Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » DUNYO va JAXON XABARLARI

Coca-Cola endi sut ishlab chiqaradi

Coca-Cola kompaniyasi endi Fairlife brendi ostida sut ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Ushbu marka ostida chiqarilgan mahsulotning narxi AQSh do‘konlaridagi oddiy sutga qaraganda ikki marta qimmat bo‘ladi. The Daily Telegraphning yozishicha, mahsulot AQSh bozorlarida 2014 yil dekabridan paydo bo‘ladi.

Iste’molchilarga bu orqali proteini ko‘p, shakari kamaytirilgan mahsulot taklif etiladi. Coca-Cola birinchi vise-prezidenti Sendi Duglas (Sandy Douglas) Fairlife sutida odatdagi sutdan ko‘ra 50 foizdan ortiqroq protein, 30 foizdan kamroq shakar, shuningdek, shirinroq bo‘lishini ta’kidladi.

The Daily Telegraph qayd etishicha, Coca-Cola sut bozoriga AQShdagi oddiy sut savdosining susaygan paytida kirmoqda.


Категория: DUNYO va JAXON XABARLARI
Просмотров: 4813 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Coca-Cola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:50
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное