Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » TEXNOLOGIYA

Chrome brauzeri uchun trafikni tejaydigan kengaytma ishlab chiqdi

Google kompaniyasi Chrome brauzeri uchun trafikni optimizatsiya qiladigan va ma’lumot uzatish jarayonini tejaydigan maxsus kengaytma ishlab chiqdi. Bu haqda taniqli bloger, Google Chrome yevangelisti Fransua Bofort o‘zining Google+dagi sahifasida ma’lum qilgan.
Data Saver nomli kengaytma Chrome Web Store onlayn do‘konida 23 mart kuni paydo bo‘ldi. Bir necha kundan so‘ng ixtisoslashgan bosma axborot vositalari unga e’tibor berdi. Ammo kompaniyaning o‘zi yangi kengaytmaning rasmiy taqdimotini o‘tkazishga shoshilmadi.
Kengaytmani brauzerning Chrome 41’dan keyingi versiyalariga o‘rnatish mumkin. O‘rnatilgan kengaytma avtomatik tarzda ishga tushadi va Google serverlarida kontentni siqib, foydalanuvchiga olingan natijani ko‘rsatadi. Shuningdek, kengaytmadan proksi-server sifatida ham foydalansa bo‘ladi. Siqilgan axborot va tejalgan trafik foizi maxsus ilovada aks ettiriladi. Bofortning ma’lumot berishicha, chrome://net-internals#bandwidth sahifasida foydalanuvchilar kengaytmaning ishlashini tekshirishlari mumkin.
Kengaytmani sinovdan o‘tkazgan mutaxassislarning onlayn suhbatlarda keltirgan ma’lumotlariga qaraganda, trafikni tejash asosan rasmlarning sifatini tushirish hisobiga amalga oshiriladi. Shuningdek, proksi-serverning qo‘llanishi tufayli yangi sahifalar ochilganda brauzer sekinlashadi.
2014 yilda Google brauzerning Android va iOS dasturiy ta’minotida ishlaydigan mobil versiyalari uchun shunga o‘xshash kengaytma ishlab chiqqan edi. Trafikni tejash xususiyati boshqa bir qator brauzerlarda, jumladan, “Yandeks.Brauzer”da ham bor.
Manba:kun.uz


Категория: TEXNOLOGIYA
Просмотров: 2410 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Chrome brauzeri, Google kompaniyasi
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
ohunjon0505 Бизга фарки йук
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 20:03
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное