Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Bekobod tumanida kollej o‘quvchisi qotillik sodir etdi


O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabar berishicha, Toshkent viloyatining Bekobod tumanida 23 may kuni soat 01.00larda “Taqachi” MFYda yashovchi Texnika iqtisodiyot kasb-hunar kolleji 3-kurs o‘quvchisi Sh.E. shu MFY Gulzor ko‘chasida o‘zaro janjal oqibatida 11-sonli maishiy kasb-hunar kolleji 3-kurs o‘quvchisi A.A.ning ko‘krak qismiga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan.

Natijada A.A. voqea joyida vafot etgan. Sh.E. ushlangan. Ushbu favqulotda holat Toshkent viloyati huquqni muhofaza qilish organlari va Xalq ta’limi boshqarmasi rahbar xodimlari ishtirokida muhokama qilinib, yoshlar tomonidan sodir qilinadigan jinoyatchilikning oldini olish haqida chora tadbirlar belgilandi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4218 | Рейтинг: 0| Рейтинг: sodir etdi, Bekobod tumani, qotillik, kollej o‘quvchisi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:20
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное