Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistonliklar Yangi yilni qorsiz kutib olishadi

31 dekabr kuni O‘zbekistonning katta qismida qor yog‘ishi kutilmayapti. Faqatgina 1 yanvarda mamlakatimizning ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
29-30 dekabr kunlari Toshkent, Samarqand, Jizzax, Buxoro, Navoiy, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchiliklar kutilmayapti, biroq 31 dekabr - 1 yanvarda joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kunduz kunlari 8-13 daraja, kechasi 0-5 issiq bo‘lishi kutilmoqda. 29 dekabrda joylarda 2 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ham 29-31 dekabr kunlari ob-havo yog‘ingarchiliklarsiz o‘tadi. 1 yanvar kuni joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kechasi 3 daraja sovuq va 2 daraja iliq o‘rtasida bo‘ladi, kunduz kunlari esa 5-10 darajagacha iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 29-31 dekabr kunlari yog‘ingarchiliklar kutilmayapti, faqatgina 1 yanvarda alohida hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuqdan 0-5 daraja iliq atrofida bo‘lsa, kunduz kunlari 2 daraja sovuq-3 daraja iliqdan 2-7 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Mamlakatimizning tog‘li hududlarida yog‘ingarchiliklar serob bo‘lishi aytilmoqda. Faqatgina 30 dekabrda qor va yomg‘ir kuzatilmaydi. Havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.


Manba:kun.uz
Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 2876 | Рейтинг: 0| Рейтинг: kutib olishadi, qorsiz, yangi yil, O‘zbekistonliklar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:51
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное