Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

AQSH “qora ro‘yxati”ni kengaytirdi. Ularning orasida O‘zbekiston kompaniyasi ham bor
Amerika Qo‘shma Shtatlari G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishga urinayotganlar, shuningdek, Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlaganlarga qarshi “qora ro‘yxatlari”ni kengaytirdi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinkenning bugun, 12 aprel kuni e’lon qilgan bayonotida so‘z bordi.

Aytilishicha, AQSH Davlat va G‘aznachilik departamentlari Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga noqonuniy va asossiz bostirib kirishi munosabati bilan 20 dan ortiq mamlakat hamda yurisdiksiyadagi 120 dan ortiq yuridik va jismoniy shaxslarga, shu jumladan, sanksiyalardan qochishga yordam beruvchilarga nisbatan cheklovlar joriy qilgan.

“Rossiyaning Ukrainaga asossiz bostirib kirganiga bir yildan oshdi. Bizning global miqyosda muvofiqlashtirilgan sanksiyalarimiz oqibatida Rossiya Federatsiyasi o‘zining urush mashinasini moliyalashtirish va yoqilg‘i bilan ta’minlash uchun muqobil yo‘llarni izlashga majbur bo‘ldi. Birlashgan Qirollik bilan hamkorlikda biz Rossiyaning eng badavlat milliarderlaridan biri, o‘tgan yili AQSH tomonidan sanksiyaga uchragan Alisher Usmonovni qo‘llab-quvvatlovchi cheklovlardan qochish tarmog‘ini nishonga olamiz. Usmonov bilan bog‘liq bo‘lgan qochish tarmog‘idan tashqari biz Usmonov kompaniyalarining aksariyatiga egalik qiladigan va nazorat qiladigan asosiy tashkilot USM xoldingni ham nishonga olamiz”, deydi Blinken.

AQSH G‘aznachilik departamenti saytida e’lon qilingan ro‘yxatda esa O‘zbekistondagi “Ohangaron sement” aksiyadorlik jamiyatiga ham sanksiyalar joriy qilinganini ko‘rish mumkin. Bunga uning milliarder Alisher Usmonov bilan aloqador ekani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, Davlat departamenti Rossiyadagi maktab o‘quvchilarini harbiylashtirish orqali Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzishga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlovchi Rossiyaning ikkita tashkilotiga: Butun Rossiya bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik jamoat harakati yoshlar armiyasiga va Qrimdagi “Patriot” markaziga sanksiya kiritgan. 

Shuningdek, mazkur aksiya Rossiya iqtisodiyotining mudofaa sektorida faoliyat yurituvchi bir nechta sub’ektlar va Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlovchi yuridik shaxslar, jumladan, yangi rus xususiy harbiy kompaniyasi va “Vagner” guruhiga Ukrainadagi manzillarning sun’iy yo‘ldosh tasvirini taqdim etayotgan Xitoyda joylashgan firmani ham chetlab o‘tmagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Buyuk Britaniya hukumati Alisher Usmonovga tegishli USM xoldingi va bir qator rossiyalik yuqori elita vakillariga sanksiya kiritgandi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 1185 | Рейтинг: 0| Рейтинг: ham bor, kompaniyasi, qora ro‘yxati, ni kengaytirdi, O‘zbekiston, Ularning, orasida, AQSH
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:29
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное