Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Odil To'laganov va Zarina Nizomiddinova o'rtasida nima bor?

Fotomuxbirlar Odil To'laganovni taniqli aktrisa Zarina Nizomiddinova bilan birgalikda hiyobonda ko'rganlari zahoti ustalik bilan fotosuratga tushirishga ulgurishdi. Bu holat esa tabiiyki shou-biznes olamiga qiziquvchilarning e'tiboridan chetda qolmaydi. Jumladan, biz ham qiziqib qoldik, Zarina Nizomiddinova hamda Odil To'lagovni nima bog'lab turibdi?  Savolga javob topish unchalik qiyin bo'lmadi. Zero, bizga keltirilgan fotosuratlarning boshqalarida Odilni Zarinaga uzuk taqdim etayotgan holati ham namoyon edi. Bundan tashqari ularni birgalikda ko'plab joylarda birgalikda tushirilgan fotosuratlari ham bor edi. Keyin yaxshilab surishtirib bilsak, bu shunchaki yangi klipning suratga olish jarayonida tushirilgan fotosurat bo'lib chiqdi. Odil To'laganovning "Seni o'ylay" nomli yangi qo'shig'iga ishlangan videoklipda asosiy rollardan birini Zarina Nizomiddinova ijro etayotgan ekan. Klipni "Iloomina" studiyasi rejissori Nusrat Xusanov tasvirga tushirgan. Tez orada klipni kutib olishingiz mumkin bo'ladi. Unga qadar esa klipdan fotolavhalarni e'tiboringizga keltiramiz.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 60279 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 2| Рейтинг: Odil To'laganov, Zarina Nizomiddinova, Nizomiddinova, Zarina
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
NaTaLi Eheee
Like | 0
ozoda87 2 ijodkorga xam ijodilarda zafar yor bulsin ulardan faqat yangi,sifatli tarona, va ajoyib rollarni kutib qolamiz
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:14
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное