Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Saroy Javohiri-Soundtreck7
. Tabib-Sara hi kiyo (soundtreck koreya)
. Efir Sirlari - Soundtrack 4
. Shamollar Mamlakati - soundtreck (korea)
. Sevgi Iztirobi (Kara Sevda) - Soundtreck 3
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Ko'ngil bog'i-soundtreck
. Efir Sirlari - Soundtrack 3
. Zoirbek - Katta Odam (SOUNDTRACK)
. Tabib-Na sarakiyo (soundtreck koreya)
. Sevishganlar - soundtreck (OST serial kareya)
. Qaxvaxona - soundtreck (Offical)
. Yoz Ifori-Soundtreck
. Choli Qushi-soundtreck
. Sevishganlar - soundtreck (serial kareya)
Главная » Файлы » SPORT YANGILIKLARI

“Chelsi” YeChL uchun kurashdan chiqib ketdi

Evropa chempionlar ligasida kichik sensatsiya yuz berdi. “Chelsi” – “PSJ” to‘qnashuvida parijliklar chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.
O‘yinning 31 daqiqasida dramatik voqealarning debochasi ochildi. O‘yin hakami Born Kuypers xato qaror qabul qilib, mehmonlarning asosiy futbolchisi Zlatan Ibragimovichni maydondan chetlatdi. Hakam Oskarning ayyorlik ishlatganini payqamay qoldi va Zlatanga nohaq ravishda qizil kartochka ko‘rsatdi. Shu tariqa u o‘yin tizginini qo‘ldan chiqardi va birinchi bo‘lim so‘ngida endi parijliklar foydasiga xato qilib, 11 metrlik jarima zarbasi berilishi kerak bo‘lgan vaziyatda ko‘zlarini yumdi.
Ikkinchi bo‘limda ham “PSJ” futbolchilari 10 kishi bo‘lib qolishganiga qaramasdan tengma-teng kurash olib borishdi, lekin 80 minutdan keyin “Chelsi” bosimni oshirdi va 81 daqiqada burchakdan uzatilgan to‘p Garri Keyxilning boshi orqali Salvatore Sirigu qo‘riqlayotgan darvozaga yo‘naltirildi, 1:0.
Lekin “nafaqaxo‘rlar”ning quvonchi uzoqqa cho‘zilmadi. 86 daqiqada jamoaning sobiq futbolchisi David Luiz xuddi Keyxil bilan bo‘lgani kabi burchak jarimasidan keyin hisobni tenglashtirdi, 1:1.
Avvalgi o‘yinda ham xuddi shu hisob qayd etilgani uchun qo‘shimcha 5 va 6-taymlar belgilandi.
Qo‘shimcha 15 daqiqalikning birinchisida, o‘yinning 96 daqiqasida hakam parijliklar sardori Tiago Silvani jarima maydonida qo‘pol o‘ynadi deb hisobladi va 11 metrlik jarima zarbasi tayinladi. Nuqtaga yaqinlashgan Azar jamoani hisobda oldinga olib chiqdi, 2:1.
Lekin, ikkinchi 15 daqiqalikda PSJ kurashni davom ettirdi hamda 114 daqiqada penaltiga sababchi bo‘lgan Silva navbatdagi burchak to‘pidan unumli foydalandi va jamoaga kifoya qiladigan durang hisobini o‘rnatdi, 2:2.
Natijada, safarda ko‘proq gol urgan “PSJ” chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
YeChL, nimchorak final, javob o‘yini
Chelsi – PSJ  2:2 (0:0, 1:1, 1:0)
Gollar: 1:0 – 81 Keyxill, 1:1 – 86 David Luiz, 2:1 – 96, penalti Azar, 2:2 – 114 Tiago Silva.
Chelsi – Kurtua, Ivanovich, Terri, Keyxill, Aspilikueta, Ramires (Drogba, 90), Matich (Zuma, 84), Fabregas, Oskar (Villian, 46), Azar, Diego Kosta.
PSJ – Sirigu, David Luiz, Markinos, Tiago Silva, Maksvell, Matyuidi (Lavessi, 81), Verratti (Rabo, 82), Pastore (van der Vil, 118), Motta, Kavani, Irohimovich.
Ogohlantirishlar: Motta (33), Oskar (37), Matyuidi (40), Ramires (52), David Luiz (73), Diego Kosta (73), Verratti (74).
Chetlatish: Irohimovich (31).
Dastlabki o‘yin – 1:1.
Manba:kun.uz


Категория: SPORT YANGILIKLARI
Просмотров: 2647 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 1| Рейтинг: chelsi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
5558180 Chelsi muxlisiman kechagi matchda hakam qo'pol xatola qildi PSJ irodali o'yin ko'satdi va haqli ravishda chorak finalga chiqdi.
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:11
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное