Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Benom” guruhi yigitlari film suratga oldi


Yarim yilcha vaqt davomida ijod sahnasida ko‘rinmay qolgan "Benom” guruhi yigitlari Sarvar va Komil yangi film yaratgani haqida "Sayyod” nashri ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, filmning ishchi nomi "Yurak yig‘lar” bo‘lib, bosh rollarda Sarvar va Komilning o‘zidan tashqari, Zarina Nizomiddinovani ham ko‘rish mumkin. Kartina g‘oyasi va ssenariysi ham yigitlarga tegishli. Uni suratga olish ishlari Toshkent va Samarqand shaharlarida bo‘lib o‘tdi, deyiladi xabarda.

Ma’lum bo‘lishicha, film "ikki o‘t orasidagi muhabbat haqida so‘zlaydi”. "Benom” guruhining yangi ijodiy qirrasi mahsuli tez kunlarda tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

Ta’kidlash joiz, Sarvar va Komil qo‘shiq kuylashdan tashqari, ularga she’r yozish va kuy bastalash bilan ham shug‘ullanadi. Shu vaqtgacha o‘zbek estradasidagi ko‘plab yorqin yulduzlar, jumladan Shahzoda va Lola ularning xizmatidan foydalangan.



Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 8404 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Zarina Nizomiddinova, Benom guruhi, film, Sarvar va Komil
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
Damir_95_ Ja unchalikmas Leberan
Like | 0
Liberan пишет: | 24.12.2013 | 03:37 #1 Страница с комментарием Спам
аватар отсутствует rejisoram, stenariy mualifiyam, bow rol ijrochisiyam... e ana tomowabinam o'zligi. O'yin bo'p ketti hammayo
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:10
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное