Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Buxorolik kollej o‘quvchisi o‘z onasini pichoqlab qo‘ydi...


Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi Yangiobod qishlog‘ida istiqomat qiladigan Abdukarim Ashurov oiladagi maishiy kelishmovchilik ortidan 1979 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishlamaydigan onasi Muxlisa Eshonovaga pichoq yordamida tan jarohati yetkazgan.

Buxoro viloyati IIBning xabar berishicha, olib borilgan surishtiruv ishlari davomida Muxlisa Eshonovaga yetkazilgan tan jarohati og‘ir turga kirishi aytilgan.

Buxoro tumanidagi Sanoat kasb-hunar kollejining 3-bosqich talabasi Abdukarim Aminjonovichning oshxona pichog‘i yordamida o‘z onasiga tan jarohati yetkazganining kelib chiqish sabablari, unga “sharoit va imkon yaratib bergan” omillar shu kunning o‘zida ichki ishlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan keng jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilingan.

Mazkur holat yuzasidan Abdukarim Ashurovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Siyovush To‘raxo‘jaev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 7027 | Рейтинг: 0| Рейтинг: pichoqlab qo‘ydi, Buxorolik, o‘z onasini, kollej o‘quvchisi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 08:54
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное