Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » FIKR MULOXAZA

Aqlli insonlar takrorlamaydigan xatolar

Har birimiz xato qilishdan xoli emasmiz. Ammo shunday insonlar borki, ular bir xatoni qayta-qayta takrorlayveradilar. Michigan universitetining klinik psixofiziologiya kafedrasi olimlari xato qilish borasida odamlar ikki toifaga bo‘linishlarini aniqlashdi. Birinchi toifadagilar ruhan “Men bu borada hech qachon zo‘r bo‘la olmayman” qabilida ish tutishadi. Ikkinchi toifadagilar esa quyidagicha fikr yuritishadi: “Negadir o‘xshamadi. Balki men xatoga yo‘l qo‘ygandirman? Qaerda xato qilganimni aniqlashim kerak”.
Aqlli, omadli odamlar xatoga yo‘l qo‘ymaslikdan kafolatlanmagan; faqat ular o‘z xatolaridan xulosa chiqarishadi. Aqlli odamlar quyidagi xatolarni hech qachon takrorlamaydilar.
Boshqa natijani kutib bir ishni qayta-qayta qilish
Albert Enshteyn faqat ahmoqlargina boshqa natija bo‘lishiga ishonib bir ishni qayta-qayta qilishlarini ta’kidlagan. Oqibati qanday bo‘lishi aniq bo‘lsa ham ayrimlar ikkini ikkiga qayta-qayta ko‘paytiraversa besh chiqadi, deb o‘ylashadi. Aqlli insonlar esa bilishadi: boshqa natijaga erishish uchun bu ishga boshqacha yo‘l bilan yondashish kerak.
Rohatlanishni ortga sura olmaslik
Aqlli odamlar rohat-farog‘at osongina kelmasligini bilishadi va rohat og‘ir mehnatning mukofoti ekanligini tushunishadi. Ular omadga olib boruvchi jarayonda rohatlanishni maqsad sari yetaklovchi omil, deb bilishadi.
Judayam yaxshi natijaga ishonish
Osmondan tushadigan omad faqat bir marta bo‘lishi mumkin. Har doim ham ko‘chadan ichi pul bilan to‘la hamyon topib olish mumkinligiga aqlli odam ishonmaydi. Judayam yaxshi natijaga ishonish uchun, avvalo, unga erishish uchun kuch va mehnat sarflangan bo‘lishi lozim.
Hammaga yoqishga urinish
Ojiz kishilar shunday yo‘l tutishadi. Kimningdir hafsalasini pir qilmaslik uchun ular jon-jahdlari bilan harakat qilishadi. Lekin aqlli odamlar tushunishadi: hammaga birdek yoqishning iloji yo‘q. Shuning uchun ular atrofdagilarga yoqmaydigan yo‘lni tanlashda qat’iyat bilan ish tutadilar.
Umumiy holatni ko‘ra olmaslik
O‘zini butunlay ishga bag‘ishlab, buning oxiri nima bilan tugashini unutish yaxshi emas. Keling, bir oz mushohada qiling: ishingiz uchun qancha vaqtingizni sarflayapsiz va bu sizga nima beradi. 
O‘zini ojiz ko‘rsatish
Atrofidagilarga o‘zini ojiz ko‘rsatadigan odam aslida o‘z kuchini yo‘qotayotganligini, vaqtinchalik quvonch uchun o‘zgalar hukmronligi ostida qolayotganligini anglamaydi. Aqlli insonlar esa o‘z ojizliklarini bartaraf etish uchun harakat qilishadi.
O‘z aslini yashirish
Odamlar sizni qanday ko‘rishni istashsa, ularga shunday ko‘rinish yaxshi. Lekin bu soxtakorlik baribir fosh bo‘ladi. Aqlli insonlar buni tushunishadi: ular asl qiyofalarini yo‘qotishmaydi. Ular asl hollarini saqlab qolishadi. Baxt va omad insonning ichki dunyosi bilan bog‘liq.


Категория: FIKR MULOXAZA
Просмотров: 8148 | Комментарии: 1 | Рейтинг: 0| Рейтинг: xatolar, takrorlamaydigan, Aqlli insonlar
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 1
Dilso'z пишет: | 07.10.2015 | 15:38 #1 Страница с комментарием
omina1710 Namunali gaplar ekan, lekin xatoni qayta qayta qilgan insonlarni o'zgartirib bo'lmaydida baribir foydasi yo'g' deb o'yleman buni o'zlari anglamaguncha
Like | 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 01:21
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное