekovning Usmonova bilan yaqin do‘stligini (so‘nggi paytda) inobatga olsak, kliplar yaratish masalasida ham bir maslahatlashib ko‘rsa, maqsadga muvofiq bo‘larmidi?   
“Navo” bir rukn ochsa bo‘larkan. “To‘yxonadagi videolar”.  Klipda mohiyat bo‘ladi. Tomoshabinga zavq ulashadigan lavhalar bo‘ladi. Video esa bunday vazifadan xoli. Zekrikkanda yo “xo‘jako‘rsin”ga qilingan ishlarni klip deyish mumkinmi?
Asab buzilib, internet titkilashga tushdim. Shu mahalda ijtimoiy tarmoqlarda Yulduz Usmonovaning manti pishirayotgan surati paydo bo‘ldi. Ana uncha-muncha klipdan ortiqroq shov-shuvli surat. Goho, nomiga ishlangan video-ishdan ko‘ra, qo‘shiqqa moslab, qiziqarli fotosuratlarni ketma-ket terib qo‘ygan ham afzal.
A, labbay?
Jasur HAMROYEV (shov-shuv.uz nashri)


Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8944 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Yulduzlar, Navo, Shou-biznes
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
ahmadjon98 admin gapizga qöwulaman . Atak yow havaskorlaram zb qildi jipi jipi klipi bn bunaqalar umuman uzbedi klip saviyasini tuwirvoradi
Like | 0
L@dy hmmm ula zerikkanda ko'riwgayam arzimidiii Badiiy kengawdan bekinib o'tiwvottimi??
Like | 0
laylo_9359152 khe kheeeeeeeeee
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:53
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное