Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Ko'ngil bog'i-soundtreck [feat Girl]
. Bola Uyda yolg'iz-soundtreck
. Vorislar - Loves Moment (serial korea)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Iyun Oqshomi - Yeri Nasalama (soundtreck)
. Muhabbat tafti - Meri Aankhon Mein
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Belarus muxolifatchisi Mariya Kolesnikova koloniyaga jo‘natildi

Belarus muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi a’zosi Mariya Kolesnikova koloniyaga o‘tkazildi. Bu haqda Belarusdagi ro‘yxatdan o‘tmagan “Vesna” inson huquqlari markaziga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

“Siyosiy mahbus Mariya Kolesnikova Gomeldagi 4-sonli ayollar axloq tuzatish koloniyasiga o‘tkazildi”, — deyiladi inson huquqlari markazining Telegram kanalida.

10-yanvar kuni Belarus muxolifatining muvofiqlashtiruvchi kengashi prezidiumi a’zosi Maksim Znak tergov izolyatoridan Vitebsk viloyatidagi koloniyaga o‘tkazilayotgani xabar qilingan.

Muvofiqlashtiruvchi kengashi a’zolari bo‘lgan Kolesnikova va Znak mos ravishda 11 va 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Kolesnikova 2020-yil 8-sentabrda Belarus-Ukraina chegarasida qo‘lga olingan. Belarus chegara qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, u Muvofiqlashtiruvchi kengashi vakillari Ivan Kravtsov va Anton Rodnenkov bilan birgalikda chegarani buzib o‘tmoqchi bo‘lgan paytda uni avtomobil salonidan chiqarib yuborishgan. Keyinroq Kiyevdagi matbuot anjumanida Kravtsov va Rodnenkov Kolesnikova majburiy deportatsiya paytida pasportini yirtib tashlab, mashinadan tushib qolganini aytgan.

Kolesnikova va Znak davlat xavfsizligiga zarar yetkazishga qaratilgan harakatlarga ommaviy chaqirish, davlat hokimiyatini konstitutsiyaviy tarzda egallab olish uchun fitna uyushtirish, shuningdek, ekstremistik guruhlar yaratish va uni boshqarishda ayblanmoqda.

Muxolifatni muvofiqlashtirish kengash 2020-yil 18-avgustda Belarus prezidentligiga nomzod Svetlana Tixanovskayaning tarafdorlari tomonidan hokimiyat tranziti uchun tuzilgan. Belarus rahbariyati kengashning faoliyati konstitutsiyaga zid ekani va hokimiyatni zo‘rlik bilan egallashga qaratilganini bildirgan.

Belarusda 2020-yilgi prezidentlik saylovining Mustaqil saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan natijalariga ko‘ra, saylovchilarning 80 foizi Aleksandr Lukashenkoga, 10 foizi esa uning asosiy raqibi Tixanovskayaga ovoz bergan. Natijalar e’lon qilinganidan so‘ng olti oydan ortiq vaqt davomida mamlakatda ommaviy norozilik namoyishlari o‘tkazildi. Namoyishchilar Lukashenkoning iste’fosini, siyosiy mahbuslarni ozod qilishni va yangi saylovlar o‘tkazishni talab qildi.



Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 755 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Kolesnikova, muxolifatchisi, koloniyaga, Belarus, jo‘natildi, Mariya
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное