Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Bolali ayolga uylanmoqchiman!


«Yoshim yigirma uchda. Oliygohni tugatganman, ishlayman. Bundan bir yil ilgari biz yashaydigan ko‘p qavatli uyga yol­g‘iz bir ayol ikki bolasi bilan ko‘­chib keldi.

Qo‘ni-qo‘shnilarning aytishicha ayolning turmush o‘rtog‘i Rossiyaga ishlagani ketgan ekan. Keyinchalik ayolning eri av­tohalokat sabab o‘sha yerda vafot etibdi. Marhumning aka-ukalari ayolga uy-joy qilib berishibdi. Lekin qat’iy ta­lablar qo‘ymay: «Yoshsiz, agar ko‘ng­lingizga yoqadigan, jiyanlarimizning boshini si­laydigan insonni uchratsangiz, biz turmushga chiqishingizga qarshi emasmiz. Akamning xotirasi bilan yashang, dunyodan yolg‘iz o‘ting, deb talab qo‘­yishga haqimiz yo‘q. Lekin qarindoshchilik aloqalarimiz uzilmaydi», deyishibdi. Bu gaplarni onamdan eshit­dim. Avvaliga ayolga achinib qaray boshladim. Bayramlarda, hayit kunlarida ayol­ni yoddan chiqarmasdik. Onam birortamizdan yeguliklar, non-ovqat berib ularnikiga chiqarib yuborardi. Ayol bilan salom-alik qiladigan, gaplashib turadigan bo‘ldik. Ba’zi vaqt­larda uning ishi chiqib qolsa, bolalarini biznikiga qoldirib ketardi. Yoshlikmi yoki havasmi, o‘sha ayolga ko‘nglim tushdi. O‘zini tutishi, bolalariga e’tibori, bizga, oilamdagilarga qilgan munosabatidan juda xursand bo‘lardim. O‘ta tarbiyali, oqi­la ayol. Farzandlariga ham sizlab murojaat qilardi. Vaqt o‘tgan sari men biror bahona bilan ayolni ko‘rishga intiladigan bo‘lib qoldim. Oxir-oqibat unga ko‘nglimni yordim.

– Siz men orzu qilgan ayolsiz. Sizga uylanmoqchiman. Farzandlaringizga ham mehr bera olaman. Ko‘p o‘ylab shu qarorga keldim, — de­dim. Rayhon opa (uning ismi shunday) esa miyig‘ida kulib:

– Bir yomon tush ko‘rdim, deb hi­soblang. Bu gaplarni unuting. Ayt­ganlaringiz oramizda sir bo‘lib qoladi, — dedi.

Men esa qaysarlik qildim. Rayhon opa meni uyga jo‘natib yubordi. Shu voqeadan keyin uyimizdan oyog‘ini uzdi. Mening kutilmagan tashriflarimga eshigini ochmasdi. Ichkaridan turib urishib jo‘natib yuborardi. Tinmay boraverganimdan keyin uyiga kiritdi. Xonada qizi va o‘g‘­li o‘y­nab o‘tirishgan ekan. O‘zi yotog‘iga kirib ketdi-da, marhum erining suratini ko‘tarib chiqdi. Bolalar dadasiga ikki tomchi suvdek o‘xshardi. Hayratda qoldim.

– Men ularni ko‘rganimda erimni ko‘rgandek bo‘laman. Ulardan dal­­­da, kuch olaman. Men turmushga chiqmoqchi emasman. Bolalarimning qalbini tirnashni istamayman. Siz esa ertasini ko‘rolmaydigan go‘daksiz. Ota-onasiz hech kimsiz. Meni boshqa bezovta qilmang. Agar sha’nimga dog‘ tushib, qarindoshlarim, farzandlarim oldida uyatga qoladigan bo‘l­sam, onangizning yoni­ga boraman, — deb uydan chiqarib yubordi.

Lekin men uning ko‘z­larida mehrga muhtojlikni ko‘r­dim. U ayol suyana olish mumkin bo‘l­gan insonni kutayotganini sezdim.

Endi unga qo‘ng‘iroq qila boshla­dim. Ba’zida u meni ting­lab, yax­shi gap bilan yo‘ldan qaytarishga urinardi. Ba’zan urishib berardi. Nav­batdagi qo‘ng‘irog‘imda u go‘­shakni ko‘targach, yig‘lab yubordi. An­cha gaplashdik. Uni so‘­rab bir keksa erkakdan sovchi ke­layotgan ekan. Ota-onasi, yaqinlari rozi emish. Sababi, ayol boshqa farzand ko‘r­maydi va erkak mana shu farzandlarga mehr beradi, deb uni turmushga chiqishga undashayotgan emish. «Agar siz hech bo‘lmasa bir marta oi­la qurganingizda edi, o‘y­lab ko‘rgan bo‘lardim», dedi-yu, go‘­shakni qo‘y­di. Ichimdagi umid olovi yanada alanga oldi. Rayhon opani ko‘ndirish mumkin. Uydagilar esa baribir, mening ko‘nglimga qa­rashadi, deb o‘yladim. Meni uylantirish niyatida yurgan ota-onamga kutilmagan gapni yetkazdim. Ochig‘i, shu yoshga yetib ota-onamni bi­ror marotaba bu­naqa ahvolda ko‘rmagan edim. Da­dam g‘azab ustida kamarini yechib, savalashga tushdi. Onam esa izillab yig‘lagancha men­ga yalina boshladi. O‘zimning ham boshim gangidi. O‘sha kecha uyimizda hech kim tonggacha ux­lay olmadi. Ertalab onam sho­sha-pisha ko‘chaga chiqib ketganini ko‘r­dim. Oradan hech qancha vaqt o‘t­may Rayhon opa bilan kirib keldi.

– Men o‘g‘lingizni yo‘ldan urganim yo‘q. O‘zi ko‘pdan beri uyga borib, telefon qilib yuribdi, — de­di u o‘zini oqlash niyatida.

– Nega menga bir og‘iz aytmadingiz? Sizni noto‘g‘ri tushunmasdim. Axir qizimdek ko‘rardim, -dedi onam yig‘lab. Rayhon opa jim. Men esa uydagilarni mana shu nikohga ko‘ndirishga urindim. Dadam ham, onam ham meni eshitishni istamadi. Oxiri dadam Rayhon opaga yuzlandi:

– Tegasanmi o‘g‘limga? — dedi.

– Xavotir olmang, Anvar aka. Men oilangiz tinchini buzmoqchi emasman. Bugunoq qaynilarimga ay­tib, ularning hovlisiga ko‘chib ketaman. Beva ayolning boshi malomatdan chiqmas ekan. O‘z baxtiqaroligimga sizlarni ham sherik qilmoqchi emasman, — dedi.

– Shu gapingda turasan-a? — dedi dadam qat’iy qilib.

– Ikkita bolam bor. Guldek o‘g‘­lingizning umrini xazon qilsam, kasri bolalarimga urmaydimi? Qar­g‘ishingizga qolib bir umr baxt­siz bo‘lmaymanmi?! — dedi Ray­hon opa yig‘lagancha.

– Rahmat senga, qizim, — dedi dadam. Onam esa ho‘ng-ho‘ng yig‘lashdan to‘xtamasdi.

Shu bilan mening g‘o‘r muhabbatimga nuqta qo‘yildi. Rayhon opa ham ko‘chib ketdi. Lekin men hamon o‘zimga kelganim yo‘q. O‘sha ayolga uy­lanmoqchiman. Hatto bir marta yurak yutib Rayhon opaning qaynisi bilan ham uchrashdim. Maqsadimni aytdim.

– Ukajonim, hali yoshsan. Hayotning achchiq-chuchugini tatimagansan. Avvaliga begona bolalarga mehr berarsan, lekin bu otalarcha emas, akalarcha mehr bo‘ladi. O‘z farzand­laring tug‘ilgach, sening hozirgi tuy­g‘ularingdan asar ham qolmaydi. Shunday ekan, o‘zingni qo‘lga ol, aq­lingni yig‘, — dedi.

Men esa o‘zimni qo‘lga ololmayapman. Kuni kecha onamga yig‘ladim. «Rayhonsiz o‘lib qolaman», dedim. Onam esa bu ishlarim noto‘g‘ri ekanini ta’kidlashdan charchamaydi.

– Agar to‘g‘ri yo‘lni topolmayotgan bo‘lsang, nomingni sir tutib ga­zetaga maktub yoz. Odamlarning o‘zi hayotiy tajribalaridan kelib chiqib senga xolis maslahat berishadi, — dedi.

Shu sabab, maktub yozdim. Axir men kabi oilali ayolga uylanib, baxt­li yashayotgan insonlar ham bordir? Yoki bundaylarning hammasi baxtsizmi?..»




Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 11999 | Комментарии: 4 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Bolali ayol, uylanmoqchiman
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 4
Boymurodov H H H
Like | 0
Boymurodov Uziz bilasiz
Like | 0
nasiba98 agar hakikatdan sevgan bolsangiz sevgingiz ucin kurarishingiz lazim manimca nafakat 2 balasi agar 5 balasi bolsa ham kecmaslik kerak agar kecsangiz u sevgi emas adi bir havas manimca
Like | 0
аватар отсутствует Bu sevgi emas shunchaki örganib qolishga öxshagan tuyğu. Vaqti kelib uzingiz tengi qizga uylanmaganligingiz uchun afsuslanishingiz mumkun. Bolalarni esa ukangizdek ķörasiz xolos. Chunki farzanddan oldin oila yukini kòtarishni bilishingiz kerak menimcha
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:47
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное