Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Sevgi Iztirobi - Yllar Sonra (turk seriali)
. Qalbim Chechagi-soundtreck
. O'zga Sayyoralik Mahbubim - Lyn My Destiny
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Sevgi iztirobi - Soundtreck (Turk serial)
. Ishq Jodusi - Xing Xing wake Up
. Qirolicha - Stakan Version
. Sa Rasta Rastare-soundtreck (Indea)
. Saroy Javohiri - Soundtreck
. Pazanda - Sad Love
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Qaqnus - Destiny (korea)
. Qalbim Chechagi-soundtreck2
. Jumong-soundtreck
. Tabib-soundtreck (koreya)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Bugungi kungacha 300 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirdi

Xabaringiz bor, bugungi kunda 2014/2015-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari ketmoqda. Joriy yilda bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha kunduzgi bo‘limlarga umumiy qabul kvotasi 57 907, shu jumladan, davlat grantlari bo‘yicha 19 120 va to‘lov-kontrakt asosida 38 787 nafar miqdorida belgilangan.
DTM saytidagi maxsus sahifada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur xabar kiritilayotgan vaqtda hujjat topshirgan abituriyentlar soni butun respublika bo‘ylab, 302 706 nafarni tashkil qilmoqda, deb yozadi Xushnudbek Xudayberdiyev o‘z blogida.
Hozircha respublika bo‘yicha Termiz davlat universitetiga eng ko‘p — 17 460 ta hujjat topshirilgan (qabul kvotasi 1690 ta). Keyingi o‘rinlarni 14 035 ta hujjat bilan Andijon davlat universiteti (1405), 13 842 ko‘rsatkichi bilan Jizzax davlat pedagogika instituti (1640), 12 765 ta hujjat bilan Qarshi davlat universiteti (1245) hamda 11 667 ta hujjat bilan Toshkent davlat pedagogika universiteti (1695) band qildi.
Eng katta o‘rtacha tanlov esa, har yilgidek Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filialiga bo‘lib turibdi. Hozircha mazkur OTMga ajratilgan bitta o‘ringa o‘rtacha 12,18 kishi da’vogarlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili OTMlarga rekord darajada hujjat topshirilgan edi. Agar 2013-yilda 57 ta oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlardan jami kunduzgi bo‘limga 480 163 ta hujjat qabul qilinib, respublika bo‘yicha o‘rtacha tanlov 8,5 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2014-yilda 500 000 dan ortiq abituriyentlarning hujjat topshirishi kutilmoqda.
Hujjatlar 20-iyul kuniga qadar (o‘sha kuni ham) qabul qilinadi.


Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 4922 | Комментарии: 5 | Рейтинг: 0| Рейтинг: abituriyent, Qabul komissiyasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 5
Shaxboz_9473 Samarqandlila bormi samarqand arxitektura institutining qaysi fakultetida fizika fani bor i k.n nechinchi blok bilsayla aytvorila
Like | 0
(rustam) barca abituriyentlaga omad
Like | 0
Quyoshcha Xammani omadini berib o'qishlaga kirib ketsin i manam.... uy Xushnud akajongayam omad imtixon paytida abiturentlani qiynamasilla!
Like | 0
bonita Tezmez doimgidek oldinda
Like | 0
boyvo44abola xammaga omad shu qatorda o'zimga xam
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 14:45
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное