Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

"Navo" telekanalida "Premyera" narxlari ma'lum bo'ldi


O'zMTRK qoshida ish faoliyatini boshlaganiga hali ko'p bo'lmagan musiqiy "Navo" telekanali ochilganidan albatta bohabarsiz. Ushbu telekanal o'z yo'nalishiga monand musiqiy dasturlarni o'z efirida yoritib kelmoqda edi. Yangi yilga qadar aynan shu kanalda barcha litsenziyasi mavjud xonanda va guruhlar uchun bepul kliplarni aylantirish (promo) yo'lga qo'yilgan edi. Bugun yangi yildan telekanalda o'z kliplarini aylantirishni niyat qilgan ijodkorlar uchun narx-navo e'lon qilindi. Demak, tonggi 7:00 dan 16:30ga qadar bo'lgan vaqt oralig'ida klip joylashtirish narxi 55$, 16:30dan 24:00ga qadar vaqt oralig'ida esa 110$ (AQSh dollari, Markaziy bankning to'lov amalga oshirilayotgan kundagi kursi bo'yicha) ni tashkil qilmoqda. E'tiborli tomoni, xonandalar bir kunda bir necha marotaba aynan bir klipni aylantira olishmaydi. Bu yo'l bilan telekanal takrorlanish va bir-hillikdan qochishga harakat qilmoqda. Demak, yangi 2014-yildan Navo telekanalida biz ko'plab o'zgarishlar guhohiga aylanishimiz mumkin bo'ladi.

Manba:muz.uz



Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 4355 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Navo, O'zMTRK, Navo telekanali
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное