Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

16-may kuni butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kuzatiladi

O‘zbekistonning barcha hududlarida 16-may, yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, 16-mayga o‘tar kechasi O‘zbekistonning tog‘li joylarida +5…+10 daraja, Toshkent shahrida +15…+17 daraja, mamlakatning qolgan hududlarida esa +13…+20 daraja oralig‘ida iliq bo‘ladi.
Yakshanba kuni kunduzi Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati +32 darajagacha, Qashqadaryo va Surxondaryoda +33 darajagacha iliq bo‘ladi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida +10…+15 daraja, Toshkent shahrida +23…+25 daraja, qolgan hududlarda +28 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.
16-may butun O‘zbekiston bo‘ylab vaqti-vaqti bilan qisqa muddat yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Ayni vaqtda, Toshkent shahridan boshqa barcha hududlarda shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi ehtimoli bor.


Manba:daryo.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3253 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: 16-may, bo‘ylab, O‘zbekiston, yog‘ingarchilik kuzatiladi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
{PRINSSESA} Zor yomgir yogdideee
Haliyam momaqaldiroq yogu caqmoq caqib turibti bulutla ostidan.biram ciroylii %)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:39
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное