Меню
Поиск
Фотоалбом
Главная » Файлы » MAHALLIY HABARLAR (UZB)

“Davlat ajratgan pullar yarim yo‘lda tushib qolmasa, O‘zbekistonda ham kashfiyotlar qilish mumkin”. 10 dan ortiq tillarni o‘rganayotgan 25 y

Turli qiyinchilik va aqlga sig‘maydigan hodisalarga qaramay, sohasining ortidan jamiyatda o‘rnini topayotgan va sog‘lom fikrlarini ifodalashdan tap tortmaydigan yoshlar bor ekan ertangi kunga bo‘lgan umid so‘nmaydi. “Daryo” “Hali umid bor(mi)?” nomli ilk loyiha doirasida “Ilm-fan sohasida ishlaydigan odam birdaniga boyib ketmaydi” deb hisoblovchi kimyogar talaba Muhammadbobur Yusupov bilan suhbatlashdi.

Aqlli kadrlarni yo‘qotishning og‘ir yuki yillar o‘tgach bilinadi. Vaqti-soati kelib bir vaqtlar diplomini pulga sotib olgan, falonchi tanishidan foydalanib ishga kirganlar qo‘shtirnoq ichidagi mutaxassisga aylanadi. Buning badali esa og‘ir bo‘ladi. Kelajak o‘z qorni va cho‘ntagini qappaytirishdan boshqa dardi yo‘q bo‘lganlarga qolmasligi uchun ham aqlli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni eshitish kerak.

Kimyo olamiga qadam

O‘zbekiston Milliy universitetining kimyo fakultetida magistratura bosqichida o‘qiyotgan Muhammadbobur Yusupovning kimyoga qiziqishi bolaligida ko‘rgan kino, multfilmlaridagi laboratoriya, kimyoviy idishlar, modda va jarayonlar aks etgan kadrlardan keyin paydo bo‘lgan. Maktab va litseyda sevgan fanini mukammal o‘rganishga astoydil uringan Muhammadbobur bakalavr va magistraturada ham qiziqishi ortidan ergashadi. Ayni vaqtda kelgusida olib boriladigan ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari, kelajak hali kashf etmagan soha sirlarini o‘rganish bilan band. Keyinchalik kimyo sanoatining eksperimental sohasi bo‘yicha eng yetuk mutaxassislardan biriga aylanish niyati ham bor.

“O‘zbekistonda eksperimental kimyogarlar deyarli qolmadi. Mavjudlari hozir keksayib qolgan, yoshroqlari esa Yevropada”, — deb hisoblovchi kimyogar talaba yoshlarning aniq va tabiiy fanlarga qiziqmasligi sababini ilm-fan sohasida ishlaydigan odamlarning birdaniga boyib ketmasligi bilan bog‘laydi. Uning fikricha, fan sohasida olimlik darajasiga erishaman degan har qanday inson og‘ir aqliy va jismoniy mehnatni bajarmasdan turib yetuk kadr bo‘la olmaydi.

Kashfiyot qilish uchun xorijga ketish shartmi?

Bugun Muhammadbobur 16 yoshidagidan ko‘ra boshqacha fikrlaydi. Britaniya va Germaniyadagi laboratoriyalarda ishlab, ilmiy ish qilishni mo‘ljallagan yigit hozir O‘zbekistonda ham ilm-fan sohasida qiladigan juda ko‘plab kashfiyotlarga imkoniyat bor, deb hisoblaydi. O‘zbekiston Milliy universitetining sobiq rektori Shuhrat Sirojiddinov yordami, xorij tashkilotlari bilan hamkorlikda grantlar borasida qo‘llab-quvvatlagani, vijdonli, halol insonlarning ko‘magi sabab u 23 yoshida qiymati million dollardan ortiq asbob-uskunalar bilan ta’minlangan  laboratoriyaga ega bo‘lgan. “Hech bo‘lmasa olimlarga, talaba va yosh ilmiy tadqiqotchilarga xalal berishmasin, ularning ishiga to‘sqinlik qilishmasin, shuning o‘zi eng katta yordam”, — deydi suhbatdoshimiz.

Tarix, madaniyat, siyosatga qiziqishi qatorida hobbi sifatida til o‘rganadigan Muhammadbobur yunon, yahudiy, italyan, ispan, fors, arab, turk, umuman, o‘ndan ortiq tillardan ba’zilarini ma’lum darajada, ayrimlarini esa mukammal biladi. Ushbu tillar orqali u qadimshunoslik, O‘zbekiston tarixi, jahon madaniyati va san’atini o‘rganadi.

Laboratoriyani tashkil qilishdan maqsad

Laboratoriyasida 200 dan ortiq turli shishadan yasalgan probirkalar borligini ma’lum qilgan Yusupov yosh kimyogarlar u yerda issiq, sovuq, kislota va ishqorga chidamli kolbalar, butun kimyo sohasida ishlatiladigan modda va idishlarni ko‘rib o‘rganishi mumkinligi, natijada ekspertiza qilmasdan turib qo‘liga berilgan oddiy osh tuzini qayerda, qachon, kim tomonidan ishlab chiqarilgani, tozalik darajasi, qolaversa, sifatini aytib beradigan darajaga yetishini istaydi. Isroil davlatining Tel-Aviv harbiy laboratoriyasi, Britaniyaning Skotlend-Yard politsiya mahkamasidan misol keltirgan suhbatdoshimiz ushbu usullarni O‘zbekistonda qo‘llash orqali harbiy sohani rivojlantirishdan tashqari, kriminalistikani qayta isloh etish mumkinligini qo‘shimcha qiladi.

Kimyo sohasining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladigan kamchiliklar haqida gap ketganda “Oddiy o‘qituvchi, repetitor ko‘p, lekin kimyogar o‘qituvchi O‘zbekistonda barmoq bilan sanagulik”dan tashqari, qimmat ekani, maktab laboratoriyalari barcha zarur modda va idishlar bilan ta’minlanmagani, bu sharoit bo‘lgan taqdirda ham ulardan foydalana oladigan laborant kadrni topish muammo ekanini qayg‘urgancha ta’kidlaydi.

Hammasi ta’limga bog‘liq

Darslarni avvalgidek o‘tilishi tarafdori bo‘lmagan Muhammadbobur Yaponiya yoki Germaniya singari mamlakatlarda talabalar to‘rt yil davomida kitobda yozilmagan reaksiyalarni bajarib ko‘rishi, kelajakda ulardan qaysi sohada foydalanish mumkinligini aniqlashini misol qilib keltiradi. Uning hayotdagi prinsiplaridan biri — ko‘pchilikka ergashish shart emas, mantiqan to‘g‘ri yo‘l tutish kifoya.



Категория: MAHALLIY HABARLAR (UZB)
Просмотров: 959 | Рейтинг: 0| Рейтинг: bilan, kimyogar, talaba, suhbat
Mavzuga Oid Boshqa Yangiliklar:
Реклама

Всего комментариев: 0
Элатма: Сайт ходимлари ўзларига ёқмаган изоҳларни фаоллаштирмаслик ва огоҳлантирмасдан ўчириш ҳуқуқига эга. Изоҳлар ҳақида тўлиқ маълумот мана бу манзилда (босинг)
Имя *:
Email:
Код *:

Профил

Время: 21:23
Добро Пожаловать, Mexmon

 
Логин:
Пароль:
Новинка у нас
Самое Популярное
Самое Популярное