Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Qo'rqmas - soundtreck
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Bola Uyda yolg'iz-[Один Дома] soundtreck2
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Klon-soundtreck
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Saroy Javohiri-Soundtreck6
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Ayol Qalbi - True Love
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Begim... Tashlab ketgan bo‘lsada u xanuz Begim!

YAKSHANBA MUXLIS MINBARI LOYIHASI
-1-
Qalbim yarasi.
(2007 yil)
Xayotga inson  azob chekish doim xurlanib yashash uchun kelgandir, bilmadim inson zoti shunchalar ojizki xayotning zarbalariga ba’zan kuchimiz yetmaydi ba’zi insonlar borki qilgan xatolarini tan olmaydi uzini doim farishta deb bir oilani uvol qilishdan, begunox norasida farzandni ota mexriga zor kilishdan qo‘rqmaydi. Balki xayot shudir inson zoti shunchalar ojizdir bilmadim tushuntirishga til ojiz. Begim siz qilgan xatolar shunchalik ko‘pki naxot vijdon degani yo‘q  sizga shunchalik mexr berganim sari siz olislab ketdingiz yo‘q xiyonat to‘g‘risida gapirmayapman man sizni deb oilamdan uzoqlashdim, gap masofadagi uzoqlik emas qalbdagi uzoqlikni nazarda tutdim siz esa men uchun nimani qurbon qildingiz, man siz uchun xamma narsadan kechdim otam xaq bo‘la turib sizni yoningizni oldim sizni er emas  xudo deb bildim sizga jonimni berdim qalbimni ishonib topshirdim siz esa, siz man sevgan ardoqlagan inson, balki aytarsiz xar bir oilada urish so‘kish buladi deb to‘g‘ri xamma oilada urish so‘kish bo‘ladi lekin sizchi man yoshlikdagi azoblarimni bila turib mani shunchalik xo‘rladiz sizga nima yomonlik qilgandim nega buncha azob berdiz mayli mani urganlariz  xomilador paytimda tepib xurlaganlariz och qolib qo‘rqganimdan xommomda uxlaganlarim  xamma azoblarni kechirish mumkindir  ammo oxir oqibat sizga ishonganim, otamni dilini og‘ritganim, undan ajralganim qoldi nega nega bunday qildiz man uchun emas loqal qizingiz uchun xarakat qilmadiz  balki otam tirik bo‘lganda unday qilmasdiz. Siz qo‘rqoqsiz o‘z fikrini bildira olmaydigan qilgan xatolarini tan olmaydigan  qo‘rqoqsiz, loqal bergan azoblaringiz xo‘rliklaringiz uchun afsuslanasizmi? Mengaku mayli otamni dilini og‘ritganlaringiz otam kechirgandir lekin men kechira olmayman meni hurlaganlaringizni kechirishga tayorman lekin otamga  bergan azoblaringiz.........
Qizini kurgani kelsa-yu ko‘rolmasa ko‘rsa xam kuyovidan gap eshitib uydan xaydalsa ota tengi odamni urib xaydasa kuyovga bunday xuquqni kim bergan er xotinni ursa ota-onasini bexurmat qilsa bu nima yana xech narsa bo‘lmaganday bor otangdan pul olib chiq desa  shunday (qanday atashni bilmayman) odamni sevdimmi. Esimda  xech chiqmaydi mani urganizda  otam (Ollox raxmatiga olgan bo‘lsin) kelib kolgani oyog‘izga bosh urib yig‘lagani *jon bolam qizimni urma undan ko‘ra mani ur degani shunda siz nima qildiz bor otangni xayda dediz otam ketdi shuncha azob bersangiz  sizni bu kuyovim emas o‘g‘lim dedi (bizni oiladi o‘g‘il yo‘q 3 qizmiz).  Siz nafaqat mani otamdan  onamni umr yo‘ldoshidan opamni, singlimni otasidan judo qildiz endi esa uz farzandizni tirik yetim qilmoqdasiz. Barini unitib birga yashashga xarakat kildim  bergan vadalaringizga ishondim siz va onangiz esa yana aldadadinglar. Bu safar bir meni emas begunox farzandizni aldadiz unda nima ayib mexrini qozonib aldash ba’zan Siz kim siz o‘zi degim sizday inson qiyofasidagi mexrsiz (nima deb atashni xam bilmayman) onajonizchi ular xudodan qo‘rqmaydilarmi qachongacha qizimni meni  qiynamoqchisizlar yetar bas. Siz ota onangiz bag‘rida boqmandi bo‘lib o‘tiravering   ertaga siz ham onajoniningiz xam afsus chekarsizlar (buni aniq bilaman) o‘zgaga uylanarib qo‘yar lekin u men va qizingiz bo‘la olmaydi. Ichimda bir tuyg‘u  sizni lanatlamoqda siz nafaqat er xatto ota bo‘lishga xam noloyiqsiz. Bilaman erta kelib kun chiqadi shiringina qizalog‘im dunyodagi eng baxtli qiz bo‘ladi  ammo uning kunglidagi kemtiklikni kim to‘ldiradi  yaratgandan shuni tilardimki dunyoda sizdek bemexr  otalar, kuyovlar yo‘q bo‘lsin xar bir erkak oila qurishdan oldin kuyovlik erlik eng asosiy otalik vazifalari nimadan iboratligini bilishsin zero erta kelib bir oila va begunox norasidani uvoli tutmasin.  
 -2-
(2010 yil)
Olloxim qizmni o‘zing asra .........................
Taqdir ekan biz ajraldik lekin farzand uvolidan qo‘rqish o‘ringa gunoxga botib mitti farishtani tirik yetim qilmoqdamiz, bunga kim ayibdor siz,  men o‘zimni farishtaman demoqchi emasman ammo..........
Bilmadim lekin bir narsani tushunmayman naxot ota  o‘z farzandini sog‘inmasa mayli ayoli yomon bo‘lsin lekin mitti go‘dakda nima ayib har doim o‘zimga shu savolni berar ekanman yuragim ezilib ketadi nega aynan bizning sevgimiz  mevasi. Shunday oilalar borki farzandga zor  shuni aytsalar kerakda bir kam dunyo deb. Xar doim farzandimning ko‘zlariga boqganimda uning ko‘zlaridagi g‘amni ko‘raman Ollox shunday aqilli farzand berdiki 4 yoshli emas aksincha xuddi kattalardek fikirlaydi “Onajon meni onam xam, otamxam siz siz, siz xafa bo‘mang adam sizni tashlab ketgan bo‘lsa ham, men sizni tashlab ketmayman” deydi, xa Olloxga shukur qilaman shunday mexribonim bor xech kim meni tushunmasa ham mana shu mitti farishtam tushunadi. Lekin  vaqt o‘tib uning yuragidagi kemtiklikni qanday to‘ldiraman, shu kungacha  siz xaqingizda yomon gapirmadim  aksincha adang ishlagani ketgan seni yaxshi ko‘radi desam u nima deydi,  aldamang adam  sizni tashlab ketgan  bizni yaxshi ko‘rmaydi deydi. Ey ollox o‘zing guvoxsan qanchalik qiynalayotganimga yo‘q yo‘q siz o‘ylamang oila qo‘rmoqchi deb  bir narsadan ezilaman nega siz bunchalik be- mexirsiz naxot qizingizni sog‘inmadiz naxot onajonizga farzandimni ko‘rib kelaman deb ayta olmasangiz onangiz bizni ayirib endi nabirasini tirik yetim qilmoqdalar naxot shuni aytish qiyin. Sizni uylantirib xam qo‘yishar, lekin farzand uvoli tutishidan qo‘rqmaysizlarmi? Ey inson faqat buguning bilan yashama ertangni xam o‘yla bu vaqt g‘animat  nimani uvol qilgan bo‘lsang shunga zor bo‘lasan ayniqsa farzand dog‘i yomon  lekin ertaga kech bo‘lishi mumkin asaltoyim katta qiz bo‘lib hamma gapni bilganida uning ko‘ziga qanday qaraysiz shu xaqda o‘ylab ko‘rganmisiz  keyin sizdan shunday nafratlanadiki  sizni kechirmaydi  xozir sizga bilinmasligi mumkin vaqt xamma narsani joy joyiga qo‘yadi yoshlik o‘tar ketar  yoshlikda qilgan birgina xato umrning oxirigacha vijdon azobida yashashga majbur qilishi  mumkin ota mexriga zor farzandlar qancha farzandga zor oilalar qancha nega nega inson zoti bunchalar ojiz xatolarni to‘g‘irlash o‘rniga xato qilaveradi boshi bir devorga urilganida kech bo‘lganini tushunib yetadi ammo juda kech...........
Begim  balki xaqqim yo‘qdir (siz siz yashayotganimizga 3 yil bo‘ldi)lekin oxirgi bor iltimos qilaman ko‘zlarizni oching xali xam kech emas xozirgi shon shuxrat mansab obru boylik  vaqtincha ertaga ko‘ziz ochilganda yonizda na men na qizingiz bo‘ladi mitti gul g‘uncham xaqi orqaga qayting.........................................  
 -3-
(2015 yil)
Bilasizmi bugun siz bilan sirlashgim ichimdagi gaplarni sizga to‘kib solgim keldi chunki, bu gaplarni baribir eshita olmaysiz. Bilmam yurak bu og‘riqlarga qancha bardosh berar ekan, siz bilan xayotimni bog‘laganimdan buyon siz siz qanday yashayman deb uylardim xar bir siz siz o‘tkazgan kunim xuddi do‘zax azobidek o‘tar kizimga termulib unsiz yig‘lardim xayot meni shunchalar sinadiki bu azoblarni dushmaniga xam ravo ko‘rmayman.  Taqdir ekan biz ajrashdik deb takdirga tan berib o‘tiribmiz, aslida taqdir emas o‘zimiz ayibdormiz xayotni shunchalar yengil deb o‘ylabmiz yashashga kurashmabmiz xam osongina tan berib o‘tiribmiz. Bu baxtsizligimiz uchun kim ayibdor? Ayni dam boshqa bir ayolni yonidasiz xatto farzandingiz xam bor osongina xayotingizni kayta tikladiz, xa xa osongina boshqa oila qurdiz. Bir ayolni zo‘rlab undan farzand qo‘rish ko‘lizdan kelibdiyu lek o‘z pushti kamarizdan bo‘lgan farzandni xolidan xabar xam olishlik qo‘lingizdan kelmabdi, sizni bu gaplar bilan yana boshizni kotirmokchi emasman bugun boshqa narsani aytmokchiman tug‘rirog‘i tan olmoqchiman. Shuncha yil mobaynida xar soniya sizni kaytishingizni kutib yashadim, ammo befoyda ekanligini bilaman lekin ayni dam  onam bir insonga tegishimni judayam istayapdilar balki chin baxting shu dir deb. Qo‘limni so‘ragan inson shunchalar ochiq kungilki mexribon bir birimizni so‘z siz tushunamiz xato fikirlarimiz xam bir xil, xayron bulayotgandirsiz a? yuk oramizda siz o‘ylagan o‘ldim ko‘ydimlar zino yuq shunchaki bir birimizni  qadirlaymiz,  siz bergan azoblarni unitishga sizni kechirishimga xam ular sababchi xayotda kechirimli bo‘lish kerakligini o‘rgatdilar eng muximi asal qizimga siz bermagan mexrni kuvonchni beryapdilar qizimni ko‘zidagi kuvonchni ko‘rib ularning oldida bosh egishga xam  tayyorman. Doim yolg‘iz qolsam bir savol mani juda qiynaydi nima uchun nega nega biz bu darajaga yetdik ularni o‘rnilariga shu mexrni siz berishingiz kerak emasmidi.  Bir narsani aniq bilaman afsuslardan boshiz egik lekin orqaga qayta olmaysiz bunga yul berishmaydi. Xar doim ular yonimda bo‘lsalar qizimni erkalasalar sizni ko‘z oldimga keltiraman ular bilan solishtiraman siz xam shu mexrni bera olarmidiz  va yana ex nodon 7 yil xabar olmagan ota esida xam yukdir deb o‘zimni koyiman. Sizni nima deb aytay begim deyishdan maxrumsiz xatto dadush deya olmayman esizdami mani shirinim derdiz ex.............. endi xayotimda yuqsiz deya olmayman negaki o‘rtada uzilmas ip bor bu qizim nima qilay unitishim kerak unita olmayman . Inson zoti noshukur banda deyishadi bu anik negaki yenimda mani qadirlaydigan mani va qizimni yaxshi ko‘radigan insonim bor lekin...................
man shu lekin meni qiynaydi.
(Izox  o‘rnida bu uch xikoya mening ichki kechinmalarim   xar xil yillarda yozilgan voqiyalarim bir tomonlama bo‘lishi mumkin lekin asl xaqiqatni oradan besh yil o‘tib bilganman xaqikat shundaki  turmush o‘rtog‘im yosh bir qizni zo‘rlab kuygan va bizni uyga ketkazib xomilador kizni uyiga olib kelib yashagan  uylanmasa kamatvoramiz deb kurkitishgan  axir u kiz boy kiz bo‘lgan judayam. Xaqiqatni bilganimdan so‘ng xam orkaga kaytishini so‘radim farzandiga onalik kilishga xam tayyor edim afsuski boylik uni ko‘zlarini ko‘r kilgan edi. Bu dunyo qaytar dunyo  xozir farzandi nogiron o‘smay kolgan kizimni tashlab ketgan vaqtda kanday bulsa shunday, eshitishimga karaganda kup ichib olib xotinini kaltaklar ekan  yig‘lab mandan kizidan kechirim surar ekan lekin afsus juda kech bu so‘qir ko‘zlari kech ochilgan edi lekin xar kalay ochildiku).
Xatolar uchun uzr so‘rayman. Nilufar


Manba:sayyod.com

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 15582 | Комментарии: 6 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Tashlab ketgan, Begim
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 6
Nargiza_96 Oilaizni buziliwiga 1navbatda siz aybdor. Ota rozi, Xudo rozi deyiwgan. Bowida, otangizni aytganini qilganingizda bu voqealar bulmasdi. Qaynona va eringizga esa gap yoq( jazosi ollohdan). Essiz Ota...
Like | 0
Behzod_5995 Zur hikoya ekan
Like | 0
Mahzuna@ Ha endi uni unuting, qiziz va qadrizga yetadigan insonga hayotizni bag'ishlang
Like | 0
albina7577 Essiz opamni hayotiga juda usherkan afsus shunde insonlar ham uchrab turadi :'(
Like | 0
Babadjanov1954 "Yurak urib turar ekan "Xatolar" qilaveramiz"......
Bu "Dunyoda Armonsiz Odam bechoralar ichra bechoradir" degandi Yesenin.........
Nima bo'lgandaxam Hayot davob etaveradi....
Like | 0
9294784 Achinarli hikoya ekan afsus qiliwdan foyda yö
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 04:19
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное