Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

O‘zbekistondagi Coca-Cola korxonasi boshqa tashkilotga topshiriladi

O‘zbekiston hukumati "Davlat mulkidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni tasdiqladi.

Ushbu hujjatga muvofiq, qator obyektlar bepul asosda davlat organlari va boshqa tashkilotlarga beriladi. Bu qaror davlat va xo‘jalik boshqaruvidagi organlar, nodavlat notijorat tashkilotlar moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, shuningdek, davlat mulkidan samarali foydalanishni ta’minlash uchun qabul qilindi.

Yangi egalarga topshiriladigan obyektlar orasida "Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD” salqin ichimliklar ishlab chiqarish korxonasi ham bor. Ushbu qo‘shma korxonaning 57,12 foizdan iborat davlat hissasi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi qoshidagi Davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha markazga topshiriladi.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati hokimligi binosining bir qismi "Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasiga, eski konservatoriya binosining bir qismi esa V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqiy akademik litseyiga beriladi.

Shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbek davlat jahon tillari universitetining eski binosiga, Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasi esa Xalq ta’limi vazirligining sobiq binosiga ega bo‘ladi.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 6273 | Рейтинг: 0| Рейтинг: Coca-Cola
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 10:59
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное