Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » AVTO OLAM

Chiroyli raqamni auksionda yutgan shaxs to‘liq summani to‘lamasachi?


Chiroyli raqamlarni sotib olish bo‘yicha auksionlarda ishtirok etish uchun 500 dan ortiq arizalar berilgan.

Shu o‘rinda qiziq savol tug‘iladi... Auksionda ishtirok etmoqchi bo‘lgan shaxs qay tartibda va qancha “zakalat puli” to‘lashi lozim?

Mazkur savollarga izohlar “Norma.uz” nashri tomonidan berildi.

Onlayn-auksionda ishtirok etish — qog‘oz hujjat aylanishini istisno qiladi.

Mijoz auksionda g‘olib bo‘lib, to‘lovni amalga oshirgandan keyin o‘zining yashash joyi bo‘yicha YHXBBning hududiy bo‘linmasiga kelib, pasportni taqdim etgan holda raqamni olishga bo‘lgan huquqini bayon qilishi kifoya.

Auksion g‘olibi o‘zining moliyaviy majburiyatlarini bitim ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab 5 ish kunida qoplashi zarur. Biroq xaridor bu talabni bajarmasa, uning “garov puli” jarima sanksiyasi sifatida avtomatik tarzda respublika byudjetiga o‘tkaziladi.

Birja xizmatlari uchun komissiya yig‘imi — bitim summasining 5%ini tashkil etadi. Bu summa bitimni ro‘yxatdan o‘tkazish paytida xaridordan undiriladi.

Sotib olingan raqam uchun to‘lov to‘liq amalga oshirilgan paytdan e’tiboran 10 kun ichida uni YHXBBning hududiy bo‘linmasida rasmiylashtirish zarur.

Ammo xaridor aybi bilan bu muddatga rioya etilmasa, bitim bekor qilinadi. Uning qiymatidan 50 foizi jarima sifatida respublika byudjetiga o‘tkaziladi, qolgan 50%i esa xaridorga qaytariladi.

Auksionning borishini real vaqt rejimida kuzatib borish imkoniyati yaratilgan bo‘lib, auksion ishtirokchisi ushbu jarayonni kuzatib borishi zarur. Dastlabki lotlar 12 kunga qo‘yilgan edi. Biroq keyinchalik avtoraqam bo‘yicha savdolarni 3 kun ichida o‘tkazish rejalashtirilgan.

Avvalroq, auksionga qo‘yilgan chiroyli raqamlar va ularning darajalari, narxlari haqida ma’lumot bergan edik.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: AVTO OLAM
Просмотров: 9475 | Рейтинг: 0| Рейтинг: chiroyli raqam
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 16:55
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное