Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » KINO YANGILIKLARI

Bir Muhabbat tarixi - Yakunlovchi qism (Voqealar rivoji)

Mere Nishaan...
                Yoshlar teleradiokanalida namoyish etilgan "Bir Muhabbat Tarixi" hind seriali Qisqa muddat ichida juda ko'p tomoshabinlarni o'ziga jalb qila oldi. Undagi Meher va Abeer o'rbrizlari ham ajoyib tarzda ijro etilgan. Umuman sujet ham, senariy ham, eng asosiysi serialning juda cho'zilib ketmasligi menga juda ham yoqdi. Ha do'stlarim avval sizga aytib o'tganimdek sevimli serialimiz tez kunlarda, aniqrog'i yana uch qismdan so'ng serial yakunladi. Yoshlar teleradiokanalida mazkur serial jami 60 qismdan iborat holda namoyish etilishi rejalashtirilgan.
                Barchamizni esa bir savol: Serial qanday yakun topishi qiziqtirmoqda, shundaymi? Biz bu haqida sizga qisqacha aytib o'tamiz.
                Serial voqealar rivoji: Abeer Nishanni uyiga olib keladi, Meher o'g'lidan ayrilib qolishdan, Abeer yana uni olib qochib ketishdan hovotirda. Ertasi kuni Abeer Meherning uyi qarishisidagi uyga ko'chib keladi. Ular endi qo'shini bo'lishdi. Shu qo'shnichilikni bahona qilib, Abeer tez-tez Meherning uyiga chiqib turadi. Albatta bunda turli-xil narsani olishni bahonda qiladi. Uning asl maqsadi esa o'g'li Nishan va xotini Meherga yanada yaqinroq bo'lish edi.  Akshat Nishanga "boshqa Abeer bilan gaplashma, u yomon odam, agar yana Abeer bilan gaplashsang sendan qattiq hafa bo'laman" kabi so'zlarni aytib, uni Abeerdan uzoqlashtirishga urinadi. Ammo dono Abeer o'g'liga yaqinlashishning boshqa yo'lini topadi. Nishan ta'lim oluvchi maktabga borib, O'sha yerda musiqadan dars beruvchi o'qituvchi sifatida ishga kiradi.
                Abeer maktabda o'g'lini bir chetdan kuzatib turganda, Nishanni yoniga bir nechta o'quvchi bolalar kelishadi, bezori bolalar Nishanning kitoblarini sochib tashlashadi, o'zini esa turtib yerga yeqitishadi va ustidan kulib ketishadi. Taxqirlangan Nishan otasi Akshatga qo'ng'iroq qilib, bo'lgan voqeani aytadi, Akshat esa unga bo'lgan voqeani o'qituvchinga ayt deydi. Nishan bu gaplarni o'qituvchisiga ayta olmasdi, agar aytsa bezori bolalar uni battar jig'iga tegishligini yaxshi bilardi. Shu payt Abeer uning yonida paydo bo'ladi, Abeer unga: "kuchli bo'lishing kerak, seni kamsitishlariga yo'l qo'yma, bu dunyoda biron narsaga erishmoqchi bo'lsang kurash, balkim u sendan kuchliroqdir, Ammo sen qo'rqma u seni ursa sen ham unga javob qaytar" deb dalda beradi. Shu tariqa Nishan va Abeer yana yarashib, yanayam inoqlashishadi.
                Abeerning otasi Kuber Malxotra esa nabirasi borligidan juda hursand, u endi buva bo'ldi, u ham Nishanni ko'rishga intiq. Nabirasi borligini eshitib quvonganidan Meherga bo'lgan nafrati ham so'nadi, Endi Meher, Abeer va Nishan barchasi bilan bir oila bo'lib yashashga harakat qiliadi, Abeerning otasi.
                Uyda esa Akshat Nishanni yana ursha boshlaydi, nega bolalar bilan mushtlashding, deb unga baqiradi. Tabiykiy bu Nishanga og'ir botadi. Nishan kundan-kunga Akshatdan uzoqlashardi. U bir kuni darsa o'tirganida bir kitobda ajoyib voqeani o'qib qoladi va bu haqida o'z o'qituvchisidan so'raydi. Qissada ikki shaxzoda bir malikani yoqtirib qolgani, Malika esa ulardan qaysi birini tanlashga ikkilangani va kim uni kuchliroq yaxshi ko'rishini bilish uchun bir kichik sinov o'tkazgani haqida edi. Nishan ham shunday ayyorlik bilan kim uni ko'proq yaxshi ko'rishini aniqlashni rejalashtiradi. taronanet uchun tayyorlandi. Unga ko'ra Abeer hamda Akshat uning qo'llaridan tutadi va ularga: "kim meni o'ziga tortib olsa o'sha meni eng ko'p yaxshi ko'radigan inson bo'ladi" deb aytadi. Akshat darrov rozi bo'ladi. Ular Nishanni qo'lidan torta boshlashadi, ammo Abeer o'z o'g'liga ozor berishni hohlamasdi, shu sabab qo'lini qo'yib yuboradi. Akshat hursand bo'ladi, ko'rdingmi o'g'lim kim seni ko'proq yaxshi ko'radi, deb Nishanni quchoqlab oladi. Nishan: Ha dada men bugun kim meni ko'proq yaxshi ko'rishini bildim, Abeer meni hammadan ham ko'proq yaxshi ko'rar ekan, ammo nima uchun? Buni aniqlashim kerak? deb aytadi.
                Ertasi kuni Nishan o'zining birinchi va haqiqiy otasining suratlarini qidra boshlaydi, Onasiga otasining suratini ko'rsatishini aytadi. Ammo Meher ko'rsatmaydi, shu payt Akshat kelib, yana Nishanga baqirib beradi va jaxl ustida uning gitarasini urib sindiradi. Nishan yeg'lab, Abeerning uyiga chiqib ketadi. Abeerga u bilan birga yaxshashini, Akshat otasi bilan ortiq yashashni hohlamasligini aytadi. Hullas, shundan so'ng Abeer Meherdan ruxsat olib, Nishanni o'zi bilan o'z uyiga olib ketadi, unga xonasini ko'rsatadi. Nishan Abeerdan to'yiz bo'lganmi deb so'raydi, Abeer ha to'yim bo'lgan deb aytadi. taronanet uchun tayyorlandi. Nishan Abeerga qorni ochganini aytadi, Abeer unga ovqat tayyorlashlarini aytish uchun xonadan chiqib ketadi. Shunda Nishan Abeerning to'y kunidagi foto suratlarni qidiradi va ularni topadi, qarasa Abeer va Meher birga! Shundan so'ng Nishan uning haqiqiy otasi Abeer ekanligini biladi. Abeer xonaga kirib keladi, Nishan undan siz meni otammisiz deb so'raydi, Abeer ha o'glim, men seni otangman, deb aytadi. Shundan so'ng Abeer barchasi haqida o'g'liga gapirib beradi, ular yana ham qalin bo'lib qolishadi va Nishan otasiga: Sizga va'da beraman, siz va onamni yana birlashtiraman, Keyin hammamiz birga yashaymiz, deydi.
                Uyga borgan Nishan onasi Meherga: oyijon otamni kechiring... Mening haqiqiy otamni kechiring... (ha oyijon men haqiqiy otam kimligini bildim, ana u deb Abeerni ko'rsatadi). Ular sizni unutmaganlar, ularni kechiring oyijon.... Bundan jaxli chiqqan Akshat Abeerga tashlanadi, sen meni o'g'lim bilan oramizni buzmoqchimisan deb, Abeerni ura boshlaydi. Ko'zlari qonga to'lgan, g'azablangan Akshat puchoqni olib, Abeerga tashlanadi, Meher ularning o'rtasiga tushganda Akshat tasodifan pichoq bilan Meherning qo'lini kesib yuboradi. O'zini yoqotib qo'ygan Akshat Meherning uyidan chiqib ketadi, shunda Meher uni to'xtatadi. Akshat: Meher bilasanmi muammo nimada, sen hali ham Abeerni sevasan. Buni inkor qilishing mumkin, ammo bu haqiqat. Bo'ldi, yetar. Qachongacha meni ham, o'zingni ham aldab kelasan. Men borligim uchun sen uni sevishingni ayta olmayapsan, endi aytishing mumkin. Endi seni yo'lingni to'smayman. Baxtli bo'linglar.... deb Akshat Meherning uyidan chiqib ketadi.
                Abeer Meherning jaroxatlangan qo'lini bog'lab qoyadi va Meherga: iltimos meni kechir, kechir meni... Sevimni qabul qil, boshqa seni ko'zlaringdan yosh oqishiga yo'l qo'ymayman. Menga qayta turmushga chiqasanmi?..., deb aytadi.
                Nishan: Oyijon, iltimos Ha deng....
                Meherning oyisi: Meher, Ha degin...
                Meherning ammasi: Meher men hamma narsa deyishim mumkin, ammo haqiqat shundaki, u rostan ham seni sevginga munosib... Menimcha bu sening sevging kuchi...
Meher barchaning roziligi bilib, u ham rozilik bildiradi. Endi ular birga va baxtiyooor....

SHU BILAN FILMIMIZGA HAM YAKUN YASAYMIZ, E'TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR...

Eslatma: Saytning ushbu ma'lumotidan foydalangan boshqa saytlar saytimizni manba sifatida ko'rsatishi shart!


Manba:mp3lar.com
Категория: KINO YANGILIKLARI
Просмотров: 6154 | Комментарии: 3 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Bir Muhabbat Tarixi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 3
azis2008 Afsus tugab qoldi mening sevimli serialim, lekin "VILVET GALEREYASI" ning ikkinchi fasli bowlanar ekan xursandman
Like | 0
munisa21 Zur
Like | 0
aziz700 Oxiri yaxwiliy blan tugarkanu ura!
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:43
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное