Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SOG'LIK

Bangladeshlik 8 yoshli bola kamyob kasallik tufayli toshga aylanib bormoqda



Bangladeshda istiqomat qiluvchi 8 yoshli Mehendi Hasan doimiy ravishda uyda o'tiradi. Bunga uning kamyob kasallik bilan og'rishi sababdir – u bolani toshga aylantirib qo'ydi. Bola nimaga qo'l tekkizsa, bu unga juda kuchli og'riq beradi. 
 
Hasanning yuzi odatiy ko'rinishga ega bo'lsa-da, tanasining boshqa barcha qismi qatqaloqqa ega, bu bolaning harakat qilishi va qo'llariga turli buyumlar olishiga halal beradi.
 
Bolaning onasi hukumat va barcha mahalliy kasalxonalarga tashxis qo'yish hamda bu kasalliklikni davolash bo'yicha murojaat qilgan. Hasan 12 kunlik bo'lganida, ota-onasi uning terisida kichik toshmani aniqlashdi, biroq bunga e`tibor qaratishmagan. Bu holat butun tana tarqab ketgach, ota-ona o'z farzandini shifokorlar ko'rigi bo'ylab olib yura boshladi. "Shifokorlardan hech biri bu kasallik nima ekanini bila olmadi. Ular bu kamyob xastalik ekani hamda uni davolab bo'lmasligini aytishdi", - deydi Hasanning otasi Abul Qalam Ozod.
Hasan qishloqlardan birida davolash muolajalari va yaxshi sharoitlarsiz yashamoqda. Mahalliy aholi vakillari hattoki unga qarashni ham istamaydi. U terisiga zarar yetkazmaydigan kiyim kiyib, kun bo'yi uyda o'tirishga majbur.
 
 
"Men uni davolash uchun barcha imkoniyatni ishga solaman. Uning azob chekayotganini ko'rish juda ham og'riqli", - deydi Hasanning onasi Jahonara Begim.


Manba:kun.uz
Категория: SOG'LIK
Просмотров: 7115 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bangladesh, kasalik
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Asadbek2002 qoshilaman aytganiz kesin!
Like | 0
virus16 Inshoolloh shifo topib ketadi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное