Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qirolicha - Stakan Version
. Muxabbat va Extiros - Soundtreck (love)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Muhabbat tafti - Teri Meri hind soundtreck
. Romeo va Juletta - soundtreck
. Ishq Ertagi - Title sound
. Vorislar - Serendipity (serial korea)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (Bidam Love)
. Shamollar Mamlakati - soundtreck love (korea)
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
. Qirolicha - Soundtreck (Mishel xonim)
. Yoqotilgan Yillar-Soundtreck2
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
Главная » Файлы » FOYDALI MASLAXATLAR

Moliyaviy omadga erishishda ko‘maklashuvchi oddiy hayot haqiqatlar

Omadga erishish yo‘llarining barchasi o‘ziga xosligi bilan bir qatorda bir-biriga o‘xshab ketadi. Ular shunchalik o‘xshashki, ichidan asosiylarini tanlab olib, rioya qilinsa har qanday odam ham omad eshiklari kalitini qo‘lga kiritadi. Hozir, quyida berilgan tavsiyalar orqali mana shunday asosiy qoidalarni bilib olasiz.
1. Faqat muhim bo‘lgan narsalarnigina sotib oling
O‘zingizning real ehtiyojlaringizni anglab yeting va ular bilan murosaga kelib yashashni bilgan inson qimmatli mahoratga ega bo‘lgan bo‘ladi. Umuman olganda  bu sifat moliyaviy emas, balki falsafiydir.
2. Sarflaringiz daromadingizga qaraganda kam bo‘lsin
Bu gap juda oddiy va zerikarli tuyulishi mumkin, biroq saqlanish energiyasi qonunini hech kim inkor qilolmaydi. Hech nima yo‘qlikdan paydo bo‘lmagan va hech nima izsiz yo‘q bo‘lib ketmaydi.
3. Xaridingizni to‘lay olasizmi yo‘qmi, oydinlik kiriting
Hayratlanarlisi shuki, kam daromadli odamlar ba’zan yaxshi ta’minlanganlarga qaraganda ko‘proq pul sarflashadi. Faqat boy bo‘lishga qaror qilmaganlargina oxirgi modeldagi smartfonni yoki mashinani kreditga olishadi, oxirgi tiyinlarigacha sarflab, butikdan poyafzal sotib olishadi yoki chet el sayohatiga otlanishadi.:-)
4. Sabrli bo‘ling
Ishlaringiz yurishib, hisob raqamingizda pullar miqdori ortishni boshladimi?! Shunda sizda o‘zingizni mukofotlash yoki  “baland dorga osilish” fikri keldimi?! Shoshilmang, sabr qiling! Axir cho‘qqiga chiqishdan ko‘ra dumalab tushish osonroq. Mustahkamroq bo‘lganingizcha, kuting.
5. Avtomotik jamg‘arma dasturidan foydalaning
Yo‘q pulni sarflay ham olmaysiz. Shuning uchun maoshingizning ma’lum bir qismini o‘z-o‘zidan jamg‘arib boradigan deyarli har bir bankdan mavjud xizmatlardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lardi.
6. Kredit qarzdorligidan iloji boricha tezroq qutiling
Albatta, imkoningiz boridan ko‘ra qimmatroq, yaxshiroq narsani sotib olishni istaysiz. Ammo, bu “imkoniyat” sizni qiynab qo‘yishi va pulingiz barakasini uchirishi mumkin. Siz esa sekin-asta qarzdor bo‘lib yashashga o‘rganib qolasiz, bank esa qarzingiz ustiga foiz qo‘shib faqat o‘z foydasiga ishlaydi.
7. Vaqtdan unumli foydalaning
Jamg‘arishni qancha tez boshlasangiz, bu shuncha yaxshi. Agar birinchi qadamni 20 yoki 30 yoshingizda qo‘ysangiz, ellikka chiqib qolganingizda sizni turli qiyinchiliklardan kafolatlab turuvchi  ancha miqdordagi pul bo‘ladi.
8. Pul bilan baxtni sotib olib bo‘lmasligini tushining…
Ilk nuqtadayoq maqsadlarni belgilash muhim sanaladi. Agar siz muhabbat, hurmat va baxtga erishish uchun boy bo‘lmoqchi bo‘lsangiz unda siz kutgan natijangizga erisha olmaysiz. Zero, haqiqiy tuyg‘ular qiymat bilan o‘lchanmaydi.
9. Tasodiflarga doim tayyor bo‘ling
Hayot g‘aroyib, u kutilmagan hadisalarga to‘la, ba’zan ular yoqimsiz ham bo‘lishi mumkin. Hozir siz kuchga to‘lgan, sog‘lomsiz va kelajak uchun rejalaringiz bor, lekin qaerdadir do‘stingiz Farrux oddiy do‘kondan kungaboqar yog‘ini sotib olyapti. Shuning uchun har narsani oldini oling, jamg‘armangiz bo‘lsin. U sizga yiqilmasligingiz uchun, agar mobodo yiqilsangiz tezda o‘zingizni tiklab olish uchun ko‘makdosh bo‘ladi.
10. Maoshingizning haqiqiy miqdorini aniqlab oling
Agarda siz yaxshigina maosh olsangiz-u, qarzlaringiz ham bo‘lsa, sof daromadingizni to‘lanadigan qarzlarni chiqarib tashlab hisoblang. Sof daromadingizga qarab qolgan ishlaringizni rejalashtiring. Ba’zida katta maosh oladiganlar qarzi yo‘q o‘rtacha ish haqi oladiganlarga nisbatan kambag‘alroq bo‘ladi.
11. Mehnatsevar bo‘ling
Agar faqat o‘z kuchingizga ishongan inson bo‘lsangiz, yo‘lingizdagi hech bir to‘siq sizga g‘ov bo‘lolmaydi. Chunki siz hammasini yengib o‘ta olasiz.
12. Qo‘shimcha ish qidiring
Qo‘shimcha ish nafaqat kerakli summani yig‘ishda yordam beradi, balki keraksiz harajat qilish imkoniyatlarini ham kamaytiradi. Shunchaki turli xil ahmoqonaliklar uchun vaqt va kuch topolmaysiz.
13. Oldingizga katta maqsadlar qo‘yishdan qo‘rqmang
Ko‘pchilik odamlar katta-katta maqsad qilishdan qo‘rqishadi va o‘zlarining bugungi yashash tarzidan chiqishga harakat ham qilishmaydi. Biroz oldinga qarashga va erta uchun emas, balki yanada uzoq kelajak uchun rejalar tuzishga o‘rganing. Katta maqsadlar o‘sish uchun kuch, sabab bo‘ladi. O‘zingizga ishoning, siz hammasini eplaysiz.
14. Moliyaviy savodxonligingizni oshiring
Bugungi kunda ma’lum bir sohada zo‘r mutaxassis, ammo moliyada hech nimani tushunmaydigan insonlarni ko‘p uchratamiz. Biroz bo‘lsa-da, stavka, omonat, foiz va kreditlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish uchun vaqt ajratishga dangasalik qilmang. Bu bilim kelajakda yirik miqdordagi pulingizni asrab qolishi mumkin.
15. O‘zingizga yoqqan ish bilan shug‘ullaning
Agar faqatgina pul yig‘ish emas, sohangizdan rohatlanib ishlasangiz hayotingiz baxtliroq va mazmunliroq bo‘ladi. Paradoks, bunday holatlarda moliyaviy maqsadlarga ham osonlik bilan erishiladi.
16. O‘zingizga narx belgilang
Qadringizni yerga uradigan insonlar bilan ko‘p to‘qnash kelasiz. Ularning maqsadi sizni qulay narxda sotib olish, boshqalar bo‘lsa, buni tasdiqlashlari mumkin. Unda sizning vazifangiz aniq narxingizni bilish va hech yon bermaslik. Axir siz qimmatli insonsiz!
17. Pulingizni ishlashga majbur qiling
Pulni shunchaki yig‘ib borish va saldan so‘ng millioner bo‘lishni kutish – bu aqlga sig‘maydi. Pulingiz doim ishlab turishi va foyda olib kelishi kerak. Yo‘llarini qidiring.
18. O‘zingizga sarmoya kiriting
Doimiy o‘qib-izlanishlarsiz, shaxsiy rivojlanishsiz hech qachon ommadan alohida shaxs bo‘lib ajralib chiqa olmaysiz va hech nimaga erisha olmaysiz. Ta’lim uchun sarflangan har bir tiyin, kelajakda eng yirik dividentni olib keladi.
19. Har qanday vaziyatdan chiqish yo‘li bor va ko‘pincha ular bir nechta bo‘ladi
Kirishuvchan va ijodkor bo‘ling. Hayotimizdagi ko‘pchilik to‘siqlar hayolotimiz yaratig‘i, ularga faqat yaqin borish kerak xolos.
Mana shular bizga hayotda yordam beradigan moliyaviy rivojlanishning asosiy qoidalaridir. To‘g‘ri, ularni bajarishingiz, millioner bo‘lasiz, degani emadir balki. Biroq, ulardan qay biri boy bo‘lishimizga halaqit berayotganini aniqlab olishimiz mumkin. Shunday ekan, qoidalar bilan tanishib chiqib, yodda saqlash foydadadan holi bo‘lmaydi.
 Manba:xabardor.Uz


Категория: FOYDALI MASLAXATLAR
Просмотров: 5507 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Omad
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Guli пишет: | 05.04.2015 | 09:26 #1 Страница с комментарием
guli101192 Mmmmm
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 12:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное