Birgalikdagi birinchi Yangi yilimiz!”. Bayram oqshomida Shohruxxon Qorbobo, Asal Shodiyeva esa Qorqizga aylandi
Aktrisa Asal Shodiyeva 1-yanvar kuni Instagram’dagi sahifasida turmush o‘rtog‘i, xonanda Shohruxxon bilan birga tushgan suratini e’lon qildi.
Suratda xonanda Qorbobo, aktrisa esa Qorqiz ko‘rinishida ekanini ko‘rish mumkin.Mazkur fotosurat to‘liqsiz 13 soat ichida 31,5 mingga yaqin layk to‘plab ulgurgan edi. Ma’lumot uchun, Instagram’da Asal Shodiyevani 778 ming obunachisi bor.