Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Qo'rqmas - soundtreck 3
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - piano music soundtreck
. Muhabbat tantanasi - soundtreck
. Ishq Jodusi - Latina Instrumental
. Kuz ertagi-soundtreck 2
. Qirolicha - Soundterck
. Ko'sem - Safiye nin cenazi (Turk serial)
. Jumong-soundtreck
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Osiyo-Soundtreck
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Klon-soundtreck
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Boylik va Omad chaqirishning 21 usuli

Minglab odamlar maoshdan maoshgacha, amal-taqal qilib kun kechirishadi. Moliyachi Tom Korli boy va kambag‘al odamlarning hayotini, turmush tarzini kuzatdi. U o‘zining “Kundalik omad: badavlat odamlarning odatlari” nomli kitobida boy va kambag‘al odam o‘rtasidagi tavofutni ko‘rsatib bergan va omadli, badavlat inson bo‘lishning sirlari bilan o‘rtoqlashgan. “Lifehacker.ru” nashri sizni busirlar bilan tanishtiradi.
1. Foydali odatlarni kundalik hayotingizga tatbiq eting
Foydali odatlar — boylik to‘plashning asosidir. Shu orqaligina badavlat inson omadsizdan farq qiladi, omadsiz odamni yomon odatlar boshqaradi. Boy bo‘lishingizga nima xalaqit qilayotgani haqida o‘ylab ko‘rdingizmi? Buni anglashning o‘zi ham o‘zgarishlar uchun ilk qadam hisoblanadi.
Tom Korli o‘z kitobidan bir varaq qog‘oz olib, uni ikki qismga bo‘ladi. Chap tomoniga yomon odatlarni, o‘ng tomoniga esa ulardan qanday qutulish, barataraf etish haqida yozadi. Masalan:
Yomon bola (qiz) Yaxshi bola (qiz)
Ko‘p vaqtimni televizor ko‘rishga sarflayman    Televizor ko‘rishni kuniga bir soatga qisqartirman  
Odamlarning ismini eslay olmayman  Xotiramni mashq qildiraman
Kuniga internet orqali bo‘lar-bo‘lmas narsalarni sotib olaman  Kartamga limit o‘rnatib, “bu buyumning nima keragi bor?” deb o‘zimga savol beraman.
O‘ng tarafda ko‘rsatilgan har bir bandning ijrosini ta’minlash uchun 30 kuningizni sarflang, 21 kun o‘tar-o‘tmas, hayotingiz o‘zgarganini his qilasiz. 
2. Doimo oldingizga maqsad qo‘ying
Omadli odamlarni maqsad, doimo oldinda zabt etilmagan cho‘qqilar ularni o‘ziga chorlab turadi. Ular har bir kunini mayda-chuyda tafsilotigacha rejalashtirib olishadi. Agar muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, bir haftalik, bir oylik, yillik rejalaringizni tuzib oling. Uz harkatlaringiz va beharakatligingiz ustidan mas’uliyatni o‘z bo‘yningizga oling.
3. Asosiy sabablarni aniqlab oling
Nima uchun boy bo‘lishni istayotganingizning asosiy sababini aniqlab olsangiz, unga yetishishingiz osonlashadi.
4. Boshlagan ishni oxiriga yetkazing
“Bugungi ishni ertaga qo‘yma”, degan maqol bekorga aytilmagan. “Qo‘limdan kelmasa-chi?”, “Axir buni bajarish mushkul” degan qo‘rquvlarni unuting. Vazifa qanchalik qiyin va zerikarli bo‘lishidan qat’i nazar, “hammasini bugun bajarishim lozim” degan iborani shioringizga aylantiring.
5. Talab qilingandan ortig‘ini bajaring
Berilgan topshiriqni qo‘l uchida bajarib, undan tezroq qutulishga harakat qilish omadsizlarning tutgan yo‘lidir. Ishda qolib ketishingizga to‘g‘ri kelsa ham, berilgan topshiriqni ortig‘i bilan bajarishga harakat qiling. Agar o‘z kasbingizni sevadigan bo‘lsangiz, bu sizga qiyinchilik tug‘dirmaydi. 
6. Tanish-bilishlar safini kengaytiring
Omadli odamlar o‘ta ketgan xudbin odamlar emas, chunki bunday odamlar boshqalarni ham nazardan qochirmaydi. Ularning ba’zilari ataylab, do‘st-yorlari bilan uchrashuvga vaqt ajratishadi, tanish-bilishlar safini kengaytirishadi.
7. Kamroq gapirib, ko‘proq quloq soling
“Bekorga eshitish uchun ikkita quloq, gapirish uchun bitta og‘iz berilmagan” deyishadi. Qancha quloq solsangiz, shuncha ko‘p narsani o‘rganasiz, odamlarning har so‘ziga diqqat bilan quloq solishni o‘rganing.
8. Hammaslak odam toping
“Sen menga do‘stingni ko‘rsat, men senga kimligingni aytaman”, degan gap bekorga aytilmagan. Iloji boricha ishi yurishgan, rejalaringiz, hayotiy qarashlaringiz mos keladigan omadli odamlar bilan do‘st tutinishga harakat qiling. U har qanday sharoitda sizni ham ma’naviy, ham moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlaydi.
9. Ustoz toping
Hamma narsani kitobdan o‘rganishning iloji yo‘q. Shuning uchun hayotda ishi yurishgan har bir odamning o‘z ustozi, murabbiysi bor. U har doim ustozlari bilan maslahatlashib ish ko‘radi. Tajribasi bor odamning maslahatlari sizga juda qo‘l kelishi mumkin.
10. Tejashni o‘rganing
Korlining yozishicha, omadli odamlar daromadining 20 dan 10 foizini o‘zlariga tikadilar. Bu tejashning eng mashhur usullaridan biridir.
11. Aql bilan sarflang
Boy boy emas, topgan-tutganini aql bilan sarflaydigan odam boy hisoblanadi. Inson ba’zan imkoniyat doirasini hisobga olmay, ortiqcha sarf-xarajat qilib qo‘yadi. Agar quruq maosh hisobiga yashayotgan bo‘lsangiz, qimmatbaho avtomobil sotib olishingiz shartmi?
12. O‘z ustingizda tinimsiz ishlang
Omadli odamlar o‘z ustida tinimsiz mehnat qilishadi, ko‘p o‘qishadi, o‘rganishadi, maqsad sari eltmaydigan narsalarga vaqt sarflashmaydi. Dunyoqarashingiz qanchalik keng bo‘lsa, maqsadingizga erishish imkoniyati ham shunchalik kengayadi.
13. Har kuni mutolaa qiling
Kuniga kamiga 30 daqiqa mutolaa qiling. Qancha ko‘p o‘qisangiz, shuncha ko‘p bilimga ega bo‘lasiz, bilmili odam esa ko‘p narsalarga erishadi.
14. Doimo malakangizni oshirib boring
Rivojlanish, taraqqiyot — o‘z ishingizning ustasi bo‘lishingizga yordam beradi. Kutilgan muvaffaqiyatga erishgunga qadar, kuniga kasbiy tajribangizni oshirib, bilim doirangizni kengaytirib boring. 
15. “Raqamli dam olish”ni tashkil qiling
Gadjetlar, media, ijtimoiy tarmoqlar — butun hayotimizni egallab olgan. Ba’zida bularning barini o‘chirib qo‘yib (to‘g‘ri ma’noda) “raqamli dam olish” ni tashkil eting. Bu kunni sayr qilishga, kino ko‘rishga, yaqin odamingizga bag‘ishlang.
16. Sog‘lig‘ingizga e’tiborli bo‘ling
Badavlat va omadli odamlar sport bilan shug‘ullanib, to‘g‘ri ovqatlanishadi. Sog‘lom turmush tarzini kechirish ular uchun ertalab dush qabul qilishday zaruriy odat tusiga kirgan. Sog‘lom odamgina mehnat qilib, pul topishi mumkin.
17. Hamma narsaning chegarasini biling
Ishning, ovqatlanishning, jismoniy faollikning va hamma narsaning chegarasini biling. Bunday odamlar amal pillapoyasidan tezlikda ko‘tarilishadi.
18. Optimist bo‘ling.
“Optimistlar yer sharini aylantirishadi, pessimistlar esa ularning yonida turib, “Er nimaga aylaniyapti?” deb so‘rashadi”, degan iborani unutmang. Optimistlar qiyin vaziyatda ham undan chiqish yo‘llarini ko‘ra olishadi. Koinotda axborot maydoni negativ energiya bilan ifloslanib ketgan. Turli axborotlar orasidan o‘zingizga eng keraklisini tanlay biling.
19. Fikrlaringizni boshqaring
O‘z fikr-o‘ylarini, his-tuyg‘ularini boshqarish sehrgarlarning emas, omadli odamlarning qismatidir. Agar qalbingizda qo‘rquv va ikkilanishdek negativ his-tuyg‘u hukmron bo‘lsa, albatta ishingiz yurishmaydi. Miyangizdan barcha yomon fikrlarni haydab, faqat yaxshilik haqida o‘ylang.
20. Qo‘rquvingizni yenging
Qo‘rquv hissi har bir insonga xos, tanish tuyg‘udir. Faqat omadsiz odamgina qo‘rquvning hukmronlik qilishiga yo‘l qo‘yadi. Omadli odam esa xavotirni o‘ziga bo‘ysundiradi. Muvaffaqiyatga erishishingizda halaqit qilayotgan qo‘rquvlarni qog‘ozga tushiring va ularni qanday yengish mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.
21. Tushkunlikka tushmang
Maqsadga erishish yo‘lida to‘siqlar uchrashi tabiiy hol. Har qanday sharoitda ham tushkunlikka tushib, ortga qaytmang. Ortga qaytishingizga uzrli 20 ta sabab bo‘lgan taqdirda ham maqsadga erishmaguncha to‘xtamang, qiyinchiliklardan qo‘rqmang.


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 8919 | Рейтинг: 1| Рейтинг: Boylik, Omad
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное