Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

Benom guruhining konsertidan batafsil


22, 23, 24 noyabr kunlari "Benom" guruxining yakkaxon konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Konsertning ilk kunidayoq "Xalqlar do‘stligi" san’at saroyi tomoshabinlarga to‘ldi. Muxlislar xayqirig‘i ila zal pardalari sekin ko‘tarila boshladi. "Benom" guruxi yigitlari Sarvar va Komil kastyum va shim hamda qora ko‘zoynak taqib "Xazon" taronasini jonli kuylab saxnaga tashrif buyurdi. Ilk taronadan so‘ng kelgan muxlislar bilan salomlashib, ko‘zlaridagi yoshni ko‘zoynak orqasiga yashirganini aytib o‘tdi.

“Sen borsanki” nomli konsert dasturi o‘tgan konsertlardan farq qilardi. Dekoratsiya, ko‘zni quvontiruvchi lazer shou, raqslar hamda 100 foiz jonli ijroni bunga misol qilsa bo‘ladi. Bu safar “Sen borsanki” kliplar to‘plami jiddiy mavzuda ya’ni vatanimizni qo‘rqlovchi posponlarimiz hayoti hamda undagi sevgi va muhabbat kuchini aks ettiruvchi filmni dastur davomida ko‘rsata bera olishdi. Ilk film parchasi namoyish qilish chog‘ida yigitlar "Ortingga qara" taronasi kuylay boshlashdi.

Navbatdagi tarona "Dard" deb nomlanadi. Yigitlar mazkur qo‘shiqni tomoshabinlar bilan birgalikda kuylashni taklif bildirdi. Ekranga qo‘shiq matni qo‘yildi va birgalikda kuylashdi. Tomoshabinlar kutgan tarona "Fevral" jarang sochishni boshladi. Ekranga yana filmdan parcha taqdim etilib, "Sensiz" qo‘shig‘i jarang sochildi. Dastur davomida Benom guruxi o‘zining instagram saxifasida "Maboda" taronasiga chelledj e’lon qilgan edi. Aynan shu chelledjda ko‘p ovoz to‘plagan yigitlarni sahnaga taklif qilindi. Sarvar va Komil birgalikda mazkur taronani ijro etishdi. Yigitlarning ilk saxnadagi ijrosi olqishlarga sazavor bo‘ldi. Tomoshabinlarning qo‘llab quvvatlashlari bilan birga ilxomlanib "Eslamading" taronasi kuylashdi. Navbatdagi filmdan parcha. "Yog‘adi yomg‘ir", "Yuragim yo‘l" xamda "Asalim" taronalari birin-ketin muxlislarga taqdim etildi.

Tomoshabinlarni qiziqtirgan "Sen borsanki" filmdan parcha ekranga yana ko‘zlarni qaratdi. Klip to‘plamiga moslangan navbatdagi tarona "Daydi", "Kechagi kun" "Agarda" "Meni sevsang" qo‘shiqlari muxlislar tomonidan iliq kutib olindi. Benom guruxining film parchasi tobora oxirlanib borayapti. Kelgan tomoshabinlar yana nima bo‘lar ekan deb ekrandagi namoyishni kuzatyapti. Film bilan uyg‘unlikda "Baxtli bo‘l" taronasi ijrosi taqdim etildi. Navbatdagi Yoningdaman taronasi xam tinglovchilar bilan birgalikda karaoke sifatida kuylandi. Keyingi tarona yangi bo‘lib "Ko‘nibsanda" deb nomlanadi. Nixoyat filmning so‘nggi saxifasi qo‘yildi. Benom guruxi yigitlari "Kechagi kun" musiqasi ostida barchaga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 2803 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Benom guruhi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:27
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное