Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

“Qozog‘iston go‘zali—2000” ishtirokchisining o‘limi sababi ma’lum bo‘ldi
Moskvadagi Luna teatri aktrisasi 37 yoshli Natalya Steshenko o‘limining dastlabki sababi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Tengrinews. U 28-noyabr kuni Moskvadagi xonadonida o‘lik holda topilgan edi.

Steshenkoda tromboemboliya aniqlangani aytilmoqda. Biroq aktrisa shu paytgacha sog‘lig‘idan shikoyat qilmagan.

Shu bilan birga, aktrisaning turmush o‘rtog‘i — taniqli siyosatchi, Davlat dumasi sobiq deputati Vladimir Semagoning aytishicha, so‘nggi vaqtlarda Natalya tez-tez bosh og‘rig‘idan shikoya qilib turgan, shuningdek, past qon bosimidan azob chekkan.

“Moskovskiy komsomolets” nashri aniqlik kiritishicha, fojiadan bir kun avval Steshenko 10 yoshli o‘g‘li bilan kafega borgan, uyga qaytgach, o‘zini birdan yomon his qilib, hushini yo‘qotgan. Bola qo‘shnilaridan tez yordam chaqirishni so‘ragan, biroq shifokorlar hech narsa qila olmagan, faqat o‘lim yuz berganini qayd etgan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, aktrisaning qon tomiri tromb bilan bekilib qolgan.

Aktrisaning qo‘shnilari aytishicha, u Xamovnikidagi xonadonida o‘g‘li va turmush o‘rtog‘i bilan o‘n yildan beri yashab kelgan.

Ma’lumot uchun: Tromboemboliya — bu tomir yoki yurak devoridan uzilgan qon laxtasining tomir o‘zanida tiqilib qolishi.

Natalya Moskvadagi Luna teatrida ishlagan, “Aldangan rafiqalar ligasi” serialida suratga tushgan.Natalya Steshenko 1984-yilda Qozog‘istonning Pavlodar shahrida tug‘ilgan. Musiqa va matematika maktabida o‘qigan, shuningdek, Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (VGIK)ni bitirgan. 2000-yilda “Qozog‘iston go‘zali” tanlovida qatnashgan.


Manba:daryo.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1826 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 2000, ma’lum, Qozog‘iston, bo‘ldi, ishtirokchisining, o‘limi, sababi, go‘zali
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:25
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное