Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Sharmandalik! Abituriyentlarning yarmidan ko‘pi o‘tish ballini yig‘olmagani ma’lum bo‘ldi


Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarida o‘qish uchun imtihon topshirgan abituriyentlarning yarmidan ortig‘i o‘tish balining eng quyi chegarasi – 56 ballni to‘play olmagan.

DTM e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda 1 073 821 nafar abituriyent imtihonda qatnashgan. Shundan 51,2 foizi yoki 550 102 nafari 56,7 balldan kam ball to‘plagan. 48,8 foizi – 523 719 nafari eng kam balldan yuqori ball yig‘gan.


Qayd etish kerakki, o‘tgan yili o‘qishga hujjat topshirgan abituriyentlarning 36 foizi 56,7 ball ham to‘play olmagandi. Bu yil salbiy ko‘rsatkich sezilarli oshgan.Joriy yilda eng yomon ko‘rsatkich Toshkent viloyati hissasiga – 55,9 foiz to‘g‘ri kelgan. Eng yaxshisi Toshkent shahrida qayd etilgan – 45,2 foiz. Jami 9 ta hududda 50 foizdan ko‘p abituriyentlar minimum – 56,7 ball to‘play olmagan. 5 ta hudud – Samarqand, Xorazm, Farg‘ona, Buxoro viloyatlari va Toshkent shahrida abituriyentlar 56,7 balldan ko‘proq ball to‘plagan.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 1031 | Рейтинг: 0| Рейтинг: yig‘olmagani, abituriyentlarning, Sharmandalik, ballini, o‘tish, yarmidan, ma’lum, ko‘pi, bo‘ldi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 07:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное