Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Bugun - 20-mart kuni quyosh tutilishi kuzatiladi

20-mart kuni ertalab Yer yuzasidan quyosh tutilishini ko‘rish mumkin bo‘ladi, deya xabar bermoqda Euronews.
Qisman quyosh tutilishini Yevropa, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika, Eron shimoli, Markaziy Osiyoning shimoliy qismi, Sibir janubi, Mo‘g‘uliston, Xitoy shimolida kuzatish mumkin. To‘liq quyosh tutilishini esa faqat Farer orollari va Norvegiyaning Svalbard arxipelagi aholisi ko‘rishi mumkin.
Quyosh tutilishi bahorda kechasi bilan kunduzi teng bo‘ladigan kunda, Quyosh va Oy osmon ekvatorida kesishgan paytda yuz beradi.
Oy soyasi shimoliy Atlantikada boshlanib, Farer orollari va Norvegiya dengizidan o‘tadi, so‘ng Shpitsbergen arxipelagi orqali shimoliy qutbga o‘tib ketadi. To‘liq quyosh tutilishining maksimal davomiyligi 2 daqiqa-yu 47 soniyani tashkil etadi. Maksimal quyosh tutilishi nuqtasi Norvegiya dengizida Islandiyadan sharqda va Farerdan shimolda joylashgan.
O‘zbekistonda quyosh tutilishi qisman kuzatiladi, uning avji ertalabki 10:07 ga to‘g‘ri keladi. Bunday hodisaning keyingisini 2033-yildagina ko‘rish mumkin bo‘ladi.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4406 | Комментарии: 2 | Рейтинг: 1| Рейтинг: quyosh tutilishi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 2
nelly96 Kordilami tutildimi
Like | 0
Mikki XA BUGUN BULDI TUTILISH MAN KÕRDIM.... :)
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 18:32
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное