Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Yana chiroyli raqam! Endi 777 AAA ga 300 mln taklif qilindi


Bir qancha vaqtdan buyon chiroyli avtoraqamlar bilan bog‘liq yangiliklar e’lon qilinmay qo‘ygandi. Bunga sabab sifatida davlat avtomobil raqamlari uchun belgilangan narxlar hammaning ham cho‘ntagiga mos emas edi.

Endi raqamlar uchun raqobat yo‘q, raqobatlashmoqchi bo‘lganlar uchun onlayn auksion bor. Kim ko‘p pul tiksa, raqam o‘shaniki!.

Kecha, 1 noyabr kuni O‘zbekiston tovar xomashyo birjasidagi onlayn savdolarda yana bir sensasion yangilik kuzatildi. Bunda davlat avtomobil raqami uchun super narx taklif etildi. Bu narx esa 301 million 654 ming 338 so‘m ekani aniq bo‘ldi.

Samarqand viloyatiga tegishli bo‘lgan 30 777 AAA raqami uchun belgilangan boshlang‘ich narx 15 millionga yaqin bo‘lsada, auksion so‘nggida bu miqdor qariyb 302 millionni tashkil etgani qayd etildi.

Avtomobil raqami uchun endi faqatgina to‘lovni to‘liq to‘lash va uni olib ketish qoldi.

Avvalroq, eng qimmat davlat raqami qariyb 100 millionga sotilgani va ushbu raqam yuridik shaxslar nomiga rasmiylashtiriladigan avtomobillar toifasiga kirishi haqida xabar bergan edik.

Zohirshoh Jo‘raev



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 5217 | Рейтинг: 0| Рейтинг: chiroyli raqam
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 19:17
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное