Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Bitkoin kursi bir sutka ichida 25 foizga tushib ketdi


Avvalroq, bitkoin yangi yilni pasayish bilan boshlagani haqida xabar bergan edik. “CoinMarketCap” ma’lumotlariga ko‘ra bitkoin kursi bir sutka ichida chorak martaga tushib ketgan.

Portal axborotlariga ko‘ra, soat 03:50 da kriptovalyuta 25,1 foiz – 10,5 ming dollarga arzonlashgan. Bu holat 2017 yil dekabridan beri birinchi bor kuzatilmoqda.

Soat 9:50 ga borib kurs salga ko‘tarilgan, lekin yana tushishda davom etib, 11,04 ming dollarga yetgan. “Bitfinex” birjasida kriptovalyuta 14,6 foiz – 11,13 ming dollarga, “OKEx” birjasida 15,7 foiz – 10,84 ming dollargacha tushib ketgan.

“Octagon Strategy” treyderi Fernando Martinez aytishicha, “Kriptovalyuta bozorining umumiy moliyalashuvi Xitoy Xalq banki vise-gubernatorining raqamli valyutalar bo‘yicha izohidan so‘ng tezlikda tusha boshlagan”. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Janubiy Koreya bayonoti fonida bozorga qo‘shimcha salbiy ta’sir ko‘rsatdi. O‘tgan xaftada OAV Janubiy Koreya kriptovalyutalar savdosini taqiqlash bo‘yicha qonun loyihasi tayorlayotgani haqida xabar bergan.

Kriptovalyutalarni boshqarish bo‘yicha savollar hanuzgacha treyderlarni xavotirga solmoqda. Germaniya Markaziy banki direktori Yoaxim Vyurmeling aytgan gaplarga qaraganda, kriptovalyutalarni boshqarish dunyo bo‘ylab amalga oshirilishi kerak.

Uning fikricha, milliy va hududiy qoidalarni cheksiz internet olamida shakllantirish juda qiyin bo‘ladi. Bundan tashqari, “Bloomberg” agentligi xabariga ko‘ra, Xitoy Hukumati o‘tgan yil kriptovalyutaning birja bo‘yicha savdosiga qo‘ygan taqiqini kengaytirmoqchi.

Ma’lumot uchun, bitkoin – hisoblash qurilmalari yordamida “maynit” qilinadigan “blokcheyn” texnologiyasi asosidagi markazlashmagan kriptovalyuta tizimi.

“CoinMarketCap” servisi har bir mavjud bo‘lgan kriptovalyutani o‘rtacha narxi va moliyalashganligi haqida bilishga imkon beradi. Bitkoinning dollarga nisbatan bozor narxini hisoblashda agregator yigirmadan ziyod birja ma’lumotlarini hisoblaydi.

Raximjonov Qobiljon



Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 1854 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bitkoin
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное