Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qalbim Chechagi-soundtreck3
. Ishq Jodusi-soundtreck
. Gulperi - Soundtreck (Turk serial)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Efir Sirlari - Soundtrack 2
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Ayol Qalbi - You can't say (english version)
. Великолепный Век-Soundtreck 2
. Ishq Ertagi - Title sound
. Malikam Endi qara - Ask Laftan
. Gulperi - Soundtreck music (Turk serial)
. Muhabbat tafti - Rabba Ve
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Hello-Goodbye
Главная » Файлы » SEVGI DUNYOSI

Boylik bilan niqoblangan oila qismati


— O'n yetti yoshimda meni fotiha qilishdi. Kelin bo'lishni barcha qizlar istashi tabiiy, albatta. Shu boismi, bu shirin orzum amalga oshayotgani uchun qattiq hayajonlandim. Garchi kuyov bo'lmish bilan bir oy avval tanishib, gaplashgan bo'lsam-da, baribir, yuragim
shubha-gumondan bir zum bo'lsa-da, xoli emasdi. Sherzod aka bilan ilk uchrashuvimiz hamon yodimda…

Tog'amning uyida uchrashgandik. Qo'shni qizlardan uyalib, tog'amdan xavfsirab, bo'lajak kuyov bilan ko'rishgandim o'shanda.

Faqat salom-alik qilgancha ikkimiz ham jim turgandik. Azbaroyi uyalganimdan yuziga ham yaxshi qaramagan ekanman. Qolaversa, onam: «Senga yoqsa ham, yoqmasa ham shunga tegasan», degani uchunmi, gap-so'zining farqiga bormaganman ham. Kelinoyimning maqtashicha, u juda yaxshi yigit ekan. Tijoratchi onasining yakkayu yagona o'g'li. Butun hovli-joy, bor-yo'q bisoti menga atalganmish. Asosiysi, onasining o'zi meni yoqtirib qolganmish. Eh, bugun o'sha gaplarni eslasam, alamdan yuragim titrab ketadi. Onam ham, otam ham, men ham kelinoyimning maqtovlariga uchgan ekanmiz…

Qiz bola uchun oq ko'ylak kiyish naqadar baxt ekanligi hammaga ma'lum. O'sha paytda bu baxtdan sarmast bo'libman-u, shu baxt bir umrga bo'lishini Xudodan so'ramabman. Niyatni butun qilish kerak, deyishadi. Men esa chala niyat qilgan ekanman, chog'i…

Dabdabali to'y bo'ldi. Qaynonam yolg'iz o'g'li uchun bor-budini to'kib sochdi. Onam xursand, o'rtada turgan kelinoyim shod. Mening quvonchim cheksiz. Sherzod akam ham mendan ko'zini uzmasdi.

Ertasi kuni kelinsalomda qaynonam bo'ynimga tilla zanjir taqdi. Bir sevinchimga ming sevinch qo'shildi. Axir oilamizni ko'rolmaydigan qo'shnilarimiz meni uzatib kelishgandi-da. Qaynonamning saxiyligini ko'rib, meni yaxshi joyga berishganidan ichlari yonib ketadi, deb o'yladim. Xullas, hamma rasm-rusumlar poyoniga yetdi. Endi haqiqiy keng uyning keliniga aylandim. Savdogar qaynonam erta ketib, kech qaytar, erim ham qayoqqadir chiqib ketardi. Mening vazifam dang'illama hovlini saranjom-sarishta qilib o'tirishdan iborat edi. Avvaliga domda o'sganim uchunmi, hovlining ba'zi yumushlariga kirisholmadim. Buni payqagan qaynonam:

— Dilfuzaxon, birorta xizmatkor olib kelsam, durust bo'larkan-a?! — dedi kinoyali tarzda. Gapida bitta hovlining ishini eplolmayapsan-a, degan kesatiq yotardi. Qaynonam tishlamay uzib olgandi.

— Yo'q, oyijon, o'rganib ketaman, — dedim jilmayishga urinib. Lekin shu hovlini sarishta qilib yurish menga nasib etmagan ekan.

To'yimizdan bir hafta o'tib, erimning kirdikori fosh bo'ldi. Ko'zlari qizarib, sarhush qiyofada yotoqxonaga kirgan Sherzod akamni tanimadim. U nuqul menga qarab kulardi. Bundan qo'rqib, sabrim chidamay:

— Sherzod aka, sizga nima bo'ldi? — deb so'radim.

U esa hamon hiringlagancha:

— Hech narsa, jonidan. Bugun bir maza qildik, — deya quchoq ochib menga yuzlandi.

Undan kelayotgan badbo'y hidga chidab bo'lmasdi. Hadiksirab, quchoqlashga urinayotgan qo'llarini itarib yubordim. Shunda ko'zim erimning bilagidagi tomirga urilgan igna izlariga tushdi. Ko'karib ketgan igna izi meni karaxt ahvolga solib qo'ygandi. Bilagiga qarab, jim bo'lib qolganimni ko'rgan erim yana hiringladi:

— Ha, nega hayronsan, Dilfuz? Xohlasang, senga ham o'rgataman.

U men tomonga yaqinlashdi. Qo'rqib ketgandim. Xayolimda so'nggi jumla aylanardi: «Hozir u menga ukol qiladi». Yugurib hovliga otildim. Nafasim bo'g'zimga tiqilgancha ayvonda o'tirgan qaynonamning yoniga shoshildim.

— Oyijon, oyijon, o'g'lingiz… — garangsib qolganimdan so'z topolmasdim.

Vajohatimni ko'rib qaynonam:

— Nima, nima bo'ldi? — degancha halloslab o'rnidan turdi.

Dodlagancha yig'lab yubordim. Hamon hech narsaga tushunmagan qaynonam yuzimga tarsaki tushirdi.

— O'zingizni bosing, nima gap?

— Oyi, — hiqillab gapira boshladim. — O'g'lingiz… o'ziga ukol qilyapti.

— Bo'ldi, bas!

Qaynonamning baland ovozidan jim bo'ldim. Umid bilan unga tikildim.

— Bilardim, bilardim, shunaqa bo'lishini, — endi qaynonam yig'lamsirab gapirardi. — Sherzodga yalinib-yolvordim. Aytganingni qilaman, bu yo'ldan qayt, dedim. Yo'q, qo'limdan kelmadi. Dushmanlarim kuchlilik qilishdi. Ular o'g'limni shu narsaga o'rgatishdi. Uni davolatishga harakat qildim. To'ydan oldin yaxshi bo'lib qolgandi. Yana…

Qaynonamning gaplarini eshitib angrayib qoldim. Erimning holati yonida qaynonamning gaplari o'tib tushdi. Nahot o'g'lining giyohvandligini bilib, uyalmay birovning bolasiniyam shu chohga itarsa? Boyligim hammasini bosib ketadi, deb o'ylaganmi? Kelinoyim yigitning onasi sizni yoqtiribdi, degandi. Demak, ko'ziga sodda ko'rinibman-da. Nima desam ko'nadi, deb o'ylagandir-da. Bo'ynimga ilingan tilla zanjir bejiz emaskan-da.

Bir lahzada xayolimdan ming xil o'y o'tdi. Chidab turolmadim.

— Meni aldab, kelin qilibsiz-da?! — o'zimni bosolmay qaynonamga baqirdim. — Boyligimni ko'rib, giyohvand o'g'lim bilan yashashga ko'nadi, degansiz-da, to'g'rimi?

— Yo'q, Dilfuzaxon, Sherzod sizni yaxshi ko'rib qoldi.

— Aldamang, kelinoyimni o'rtaga qo'ygan siz edingiz. Meni… — gapimni tugatolmay yig'lab yubordim.

— Dilfuzaxon, iltimos, meni ham, o'zingizni ham sharmanda qilmang. Ikkimiz harakat qilsak, Sherzod tuzaladi. Axir bir haftalik kelinning uyiga qaytib borishi yaxshi emas-ku…

Kaftimni og'zimga bosgancha ko'z yoshiga erk berdim. Qaynonam haq edi. Men bir haftalik kelin holimda uyimga qaytolmasdim. Mahalla-ko'y, qarindosh-urug' nima deb o'ylaydi? Otam boshini qanday ko'tarib yuradi? Chorasiz edim. Yig'lashdan boshqasiga kuchim yetmasdi.

Xudodan umid qilib, yashay boshladim. Lekin homilador bo'lib qolishdan qo'rqardim. Giyohvanddan tug'ilgan bola nogiron bo'lishini eshitgandim. Imkon qadar erimni o'zimga yaqinlashtirmaslikka urinardim.

Har qanday sabrning ham chegarasi bor ekan. Qaynonam aytganidek, bardoshim yetmadi. Erim tuzalish o'rniga kundan-kunga battar bo'lib borardi.

Kunlarning birida Sherzod akam uyga kirib, kuch bilan bilagimdan tutdi va tomirimga nina sanchmoqchi bo'ldi. Tomirimni ushlab nina suqishga urinayotgan erimdan nafratlanib ketdim. Jon holatda atrofga alangladim. Qo'limga qaerdandir tunchiroq ilindi. Bor kuchim bilan erimning boshiga tushirdim va yugurgancha ko'chaga otildim.

Ahvolimni ko'rgan otam erimnikiga boshqa jo'natmadi. Bir yo'la ko'ch- ko'ronimni ham olib keldi. Qo'rqqan oldin musht ko'taradi, deganlari rost ekan. Qaynonam kelgan kunimning ertasigayoq turli gap-so'zlarni tarqatdi. Mening esa dardim ichimda. Bir oylik kelinchak holimda turmushimdan ajragandim.

Ochig'i, og'zi kuygan qatiqni ham puflab icharkan. Endi turmush qurishga yuragim betlamasdi. Yana qandayiga ro'para bo'laman, Xudo biladi. Ammo onam meni tezroq uzatishni o'ylardi. Qo'shnilardan uyalardi, chog'i. «Qizim, falonchi seni so'rab keldi», derdi goh-gohida ko'zimga qarolmay. Men esa hech narsaga, hech kimsaga ishonmay qo'ygandim. Iloji bo'lsa, uzoqlarga bosh olib ketsam….

Shunday kunlarning birida Mahkam bilan tanishib qoldim. Birinchi qavatga yangi ko'chib kelgan ayol — Sanobar opanig ukasi ekan. Mendan bir yosh katta, hali uylanmagan. Avvaliga shunchaki so'rashib o'tishlar bora-bora suhbatlarga aylandi. Podyezd yonida turib allanimalarni so'rashga tutingan Mahkamga men ham javob berib o'taverardim. Ba'zan uzoqroq suhbatlashib qolardik. Sanobar opaga ukasi bilan gaplashishim yoqmasligini bilardim. Lekin uning o'zi birinchi bo'lib so'z qotardi va javob berishga majbur bo'lardim.

Xullas, bir kuni Mahkam menga sevgi izhor qildi. Avvaliga nima deb javob berishni bilmadim. To'g'risi, o'zim ham unga bog'lanib ulgurgandim. Balki, sevib qolgandirman. Ammo u uylanmagan yigit, men esa turmush ko'rgan ayolman!

Mahkamning sevgi izhor qilganini eshitgan onam quvondi. To'yimizga rozilik bildirdi. Hatto otamni ham ko'ndirdi.

Lekin kutganimdek yigitning uyidagilari rozilik berishmadi. Sanobar opa ota-onasiga nimadir, degandir, balki. Onasi sovchilikka kelishdan bosh tortdi. Men ham ikkilanib qolgandim. Uni qanchalar yoqtirmay, baribir, turmush qurgan degan nomim bor. Onam esa: «Nimasi yomon, balki, baxting shu yigit bilan», deb meni ko'ndirishga urinardi. Mahkam esa: «Menga sendan boshqa hech kim kerakmas. Baribir, senga uylanaman», derdi. Nihoyat, muhabbat g'olib keldi. Mahkam ota-onasini ko'ndirdi.

Ikkinchi marta oq libos kiyib, otam bilan xayrlashdim. Yana uyimga qaytib kelmaslikni ich-ichimdan so'rab, duo qildim.

To'y bo'ldi. Oq libosda davraning to'rida o'tiribman-u, hamma menga qo'lini bigiz qilib ko'rsatayotgandek tuyiladi.

Ikkinchi marta oq libos kiygan ayol o'zini noqulay his qilarkan. Atrofingda hamma narsa sun'iydek go'yo. Hammasi yuzaki. To'y ham nomigagina bo'ldi, aslida. Mahkam uylanmagan bo'z yigit bo'lgani uchun. Bo'lmasa, to'y qilish kimga kerak edi.

Meni o'ylantiradigan savol bor: «Qachondir erim juvonga uylangani uchun afsus qilmasmikin?» Bir marta shu haqda gap ochganimda og'zimni to'sgandi.

To'y o'tdi. Sekin-asta bu hovliga ham ko'nika boshladim. Garchi qaynona, qaynopalarim meni suyishmasa-da, sevimli kishim yonimdagiligidan shod edim.

Endi qo'ldan kelgancha baxtimni tutib qolishga, asrashga harakat qilaman. Shu qaror bilan yangi hayotni boshladim…

DILFUZA,

«Hordiq plyus» gazetasidan



Manba:hordiq.uz

Eslatib o‘tamiz, xar yakshanba muxlislar kuni bo‘lib, o‘z muammo yoki ko‘ngil kechinmalari bilan bo‘lishib, keng omma bilan xal qilishga imkoniyatingiz bor.
tarona.net@bk.ru pochtasiga voqea yoki muammoingizni yozib yuborishingiz yoki @TaronaSupportBot manziliga telegramdan voqeangizni yuborishingiz mumkin.
Bunda sizni telefon raqamingiz ko‘rinmasligi va sizni voqeangiz anonim tarzda chop etilishiga kafolat!
Diqqat! Saytga chop etilib bo‘lingan maktub keyin talabga binoan olib tashlanilmaydi!
Voqeangiz sayt orqali keng ommaga chiqishi va xalqdan turli maslaxatlar bo‘lishini bilib turib jo‘natdingizmi, o‘zingiz kutmagan va yoqtirmagan maslaxatni olib keyin olib tashlang deyish mantiqsiz!
Категория: SEVGI DUNYOSI
Просмотров: 6823 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Boylik, oila qismati, niqoblangan
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное