Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Ko‘payib borayotgan iqlim muhojirlari — ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor
Global iqlim o‘zgarishlari odamlarni o‘zi yashayotgan yerini tashlab ketishga majbur qilyapti. Mutaxassislar 2050 yilga borib Yer yuzida 216 million iqlim muhojiri paydo bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Muhojir atamasi o‘z vatanidan maʼlum sabablarga ko‘ra, boshqa hududga ko‘chib ketgan kishilarga nisbatan ishlatiladi. Shu ko‘chib ketish sababi ishlash, mehnat qilish bo‘lganlarga mehnat muhojiri deyilsa, bugun yana bir atama – “iqlim muhojiri” faol qo‘llanilmoqda.

Iqlim muhojirlari kimlar?

Maʼlum bir hudud tabiati asl holatidan o‘zgarib ketib, ortiq odam yashashi qiyin bo‘lgan hududga aylansa, mahalliy aholi u yerni tark eta boshlaydi. Bunday joyda yashash, tirikchilik qilish, hayot kechirish og‘irlashgan yoki umuman ilojsiz bo‘lib qoladi. Qurg‘oqchilik, dengiz sathining ko‘tarilishi, qishloq xo‘jaligi yerlarining yaroqsiz holga kelishi, toshqinlar odamlarni tirikchilik qilish osonroq hududlarga ko‘chib ketishga majbur qiladi va bundaylarga iqlim muhojirlari deyiladi.

Bu atama insoniyat uchun yangilik emas. Asrlar davomida turli tabiat o‘zgarishlari, muzlik davrlari yoki vulqonlar sabab ham odamlar o‘zlariga qulay joylarga ko‘chib yurishgan.

Eng ko‘p ko‘chishlar yuz berayotgan hududlar

Ichki ko‘chish migratsiya markazi (Internal Displacement Migration Centre)ning 2022 yilgi hisobotiga ko‘ra, 2021 yil xalqaro miqyosda 38 million ichki ko‘chish qayd etilgan. Buning 23,7 millioniga turli tabiiy ofatlar sabab bo‘lgan. Bu ko‘chishlarning 94 foizdan ortig‘i bo‘ronlar, suv toshqinlari va qurg‘oqchilik kabi ob-havo bilan bog‘liq xavf-xatarlar natijasi bo‘lib, ular asosan Sharqiy Osiyo, Tinch okeani va Janubiy Osiyoda qayd etilgan.

2021 yilda tabiiy ofatlar tufayli eng ko‘p ichki ko‘chishlar Xitoy – 6 million kishi, Filippin – 5,7 million kishi, Hindiston – 4,9 million kishi, Kongo – 888 ming kishi va Vetnam – 780 ming kishiga to‘g‘ri kelgan.


Manba:kun.uz
Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 635 | Рейтинг: 0| Рейтинг: O‘zbekistonliklar, bor, borayotgan, muhojirlari, ham, iqlim, ular, orasida, Ko‘payib
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:04
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное