Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Bola kimning aybi bilan vafot etdi?


Besh yoshli bolaning buvisi nevarasini tishi og‘rigani sababli stomatolog shifokorga olib borgan. Muolaja paytida bola qattiq qarshilik ko‘rsatgani uchun shifokorlar narkoz orqali jarrohlik operatsiyasi o‘tkazishni ma’qul topishgan. Operatsiyadan so‘ng bolakay koma holatiga tushgan va shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan.

Oktabr oyining oxirlarida stomatologik jarrohlikdan so‘ng komaga tushgan bolakay oradan bir qancha vaqt o‘tgach, aniqrog‘i 17 noyabr kuni shifoxonada vafot etgani ma’lum qilindi.

Tergovchilar bola jasadini ko‘zdan kechirganlar. Rossiyaning Tomsk shahrida yuz bergan bu voqea yuzasidan jinoyat ishi oktabr oxirida qo‘zg‘atilgani aytilmoqda.

Aybdorlar aniqlansa, ularni Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksiga asosan ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi kutayotgani xabar qilingan.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 9022 | Рейтинг: 0| Рейтинг: aybi bilan, Bola, kimning, vafot etdi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное