Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Qirolicha - Soundterck
. Shamollar Mamlakati - soundtreck 2 (korea)
. Ko'sem - Soundtreck music (Turk serial)
. Tabib-soundtreck (koreya)
. Osiyo-Asi [soundtreck]
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Ko'sem - Soundtreck (Turk serial)
. Mohim - Oq Ro'molim (OST Meni Kechir)
. Ishdagi Ishq - Песнка о погоде
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Kara Para Ask - Soundtreck
. Qirolicha - Soundtreck (slow version)
. Kuz ertagi-soundtreck 2
Главная » Файлы » Qiziqarli

Haftalik bashorat: yoz tuhfalaridan bahramand bo‘ling!


18—24 iyun, 2018 yil

Hamal

Hafta davomida juda faol bo‘lasiz. O‘zingizni yanada yaxshi anglashingiz va iqtidoringizni namoyish etish uchun imkon tug‘iladi. Ishingizda muvaffaqiyatlarga erishasiz. Haftaning ikkinchi yarmida biznes borasida omad kulib boqada. Muhim va foydali shartnomalarni imzolaysiz. Turli ko‘ngilochar tadibirlarda ishtirok etishingiz mumkin. Salomatligingizga ham e’tiborli bo‘ling. Dam olish kunlari oilaviy sayohatga chiqishingiz kutilmoqda.

Savr

Moddiy ahvolingizni yaxshilash uchun qulay imkon tug‘iladi. Bundan unumli foydalanib qoling. Aks holda, bunday vaziyat yana bo‘lmasligi mumkin. Boshlig‘ingiz buyurgan topshiriqlar bir qarashda qiyindek tuyulishi mumkin. Aslida unday emas, ularni zo‘r ishtiyoq va qiziqish bilan amalga oshirasiz. Faqat pala-partishlikka yo‘l qo‘ymang. Salomatligingizga ham jiddiy ahamiyat bering.

Javzo

Bu hafta «javzo»lar uchun yangi imkoniyatlar eshigi keng ochiladi. Hamakorlaringiz bilan muhim shartnomalarni imzolaysiz. Natijada moddiy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Farzandlaringiz ulkan yutuqlarni qo‘lga kiriib, sizni xursand etishadi. Haftaning ikkinchi yarmida anchadan beri uchrashmagan qadrdon do‘stlaringiz bilan ko‘rishib maroqli hordiq chiqarasiz.

Saraton

Hayotdan zavqlanib, baxtli yashashni o‘rganing. Muammolarni o‘ylab, tushkunlikka tushmang, ular vaqtinchalik. Siz juda halol va adolatlisiz. Ana shu fazilatingizni atrofingizdagilar juda qadrlashadi. Haftaning ikkinchi yarmida xizmat lavozimingizdan ko‘tarilishingiz mumkin. Ko‘plab foydali takliflar bo‘ladi. Ularni qabul qilishda shoshilmang. Dam olish kunlari tog‘-yon bag‘irlarida sayr qilib, maroqli hordiq chiqaring.

Asad

Barcha ishlaringizga ulgurish uchun vaqtingizni to‘g‘ri taqsimlang. Haftaning birinchi yarmida moliyaviy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Ammo xarajatlarda ehtiyotkor bo‘ling. Juma — xarid uchun qulay kun. Oilada er-xotin bamaslahat ish qilsangizlar ko‘ngilsizliklarning oldini olgan bo‘lasizlar. Dam olish kunlari ko‘pdan beri ko‘rishmagan do‘stlaringiz tashrifi kutilmoqda. Bundan, albatta,xursand bo‘lasiz.

Sunbula

Hafta «sunbula»lar uchun sarguzashtga boy bo‘ladi. Ishingizga mas’uliyat bilan yondashing. Ana shunda atrofdagilarning mehrini qozonasiz. Hafta o‘rtasida ishingiz yanada samarali bo‘ladi. Xarid qilish, do‘stona uchrashuvlar hamda sayohat uchun ham qulay imkon tug‘iladi. Dam olish kunlari ko‘nglingiz romantik sarguzashtlarni tusab qolishi mumkin. Yozning oftobidan ehtiyot bo‘ling.

Mezon

Ushbu hafta movqeingiz ham, daromadingiz ham oshishiga ishoning. Ishbilarmon hamkorlar bilan ikkilanmasdan shartnoma imzolang. Ular sizning takliflaringizni jon, deb qabul qiladi. Va bundan xursand bo‘lishadi. Natijada, mo‘maygina daromadga ega bo‘lishingiz mumkin. Salomatligingizni tiklash uchun qulay fursat bo‘ladi. Dam olish kunlari maza qilib hordiq chiqaring.

Aqrab

Maqsadingizga erishish uchun puxta reja tuzib oling. Ana shunda barcha ishingizni ko‘ngildagidek amalga oshirasiz. Hafta boshida muhim uchrashuvlarda ishtirok etib, foydali shartnomalarni imzolaysiz. Natijada, moliyaviy holatingiz yaxshilanadi. Biroq sizni chalg‘itadigan, asabingizga tegadiganlar ham uchrashi mumkin. Ularga ahamiyat bermang. Shanba — oilaviy dam olish uchun qulay kuni.

Qavs

Ko‘pdan beri yechimini kutib yotgan muammolarni hal etasiz. Faqat buning uchun faol bo‘lishingiz kerak. Ana shunda iqtisodiy holatingiz ham yaxshilanib, mo‘may daromadga ega bo‘lasiz. Tashabbuskorligingiz bilan jamoada yaxshi obro‘ga egasiz. Rahbariyat ana shu fazilatingizni inobatga olib lavozimingizni oshirishi mumkin.

Jadiy

Bu hafta sizga foydali ish taklif etiladi. Uni qabul qilishda yaqinlaringiz bilan maslahatlashing. Haftaning ikkinchi yarmida yaqinlaringiz sizning ko‘magingizga ehtiyoj sezadi. Ulardan yordamingizni ayamang. Hafta oxiri hech qanday ishni rejalashtirmang. Dam olish kunimi, dam oling. Axir yaxshi ishlash uchun ham o‘z vaqtida hordiq chiqarish kerak.

Dalv

«Dalv»lar doim yetakchilikka intiladi. Bu xislati maqtovga arziydi, albatta. Bu hafta tadbirkorlik qilish uchun qulay fursat tug‘iladi. Bundan ham muhimi, siz bilan hamkorlik qilishga qiziqqan kishilar bilan uchrashasiz. Haftaning ikkinchi yarmida moliyaviy holatingiz yaxshilanadi. Shanba va yakshanba qiziqarli sarguzashtlarga boy bo‘ladi.

Hut

Hafta boshida muhim shartnomalarni imzolashda, hech ikkilanmang hammasini uddalaysiz. Tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etasiz. Natijada, mo‘may daromadga ega bo‘lasiz. O‘zingizni haddan tashqari urintirmang. Me’yoridan ortiq ishlashingiz sog‘ligingizga salbiy ta’sir etishi mumkin. Hafta oxirida yaqinlaringiz bilan dildan suhbatlashib, maroqli hordiq chiqarasiz.



Категория: Qiziqarli
Просмотров: 5029 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bahramand bo‘ling, Haftalik bashorat, yoz tuhfalari
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 09:01
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное