Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Bo‘lajak kuyovni kim tanlaydi?


— Yoshim yigirma uchda. Ikki oycha oldin menga og‘iz solgan sovchilardan biriga rozilikberishdi. Yigit ota-onamga, qarindosh-urug‘larimga juda ma’qul. Ularning qistovibilan men ham taqdirga ko‘ndim. Mana, unashtiruv arafasidamiz. Biroq endiko‘ngilsizlikdan qiynalyapman. Avvalo, kuyovning tashqi ko‘rinishi yoqmadi. Qolaversa, to‘yoldi uchrashuvlarni boshqacha tasavvur qilardim. Balki o‘ta xayolparastdirman... Uham bee’tibordek tuyulyapti. Ota-onamning ra’yi bilan oila qurib, bir umr afsusdao‘tishdan cho‘chiyapman. Kelajakda baxtli bo‘lishim uchun qanday yo‘l tutishim kerak?

Zebo

Kuyovni kim tanlagani ma’qul? Albatta, ikki yoshning tanlovi ixtiyoriy bo‘lishi kerak. Biroq qiz bola doim ham o‘z hissiyotlarini aniq-tiniq anglay olmaydi. Shu ma’noda ota-ona tajribasiga quloq tutgan ma’qul. Ruhshunos Shahnoza XALILOVA bilan«kundaligi»mizga yangi mavzuni yozamiz.

Kutil(ma)gan o‘zgarishlar

Hayotda hamma narsa ham qat’iy bir yo‘riqnomaga asoslanganda uning qizig‘i bo‘lmasdi. Shu ma’noda bizning rejalarimiz kutilmaganda boshqacha tus olishi tabiiy hol. Muhimi, har bir vaziyat va tanlov qarshisida turganimiz mahal mas’uliyatni to‘liq zimmamizga ola bilishimizdir. Ayni paytda sizning ichki dunyoingiz va ong ostida o‘zgarishlar yuz berayapti. Balki shu paytgacha barcha talab va takliflarga «Іa», «Xo‘p», «Roziman» deya javob qaytargandirsiz. Endi esa ikkilanish paydo bo‘layapti. Bu yaxshi, albatta. Chunki ota-onangizga qanchalik ishonmang va ular sizni qanchalik ishontirishmasin, oila qurish, o‘zaro munosabatlar borasida mustaqil fikringiz shakllanayapti. Savol tug‘iladi: ota-onaning tanloviga qarshi chiqish kerakmi? Yo‘q. Ularning fikrini hurmat qilish va o‘rganish lozim. Qat’iy yo‘q deyish yoki taqdirga ko‘nib «Xo‘p bo‘ladi» dasturi bilan ish ko‘rish ham yaramaydi. Axir, gap sizning taqdiringiz ustida ketayapti.

Yigit ota-onaga ma’qul bo‘lsa...

Bizning zamonamizda ota-ona o‘zi tanlagan yigitga qizining oyoq-qo‘llarini bog‘lab uzatib yuborishi... Bunga nafaqat ishonish qiyin, balki yuz berishi mumkin bo‘lmagan holat hamdir. Yo‘q, deyishga shoshmang. Bosim ostida, majburlov, qat’iy shartlar asosida ko‘ngilsiz turmush qurishlar ham uchrab turadi. Ammo bu o‘rinda ham gap yoshlarning mas’uliyatdan qochishi, o‘z meniga ega egamasligidadir. Xo‘sh, siz taqdiringizni bog‘lashingiz mumkin bo‘lgan inson (ota-onangiztanlagani emas, umuman yigitlar)ga o‘z talablaringiz bormi? Qanday yigit bilan oila qurishni istaysiz? Birinchi o‘rinda siz uchun nima muhim? Munosabatlarni qanday tasavvur qilasiz? Bu savollarga oydinlik kiriting. Rozilik berilgan yigit esa ota-onangizning talablariga javob bergan. Atrofingizda girdikapalak bo‘lishi, quchoq-quchoq gullar, orzudagi uchrashuvlar, oliftanoma ko‘rinish — bular qaysidir ma’noda rol o‘ynashi mumkin,ammo o‘ta hayotiy zarurat emas.

U nega e’tiborsiz?

Uchrashuvga chiqqanda orzu-xayollar chilparchin bo‘lgach, kayfiyatingiz tushib ketishi tabiiy. Natijada yigit bilan yaqindan tanisha olmaysiz. Aslida, qizlarga yigit haqida ma’lum bir xulosaga kelish uchun uch uchrashuv kifoya, deydi mutaxassislar. Keling, chegaralamaymiz. Yaxshisi, unashtiruv arafasida turgan yigitning ko‘ngliga qo‘l solib ko‘rishingizni tavsiya qilamiz. U bilan uchrashuvga chiqqanda siz ham to‘nni teskarib kiyib, o‘z qobig‘ingizga o‘ralib olmasligingiz kerak. Avval neytral mavzuda gap boshlang. Darrov chuqurlashmang. Bolalik, qiziqishlar, o‘ziga xos prinsiplari, sekin-asta, maqsadlar, tuyg‘ular, oilaviy hayotga munosabatini bilib olish mumkin. Muhimi, u sizga qalbini ochadi. Siz unga. Shunda oila qurish masalasiga ikkingizda ham xayrixohlik kuchayadi.

Unutmang, biror qaror qabul qilayotganda faqat hissiyot yoki aqlning o‘ziga suyanish noto‘g‘ri. Ikkisining uyg‘unligida bir xulosaga kelinsa, oxiri baxayrbo‘ladi.

Sizga baxt va muhabbat tilab...

DUGONANGIZ




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 8517 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bo‘lajak kuyov
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Dilso'z пишет: | 01.02.2018 | 18:10 #1 Страница с комментарием
omina1710 Albatta sevishib turmush qurmayatganiz u.n sizga shunde tuyulyapti haqiqiy hayotda hayolparaslik otmaydi buyogiga shirin va achchiq hayotga qadam qoymoqdasiz shuning u.n jiddiy qarang hayotingizga birinchi uchrashuvda hech kim hayolidagi insonni ayniqsa biz ayollar korolmimiz.hozir yoqmagan bolsa kuyov toydan keyin nikohni orni katta nikoh isitadi muhimi erkak kishi sizni sevishi tushunishi qullab quvvatlashi vaqti kelganda yaqinlaridan kamchiliklarizi yashirib bilmaganizi sabr b.n orgatsa anashu sizning yutugingiz turmush ortogiz shunde bolishi u.n siz uning yaqinlarini hurmati hizmatini va ayollik xizmatizi konglizdan chiqarib mehr b.n qilsezgina turmush ortogiz siz hohlagande osha xayolizdagi insonde boladi.gapiradigon gap kop hayotni ozi sizni tarbiyaledi. Sizga maslahatim toydan oldingi sevgi muhimmas toydan keyingi sevgi sizni baxtiz ana shu,shuni bilinki sizi xayollarizda qande ikkilanish bolayatgan bolsa erkak kishida undan ham kuchli ikkilanish boladi.uniyam oziga yarasha orzusi oilasini hurmat qiluvchi ota onasini ozinikiday yaxshi koruvchi ayol turishini xoxledi
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 03:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное