Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Haftalik bashorat: Omad – o‘z qo‘lingizda!


Hamal

Hafta boshida daromadingizni oshirish uchun qulay imkoniyatlar bo‘ladi. Ulardan unumli foydalanishga harakat qiling. Foydali shartnomalar imzolashingiz ehtimoli bor. Yangi hamkorlar takliflaringizni qabul qilishga tayyor. Faqat tajribali do‘stlardan boshqaruv sirlarini o‘rgansangiz bo‘lgani. Dam olish kunlari ko‘nglingiz nimani xohlasa, shunday hordiq chiqaring.

Savr

Moliyaviy holatingiz barqaror bo‘ladi. Biroq rejadan tashqari xarajatlar qilishingiz mumkin. Seshanba kuni mavjud muammolarni hal etasiz. Haftaning ikkinchi yarmida xizmat safarini muvaffaqiyatli amalga oshirasiz. Shaxsiy hayotni ham unutib qo‘ymang. Ko‘pdan beri ko‘rishmagan yaqinlaringiz tashrifi kutilmoqda. Dam olish kunlarini ular bilan birga o‘tkazib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘lasiz.

Javzo

Javzo burji vakillariga bu hafta omad kulib boqadi. Rejalashtirilgan barcha yumushlar ko‘ngildagidek amalga oshadi. Buning uchunimkoniyat ham, kuch-quvvat ham yetarli. Moliyaviy jihatdan ham muvaffaqiyat ular tomonda bo‘ladi.

Turli ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etib, yangi do‘stlar orttirasiz. Ular bilan dam olish kunlari tabiat bag‘riga sayrga chiqasiz.

Saraton

Biznesdagi tavakkal ko‘pincha omad keltiradi. Lekin bu hafta tavakkal qilishdan ko‘ra, mutaxassislar bilan maslahatlashganingiz ma’qul. Ana shunda foydali va samarali ishlarni amalga oshirasiz. Faqat shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang. Hafta so‘ngida ro‘zјor uchun zarur xaridlarni qilasiz. Dam olish kunlari oilaviy sayohatga chiqishingiz mumkin.

Asad

O‘zingizni ko‘rsatish uchun imkoniyat tuјiladi. Ikkilanmay, ishonch bilan harakat qiling. Hech kim sizning iqtidoringizga shubha qilmayapti.

Seshanba kuni kelajagingiz uchun foydalishartnomalarni imzolaysiz. Yangi do‘stlar orttirasiz. Biroq ularning hamma gapiga ishonavermang. Hafta oxirida oila a’zolaringizga bergan va’dangizning ustidan chiqib, ularni xursand qilasiz.

Sunbula

«Sunbula»lardan bu hafta kuzatuvchanlik talab etiladi. Begonalar ishingizga aralashishiga yo‘l qo‘ymang. Ana shunda rejalashtirgan barcha ishlaringiz ko‘ngildagidek amalga oshadi.

Oilaviy masalalarni hal etish uchun ham imkoniyat tug‘iladi. Dam olish kunlari olis safarga chiqish, boјda ishlash yoki do‘stlar bilan uchrashish uchun qulay fursatdir. Qay birini tanlash o‘z ixtiyoringizda.

Mezon

Oliy maqsadlaringizni unutib qo‘ymang. Ularga erishish uchun yanada faol harakat qiling. Siz uchun chorshanba eng samarali kun.Foydali va istiqbolli shartnomalar imzolaysiz. Tortinmay, bor iste’dodingizni ishga soling. Do‘stlaringizdan yordam so‘rashdan uyalmang.

Hafta oxirida ko‘ngilochar maskanlarga borib, oilaviy hordiq chiqarasiz.

Aqrab

Bu hafta «aqrab»lar o‘z taqdiridan xursand bo‘ladi. Ko‘plab orzulari amalga oshadi. Haftaning birinchi yarmida ular qattiq ter to‘kishiga to‘јri keladi. Dushanba kuni barcha moliyaviy yumushlar muvaffaqiyatli amalga oshadi, lekin shoshilmaslik kerak. Payshanba kuni foydali shartnomalar imzolanadi.

Qavs

«Qavs»lar uchun bu hafta qiziqarli sarguzashtlarga boy bo‘ladi. Moddiy ahvolingizni ancha yaxshilab olasiz. Bundan hamma xursand bo‘ladi. Yana kasbiy mahoratni oshirish uchun ham qulay imkoniyat tug‘iladi. Dam olish kunlari do‘stlaringiz bilan tabiat bag‘riga sayr qilib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘lasiz.

Jadiy

Hayotingizda yaxshi yangiliklar ro‘y beradi. Va bu hafta unutilmas onlari bilan bir umr yodda qolishi mumkin. Faqat ziddiyatli vaziyatlarning oldini olishga harakat qiling. Ishingizda ko‘pdan beri yechimini kutib yotgan muammolar hal etiladi.

Dam olish kunlari uyda zerikib o‘tirgandan ko‘ra, jigarlaringizni yo‘qlang. Ular sizning tashrifingizdan, albatta, xursand bo‘lishadi.

Dalv

Jamoat ishlarida faol ishtirok etasiz. Rahbaringiz ham mehnatingizni munosib e’tirof etadi. Moliyaviy ahvolingiz yanada mustahkamlanadi. Sizni qo‘llab-quvvatlovchi homiylar ko‘payadi. Biroq siz hech kimning yordamiga muhtoj emassiz.

Dam olish kunlari eski qadrdonlar bilan uchrashasiz. Ammo ularga sirlaringizni oshkor etmang.

Hut

«Hut»lar uchun bu hafta qiziqarli sarguzashtlarga boy bo‘ladi. Ular kundalik hayotga daxldor yangiliklar istashadi. Biroq yulduzlar shoshilmaslikni maslahat berishyapti.

Biznes hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlaysiz. Moddiy ahvolingiz ancha yaxshilanadi. Oila a’zolaringiz bilan maslahatlashib, xarajatlar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqing. Yakshanba — xaridlar uchun qulay kun.



Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 6513 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Haftalik bashorat, Omad
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 15:40
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное