Меню
Поиск
Фотоалбом
Сундтреки
. Qish Sanatasi-Soundtreck
. Qor Alangasi - Soundtreck [Offical]
. Ishq Jodusi - Call My Name
. Sevgi Iztirobi - Nihan Muzurluk Peinde
. Kuz ertagi-soundtreck
. Lola - NEGA [soundtreck JODUGAR]
. Ishq Ertagi - Title sound
. Ziyoda-Super Qaynona [soundtreck]
. Yoz ifori-Piano [soundtreck]
. Ishdagi Ishq - Моей душе покоя нет
. Sevgi Iztirobi - Anlatamam
. Qirolicha - Soundterck
. Saroy Javohiri-Soundtreck5
. Osiyo-Soundtreck
. Ko'sem - Serial fon (Turk serial)
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

Darsliklardagi xatolar qachon tuzatiladi?



 

Yurtimizda yoshlarning ta`lim olishiga qaratilayotgan e`tibor  yildan-yilga kuchayib bormoqda. Yangi ochilayotgan kollej, lisey, maktablar, oliy o`quv dargohlari, xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlarida ta`lim olish uchun ajratilayotgan o`rinlar fikrimizning isbotidir. Ilm egallash yo`lida nafaqat ta`lim beruvchi ustozlarning, balki biz ilm o`rganayotgan darsliklarning o`rni ham alohidadir. Darslik yaratayotgan zahmatkash ustozlarimizning mehnati tufayli bilim deb atalmish sirli dunyo bilan tanishamiz. Lekin ba`zida darsliklarda uchraydigan, yildan-yilga takrorlanayotgan va yangi paydo bo`layotgan xatolarni ko`rib, befarq qarab turolmaymiz. Hayratlanarli tomoni, rus va o`zbek tilida chop etilgan maktab darsliklarida aynan bir tarixiy ma`lumotlar turlicha berilgan.

Bir ma`lumotning ikki tildagi tafovuti


Masalan: T.Salimov, F.Sultonovlar muallifligidagi 7-sinflar uchun “Jahon tarixi” darsligida “Dastlabki diniy-risarlik ordeni – gospitalerlar ordeni bo`lgan”, deyilgan. (“O`zbekiston milliy ensiklopediyasi”. Toshkent-2013.84-bet) Xuddi shu kitobning rus tilidagi nashrida “Pervy duxovno rsarskiy orden – orden Tamplierov” deb yozilgan. (“Vsemirnaya istoriya” 7. Tashkent-2013. T. U. Salimov, F.E. Sultanov. Str 84). Nima uchun mualliflar aynan bir tarixiy ma`lumotni rus tili nashrida boshqacha berishmoqda?

Forobiy qachon tug`ilgan?


Bunday holatni A.Muham­mad­jo­novning 7-sinflar uchun “O`zbekiston tarixi” darsligida ham ko`rishimiz mumkin. Mazkur kitobning 75-betida “Abu Nasr Forobiy 873 yilda Aris suvining Sirdaryoga quyilishida joylashgan Forob shahrida tug`ilgan”, deyilgan. (“Sharq” Toshkent-2013). Xuddi shu darslikning ruscha nash­rida esa “Abu Nasr Farabi (1203-1270) rodilsya v gorode Farab”, deb yozilgan. (Istoriya Uzbekistana 7, Muxammadjonov, str 75) Nahotki, Forobiy bobomizning tug`ilgan yillarini aniq yozish murakkablik qilsa?! Forobiyning yashagan davrini nima uchun turli yillar bilan yozilganligiga kim javob bera olishi mumkin? 

Mang`itlar sulolasi qaysi yillarda hukmron bo`lgan?


Yana bir ma`lumot. Q.Usmonov, U.Jo`­ra­ev, N.Norqulovlar hammual­lif­­ligidagi 8-sinf “O`zbekiston tarixi” darsligida “1753 yili Buxoro­da hokimiyat tepasiga yangi sulola – man­g`it­lar sulolasi keldi va davlatni 1920 yilgacha idora qildi” deb ma`lumot berilgan. (“O`qituvchi” NMIU. T-2014. 54-bet).

S.Tillaboev, A.Zamonovlarning 9-sinf uchun “O`zbekiston tarixi” kitobida esa: “Buxoro amirligida mang`it sulolasining hukmronlik yillari 1756-1920 yillar”, deb ko`rsatilgan. (“Sharq” Toshkent-2014). Nima uchun mang`it sulolasining hukmronlik yillarini ko`rsatishda 8-sinf va 9-sinf darslik mualliflari bir to`xtamga kelisha olmaganlar? Maktab darsliklaridagi ma`lumotlarning bir-birga mos kelmasligiga sabab nima? 

Asrlar tafovuti: “paydo bo`lish” va “shakllanish”dagi qo`pol ­xatolar


Bunga o`xshash chalkashlikni qora­qal­poqlar mavzusida ham ko`rishimiz mumkin. 9-sinf “O`zbekiston tarixi”da “XIX asr oxirida qoraqalpoqlarning ilk yozma asarlari paydo bo`la boshladi”, deya ma`lumot berilgan (84-bet). 8-sinf “O`zbekiston tarixi”da esa: “XVIII asrdan boshlab qoraqalpoq yozma adabiyoti shakl­landi va rivojlana bordi”, deb yozilgan (112-bet). Qoraqalpoq xalqi yozma adabiyotining paydo bo`lishini 9-sinf darslik mualliflari XIX asr deb ko`rsatishsa, 8-sinf mualliflari shakllanish va rivojlanishini XVIII asr deb yozishmoqda. Qaysi biri to`g`ri? Tarixda bunday qo`pol xatolarga yo`l qo`yish mumkinmi?!

Qo`qon xonligiga qachon asos solingan?

 

8-sinf “O`zbekiston tarixi”dan yana bir ma`lumot. Mazkur darslikning 115-betida “1710 yilda ming urug`i chodaklik din peshvolari hokimiyatini ag`darib, Farg`ona vodiysida hokimiyatni o`z qo`llariga olganlar. Shu tariqa, Markaziy Osiyoda keyinchalik Qo`qon xonligi deb atalgan yangi davlat vujudga keldi”, deyilgan. Aynan shu kitobning 117-betida “1709 yilda Farg`onada o`zbeklarning ming urug`i Qo`qon xonligiga asos soldi”, deb yozilgan.

Takror uchrayotganiga nima deysiz?

Hayratlanarli tomoni, darsliklarning har galgi yangi nashrida yuqoridagi xatolar tuzatilmay, bosmadan chiqmoqda. Bunday holatlarga asosiy sabab nimada? 
M.Lafasov, U.Jo`raev, E.Xoliqov, D.Qodirovalar ham­mual­lif­ligidagi 9-sinf “Jahon tarixi”ning 119-betida “1911 yil 5 noyabr kuni Liviya Italiya mulki deb e`lon qilindi”, deb ma`lumot berilgan. Xuddi shu kitobning 85-betida esa: “1912 yildan boshlab Liviya Italiya mustamlakasiga aylandi” deb yozilgan. (“O`qituvchi”. Toshkent-2014) Liviya 1912 yilda Italiya mustamlakasiga aylanganmi yoki 1911 yilda?

 

Qayta ishlansa-da, xatolar tuzatilmaydi
M.Lafasovning akademik lisey va kasb-hunar kollejlari uchun “Jahon tarixi” darsligi har yili to`ldirilgan va qayta ishlangan nashr deb bosmadan chiqadi. Lekin har gal xatolar takrorlanaveradi. Masalan, ushbu kitobning 165-betida “Isroil va Misr davlatlari o`rtasida Kemp-Devid shartnomasining imzolanganligi 1978 yil”, deb ma`lumot berilgan. 308-betda esa: “1979 yilning 26 martida AQSh Isroil va Misr o`rtasida separat Kemp-Devid bitimi imzolanishiga erishdi”, deb ko`rsatilgan. 314-betda “Yaqin Sharq muammosi tufayli Misr 4 marta arab-isroil urushiga tortildi. Va nihoyat, 1979 yilda imzolangan Kemp-Devid shartnomasi tufayli Isroil bilan tinchlikka erishdi”, deb yozilgan. (“Turon-Iqbol” Toshkent-2014) 

Nima sababdan Kemp-Devid shartnomasining yillari bir kitobning turli betlarida turlicha berilgan? Qaysi biri to`g`ri?
Mazkur “Jahon tarixi” darsligida quyidagicha xatoliklarni ham uchratishimiz mumkin: 

1) 239-betda “Rossiya bilan O`zbekiston o`rtasida do`stona munosabatlar kundan-kunga rivojlanib bormoqda. 2011 yilda Rossiya bilan O`zbekiston o`rtasida 6 mlrd. 680 mln. dollarni tashkil etdi”, deyilgan. Kitobdagi bu jumla hatto mualliflar uchun ham tushunarsiz bo`lsa kerak. Nima uchun jumlaga aniqlik kiritilmagan?

2) yana bir chalkashlik 273-betda “Hindiston tashqi siyosatida tinch-totuv yashashning o`zi tashabbuskor bo`lgan besh tamoyiliga (Pancha chila – 1955 yilgi Bandung konferensiyasida Osiyo xalqlari o`rtasida xalqaro munosabatlarga asos qilib olingan) amal qiladi. (Qarang: Xitoy mavzusi)”, deyilgan. Lekin Bandung konferensiyasi haqida Xitoy mavzusidan hech qanday ma`lumot topib bo`lmaydi. Nima sababdan kitobning hech bir mavzusida bo`lmagan Bandung konferensiyasini o`rganish o`quvchidan talab qilinmoqda? 

3) 374-betda “Syurrealizmning kubistik yo`nalishidagi namoyandalari Pablo Pikasso (1881-1873)... va boshqalar”, deb ko`rsatilgan. Nahotki Pablo Pikasso 1881 yil tug`ilib 1873 yil vafot etgan bo`lsa? Nima uchun yillardagi bu xatoni hech kim payqamagan? Jumlalarning bu darajada tushunarsiz bo`lishiga sabab nima? 

Nafaqat tarix, adabiyot darsliklari ham xatodan xoli emas!
Bunday xatolarni nafaqat tarix, balki adabiyot darsliklarida ham ko`rishimiz mumkin.

Q.Yo`ldoshev, V.Qodirov, J.Yo`ldosh­bekov­larning 9-sinflar uchun “Adabiyot” dars­ligi 138-betida quyidagicha ma`lumot kel­tirilgan:

“Mushkin qoshining hay`ati ul chashmi jallod ustina,

Qatlim uchun “nas” keltirur “nun” eltibon “sod” ustina.  

Maqta`da ma`shuqaning qoshi va ko`zi ta`rif etilmoqda” deyilgan. 

Bu parcha Ogahiyning “Ustina” radifli g`azalidan dastlabki bayt edi. Darslikning 162-betida “G`azalning birinchi bayti matla` (arabcha “boshlanma”), oxirgi bayt maqta` (arabcha “tugallanma”) deyiladi”, deb yozilgan. (“Yangiyo`l poligraf servis” Toshkent-2014) “Ustina” radifli g`azalining dastlabki bayti nima uchun maqta` deb atalayotgani o`quvchini hayratga soladi?                

Darsliklarda tez-tez ko`zga tashlanib turadigan bunday xatolar uchun faqat mualliflar emas, balki kitob chop etishda ishtirok etadiganlarning barchasi javobgar va mas`uldirlar. Darsliklarni nashrga tavsiya etuvchi mas`ullar, jumladan, Respublika ta`lim markazi ijtimoiy fanlar bo`limi qayoqqa qaramoqda?

Har qanday muammoni ham agar chin dildan xohlasak, echimini topsa bo`ladi. Axir yurtimiz kelajagi uchun zarur kadrlarni tayyorlab berayotgan oliy ta`lim dargohlariga kirish imtihonlarining test sinovlari darslik­lardan tuziladi. Umid qilamizki, darslik­lardagi xatolar yuzasidan mutasaddilar o`z munosabatlarini bildiradilar.

Yuqorida keltirilgan kamchiliklar darsliklarning yangi nashrlarida takrorlanmaydi, degan umiddamiz. Bu yo`lda muallif — ustozlarga omad tilaymiz!



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 3555 | Рейтинг: 0| Рейтинг: darslik, xatolar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 02:07
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное