Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekiston bo‘ylab 9070 nafar bolaga “Prezident sovg‘asi” jo‘natildi. Ularning ayrimlarida zamonaviy planshetlar ham bor

O‘zbekistonning 12 hududiga bolalar uchun atalgan “Prezident sovg‘alari” jo‘natildi, deya xabar qilmoqda Xalq ta’limi vazirligi.

Yil so‘ngida an’anaga ko‘ra Respublika bo‘ylab Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalar, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar uchun “Prezident archasi” tadbiri o‘tkaziladi.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga shirinliklar, o‘quv qurollari va Bolalar ensiklopediyasidan iborat 21 turdagi sovg‘alar kiritilgan.

Shuningdek, 2021-yilda Mehribonlik uylari, Bolalar shaharchalari, Oilaviy bolalar uylari hamda SOS bolalar mahallalarining 12 yoshdan katta bo‘lgan 980 nafar tarbiyalanuvchi uchun zamonaviy planshet ham sovg‘alar tarkibiga kiritildi.

Shunday qilib, 2021-yilda yilda 9070 dona “Prezident sovg‘asi”dan tarkib topgan sovg‘alar tayyorlanib, hududlarga yuborildi.

“Prezident sovg‘asi” respublikaning 10 hududiga “O‘zbekiston havo yo‘llari” orqali, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlariga esa davlat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining kuzatuvi ostida avtotransport orqali yetkaziladi.

O‘zbekiston prezidentining bayram tabrigi hamda sovg‘alari hududiy hokimliklar ishtirokida 2021-yilning 29–30-dekabr kunlari o‘tkaziladigan “Prezident archasi” tadbirlarida bolalarga tantanali topshiriladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 859 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 9070, planshetlar, bor, bo‘ylab, Zamonaviy, ayrimlarida, jo‘natildi, O‘zbekiston, “Prezident sovg‘asi”, bolaga, Ularning, ham, nafar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 17:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное