Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SHOU-BIZNES HABARLARI

“Benom” va Zohid triosi tuziladimi?


O‘zbek estradasida o‘zining alohida yo‘nalishiga ega bo‘lgan “ Benom” guruhi ijodning ayni qizigan pallasiga kirishgan. Guruh yigitlari mart oyida yurtimiz bo‘ylab va chet el gastrol safarlarini rejalashtirgan. Jumladan, 5 mart kuni Chimkent va 9 mart kuni Termiz shaharlarida o‘zlarining ijod mahsullari bilan muxlislarini xushnud etadi.
Shuningdek, ijodkorlar Turkiya poytaxti Istambul shahrida 30-31 mart kunlari “Chunki bu biz” deb nomlangan konsert va unga ishlangan film uyg‘unlikda Turkiyada taqdim etiladi.

Gastrolning muhim yangiligi “Chunki bu biz” kliplar turkumining oldingi kismlarida rol ijro etgan bosh qahramon Nargiz filmning 4-qismida ishtirok etmaydi. Buning sababi film qahramoni turmushga chiqdi. Hozirda yigitlar filmning davomiy qismida bosh qahramon rolini kim ijro etishi ustida bosh qotirmoqda. Bundan tashqari yigitlar turk va ingliz tillarida kuylashni o‘z oldilariga maqsad qilgan.

“Benom” guruhi tarkibiga “Ummon” guruhidan ajralib chiqqan Zohidning qo‘shilishi haqida gap so‘zlar tarqalgan edi. Guruh ijodkorlari kelajakda Zohid ishtirokidagi “Benom” triosi paydo bo‘ladi, degan ma’lumotni rad etdi. Ammo kelgusida Zohid bilan duet kuylanishi mumkin, degan fikrlarni bildirdi.
Yoshlarimizning sevimli guruhiga aylanishga ulgurgan yigitlar o‘zlarining navbatdagi konsert dasturiga ham tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborgan.



Manba:zamin.uz
Категория: SHOU-BIZNES HABARLARI
Просмотров: 14930 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 0| Рейтинг: zohid, Benom
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Gulim_20 Venom guruhiga 3 chi odamni keragi yo'q manimcha. -D
Like | 0
baxodir Tuzilmagani yaxshi Zohidni o`zi yaxshi
Like | 0
kirov2003 albatta zohid sizga omad
Like | 0
azizkhan770 Zohidni yakka uziga hech bir yulduz xonanda teng kelmaydi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное