Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » PSIXALOGIYA, OILA

Omad formulangizni tuzing!


Gohida hayotning quvonchu tashvishlaridan uzoq-uzoqlarga qochib ketgingiz keladi. Ayniqsa, atrofingizdagilarning tinimsiz nolishlariyu qiyinchiliklarga taslim bo‘layotganini ko‘rsangiz, beozor, ma’sum qalbingizni odamlarning qo‘li yetmaydigan, ko‘zi tushmaydigan manzillarga yashirishni istaysiz. Ammo bunday manzil bormikan? Buning uchun omad formulasi haqida o‘ylab ko‘ring. Boisi insonning yashashdan maqsadi, intilish va orzusi tugal bo‘lsa, uni hech kim va hech nima to‘xtata olmaydi. Shundagina atrofdagi narsalar e’tiboringizni chalg‘itolmaydi. Siz esa yaxshi kayfiyat va kuchli iroda bilan olg‘i intilaverasiz. Keling, omad formulasini birga tuzamiz...

1. Niyatni tongda qiling. Bu vaqtda borliq hali odamlarning turli noxush xayollari bilan to‘lmagan, sof bo‘ladi. Asosiysi, nimani istayotganingizni doim yodda saqlang.

2. Izlagan imkon topadi. Bu maqol siz uchun mayoq bo‘lsin. Hatto qorong‘ilikda yo‘lingizdan adashsangiz ham yorug‘likni topa oling. Unutmang, ishonch omadning yarmi degani.

3. Atrofingizdagi olamni orzu-istaklaringizga moslashtiring. Unda faqat yorqin ranglar va pozitiv kayfiyat bo‘lsin!

4. Siz xaqingizda gapirishsa, bundan aslo ranjimang. Faqat kerakli va zarur odamlargina mukohama qilishadi. Demak, sizning hayotingiz kim uchundir qiziq va ularning sizga havasi kelayapti. Nazoratni qo‘ldan bermang!

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi.



Категория: PSIXALOGIYA, OILA
Просмотров: 5369 | Рейтинг: 0| Рейтинг: formula, Omad
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 11:33
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное