Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » Bollewood (Xindiston yangiliklari)

Bollivud yulduzi Shohruhxon AQSh aeroportida qo‘lga olindi

Mashhur hind aktyori Shohruhxon 12 avgust kuni tunda AQShning Los-Anjeles shtati aeroportida qo‘lga olingan, deb xabar beradi “TASS”. 
Shohruhxon pokemon tutgani uchun migratsiya xizmati tomonidan so‘roq qilingan. Mazkur hodisa haqida aktyor o‘zining Twitter`dagi rasmiy sahifasida ma’lum qilgan. 
  
“Men butun dunyoda qabul qilingan xavfsizlik choralarini tushunaman va hurmat qilaman, biroq har safar AQSh migratsiya xizmati tomonidan qo‘lga olinaverish, haqiqatdan ham charchatadi”,—deb yozadi aktyor o‘zining mikroblogida. 
Shohruhxonning aytishicha, u bo‘sh vaqtini pokemon tutish bilan o‘tkazishga qaror qilgan. Ammo hind kinosidan umuman bexabar aeroport xodimlariga uning xatti-harakatlari shubhalidek tuyuldi. Aeroport xodimlari soqchilarga murojaat qilganidan so‘ng Shohruhxon qo‘lga olingan va so‘roq qilingan. 
Bu Bollivud yulduzining AQSh aeroportida birinchi marta qo‘lga olinishi emas. 2012 yilda u talabalar bilan uchrashish uchun bir necha hamkasblari bilan AQShga uchib kelganida ham huquq-tartibot organlari tomonidan so‘roq qilingan edi.
O‘shanda aktyor ikki soatcha vaqtini hibsda o‘tkazgan edi.


Категория: Bollewood (Xindiston yangiliklari)
Просмотров: 19916 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Shohruhxon, Bollivud yulduzi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
NaTaLi Voy bechora
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное